Referati mavzu: Erkin elektronlarda ishlovchi lazerlar Tekshirdi: Bajardi: Ahmadaliyeva B


Download 36.04 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi36.04 Kb.
#1494486
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
lazer

Lazer nurlanishining qutblanishi. Lazer nurlarining qutblanishi elektromagnit to`lqinning elektr vektori YE fazoda qanday yo‘nalganligini aniqlab beradi. Agar lazer nurining elektr vektori YE nurining tarqalish yo‘nalishiga perpendikular tekislikda biror chiziq bo‘ylab tebransa, bunday nur chiziqli qutblangan deb ataladi. Fazalar farqi o‘zgarmas bo' Igan va bir - biriga perpendicular qutblanish tekisligiga ega ikki chiziqli qutblangan nur qo‘shilishi natijasida elliptik qutblangan nur hosil bo‘ladi. Bu nurlarning tebranish amplitudasi 3 ga teng bo‘lsa va fazalari farqi ~ yoki ~ teng bo‘lgan ikkita chiziqli qutblangan nurlanishning qo‘shilishi natijasida doiraviy qutblangan nurlanish hosil bo‘ladi. Agar nurlanish qutblanmagan bo‘lsa, elektr vektorining tebranishlari tarqalish yo‘nalishigaperpendikular bo‘lgan ixtiyoriy tekisliklarda sodir bo‘ladi. O‘z-o‘zidan o‘tish natijasida hosil bo‘lgan yorug‘lik kvantining qutblanish yo‘nalishi tasodifiy bo‘ladi. Majburiy nurlanish tufayli hosil bo‘lgan yorug‘lik kvanti, xuddi o‘zini yuzaga keltirgan kvantning qutblanishi kabi qutblangan bo‘ladi. Chiziqli qutblangan yorug‘lik nurlanishini hosil qilish uchun lazeming optik rezanatori ichiga qutblagich o‘rnatiladi. Chiziqli qutblangan yorug'lik - elektr va magnit vektorlari tebranishlarining yo‘nalishIari fazoning har qanday nuqtasida vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmay qoladigan yorug'lik. Bunday qutblangan nurlanishni hosil qilish uchun amaliyotda ko‘pincha ikki muhit chegarasida nurlanishning qaytish koeffitsiyentiga bog‘liq bolgan hodisalardan foydalaniladi. Qutblangan yorug‘lik nurlanishini olishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri yorug`lik to‘lqinining gazli va qattiq muhit chegarasidan o‘tishdagi
qutblanishdir. Ikki muhit chegarasiga tushayotgan yorug'lik to‘lqinining ixtiyoriy ravishda joylashgan elektr maydon kuchlanganlik vektorini ikki o‘zaro perpendikular ravishda joylashgan tashkil etuvchilarga S - tashkil etuvchi va
R - tashkil etuvchilarga ajratish mumkin.

Download 36.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling