Referati Mavzu: Ikkinchi jahon urushi davri oʻzbek matbuoti. Reja: Kirish


Download 316.03 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi316.03 Kb.
#202429
TuriReferat
Bog'liq
ikkinchi jahon urushi davrida matbuot 01


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti Jurnalistika faoliyat turlari boʻyicha 1-"V" gurux talabasi Sveta Shamuratovaning jahon jurnalistika tarixi fanidan tayyorlagan

Referati

Mavzu: Ikkinchi jahon urushi davri oʻzbek matbuoti.

Reja:

1.Kirish.

Urush yillaridagi matbuot.

2.Asosiy qism.

1.Urush davri matbuoti tadqiq etilishi.

2. Oʻzbek tilidagi front gazetalari.

3.1944-yildan oʻzbek tilida chop etilgan nashrlar.

3.Xulosa.

Har bir sahifada oʻzbek oʻgʻlonining mardligi.

Oʻzbek tilida chop etilgan gazetalar

“O‘zbekiston matbuoti tarixi” (1925-1952 yillar) kitobi mualliflari Ikkinchi jahon urushi frontlarida o‘zbek tilida 13 ta front va 3 ta diviziya gazetalari chop etilganligini taʼkidlaydi.

Jumladan, 1 to-Boltiqbo‘yi frontida “Dushmanga qarshi olg‘a”, 2-Boltiqbo‘yi frontida “Suvorovchi”, 3-Boltiqbo‘yi frontida “Vatan uchun”, 1-Belorussiya frontida “Front haqiqati”, 3-Belorussiya frontida “Qizil askar haqiqati”, 1-Ukraina frontida “Vatan sharafi uchun”, “2-Ukraina frontida “Suvorov natiski”, 3-Ukraina frontida “Sovet jangchisi”, Bryansk frontida “G‘alaba sari olg‘a”, Uzoq Sharq frontida “Bong” singari gazetalar chop etilgan.



Urush yillarida Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Ilyos Muslim, Nazarmat, Adham Rahmat, Nazir Safarov, Ibrohim Rahim, Ziynat Fatxullin, Adham Hamdam, Sulton Jo‘ra, Abdunabi Alimuhamedov, Mahmud Murodov singari o‘zbek xalqining ko‘plab taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlari harbiy xizmatga safarbar etilib, front gazetalarida faoliyat yuritdi. Ular yurtdoshlarimizning janggohlardagi jasoratlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, ular haqida maqola, sheʼr va ocherklar yozdi. Umuman, o‘zbek tilida chop etilgan front gazetalari o‘zbekistonlik jangchilarni ruhlantirib G‘alabaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, janglarda mardona kurashishga undagan.

– Tarixchilarimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida chop etilgan o‘zbek tilidagi gazetalar yetarli darajada o‘rganilib, tadqiq etilmagan, – deydi Andijon davlat universiteti professori Rustambek Shamsutdinov. – To‘g‘ri, bu borada o‘tgan asrning 50-70-yillarida muayyan ishlar qilingan. Biroq, ular yetarli darajada emas edi. Ana shundan kelib chiqib, bu borada bir necha yil shogirdlarim bilan tadqiqotlar olib bordik. Moskva va sobiq Ittifoqning boshqa shaharlaridagi arxivlar, muzeylarda bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan o‘zbekistonliklar va o‘zbek tilida chop etilgan front gazetalari haqida ko‘p maʼlumotlar, manbalar to‘pladik.

Ana shu o‘rganishlar, tadqiqotlar bo‘yicha yig‘ilgan manbaalar asosida 2017 yilda “Akademnashr” nashriyotida mening muallifligimda “Ikkinchi jahon urushi va front gazetalari” deb nomlangan uch jildlik kitob nashr etildi.

Tarixchi olim, professor R.Shamsutdinov rahbarligida “Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi jamoat fondi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi davlat kutubxonasida saqlanayotgan “Vatan uchun”, “Sovet jangchisi”, “Suvorovchi”, “Front haqiqati”, “Qizil askar haqiqati”, “Bong” , “Vatan sharafi uchun”, “Dushmanga qarshi olg‘a”, “Qizil Armiya” gazetalarining elektron nusxalari olib kelinib, o‘rganib chiqilgan. Saralanib, tartibga solindi. Qo‘shimcha manbaa va materiallar bilan to‘ldirilib, tayyorlangan materiallar “Ikkinchi jahon urushi va front gazetalari” (Birinchi kitob) kitobidan o‘rin oldi.

Maʼlumki, urush yillarida chop etilgan o‘zbek tilidagi front gazetalari eski o‘zbek imlosida chop etilgan. Muallif gazeta maqolalarini krill imlosiga o‘zgartirib, o‘sha davr ruhi, mafkura va g‘oyasi aniq, ravshan bo‘lishini taʼminlash nuqtai nazaridan har bir maqolani asl holicha berishga harakat qildi.

– Kitobda o‘sha davrni ulug‘lovchi so‘z, ibora va atamalarni, o‘sha davr ruhini aks ettiruvchi g‘oya va mazmunni aslicha qoldirishni lozim topdik, – deydi professor R.Shamsutdinov. – Chunki, ularni tuzatish yoki o‘zgartirish tarixiy davr ruhini buzilishiga olib kelishi mumkinligi hisobga olindi. Ularni qandayligicha eʼtirof etish tarixiylik tamoyillariga to‘la mos keladi.

Ikkinchi jahon urushi frontlarida o‘zbek tilida chiqqan gazetalar front va front ortidagi O‘zbekiston xalqining G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini to‘laqonli yoritishda muhim manbadir. Umuman, front gazetalari chop etilgan har bir maqola, ocherk, xabar, suhbat, axborot, frontga yo‘llangan maktublar, jangchilarning ota-onasiga, turmush o‘rtog‘iga, farzandi, qavmu qarindoshiga yozgan xatlari, harbiy qo‘mondonlik va bo‘limlar tomonidan o‘zbekistonlik jangchilarga berilgan turli faxriy yorliq, mukofotlar, fotosuratlar O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushi davridagi tarixini, yurtdoshlarimizning urushdagi ishtiroki va G‘alabaga qo‘shgan hissasini to‘laqonli bilishda muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.

Masalan, 3-Boltiqbo‘yi fronti “Vatan uchun” gazetasining 1942 yil 5 noyabrdagi sonida Andijon davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Asqad Muxtorning “Oktyabr sovg‘asi” deb nomlangan sheʼri chop etilgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek tilida chop etilgan front gazetalarining har bir soni, har bir sahifasida o‘zbek o‘g‘lonlarini mardlik, jasoratga chorlovchi yuqoridagi kabi sheʼru maqolalar, ocherklar o‘rin olgan.



Ikkinchi jahon urushi davri xalqimiz tarixining o‘chmas sahifasidir. Biz bugungi avlod o‘sha davr manbalarini chuqur o‘rganish, o‘qish orqali millatimizning shonli tarixini qalbimizga muhrlab borishimiz lozim. Bu tariximizga, bugungi tinch-farovon hayotimizga tamal toshi qo‘ygan avlodlarimiz xotirasiga hurmatimiz namunasi bo‘ladi.

Odatda, barcha milliy front gazetalari har sonining 1-betidagi doimiy rubrikasida “Sovinformbyuro”ning “Armiyamiz kundalik tezkor ma’lumotlari”ni, Oliy Bosh Qo‘mondonning buyruqlarini bosardi. Masalan, 1945-yil martdagi, mana bu tezkor ma’lumotda, frontlardagi ahvol, undagi harakat bayon etilgan, tepasida esa: “Jangchi! Dushman yerida ekaningni esdan chiqarmay, hushyorligingni yana ham oshirishing kerak! - shiori. Agar joy yetsa, ushbu betdan:”Frontimiz qahramonlari” rubrikasi materiallari ham joy olardi. Bu holatdan, ko‘proq hamyurt jangchimiz jasorati, “Qahramon” unvoni yo ordenlar bilan taqdirlanganda unumli foydalanilardi;

1942-yilning noyabr sonlarida Toshkent to‘qimachilik kombinati, “Selmash” zavodi, Chirchiq ximiya kombinati, Ohangaron ko‘mir koni ochilgani, Katta Farg‘ona kanali qurilishi haqidagi xabarlar nihoyasida: “Jangchilar, ko‘p qiyinchiliklar bilan qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni asrangiz, nemis bosqinchilarini ona-Vatandan tezroq quvib chiqaringiz!” - deb hitob berganmiz. 1945 yil sonlarida O‘zbekiston san’at ustalarining frontlardagi gastrollari haqidagi xabar va suvratlar o‘zbek jangchilarini sog‘inch bilan kutishga, uylariga tezroq yetib borish hayollariga undagandi. “Muqanna”, “Temur Malik”, “Samarqand” kabi tarixiy maqolalar ham bosilganda, hamyurt jangchilarimiz, xuddi bir bor O‘zbekistonga borib kelganday hissiyotga ega bo‘lishardi, Vataniga muhabbati yanada oshardi

Yana bir front gazetasi “Qizilaskar haqiqati” 1944-yil 3 yanvardangina to‘liq o‘zbek tilida chiqarila boshlagan. Unga mas’ul muharrir etib Adham Rahmat tayinlangan. Mazkur nashrda Abdulla Sharofiddinov, Ibrohim Rahim, Nabi Jabborov, G‘ani Navro‘zboyev, Hamid Fayziy, Ma’ruf Hakim kabi jurnalistlar faoliyat ko‘rsatganlar. Ularning har biri, urush ko‘rgan jangchilar bo‘lib, bevosita jangohlardan maqolalar tayyorlashda tengsiz edilar. Ushbu gazetaning yana bir ustun jihati - unda O‘zbekistonga oid tarixiy maqolalarning berib borilgani.

Ayniqsa, “G‘alaba uchun” gazetasi o‘z jangchi muxbirlarining ko‘pligi bilan ajralib turardi. Uning mas’ul muharriri Rasul Muhammadiyev pahlavon kelbat, baquvvat kishi - gazeta ishining zukko bilimdoni edi.

Nazir Safarov mas’ul muharrirligidagi ”Sovet jangchisi” front gazetasini mayor S.Nuriddinov, kapitan F.Kamolov, katta leytenant A.Muhammadjonov, starshina Badalov - yetuk jurnalistlar chiqarishgan.



“Dushmanga qarshi, olg‘a!”, “Bong”, “Atakaga”, “Front haqiqati”, “Vatan urushi”, “G‘alaba sari, olg‘a!”, “Qizilaskar g‘alabasi uchun”, “Stalin bayrog‘i” nomlardagi o‘zbek tilidagi front gazetalari ham fashizmga qarshi hayot-mamot janggini ta’sirchan satrlarda aks ettirganlar.Ular haqidagi ma’lumotlarni, bugun, arxivlardangina topish mumkin.

XVI asr umuman Yevropa mamiakatlari aholisining siyosiy faoliyati

asta-sckin, lekin muntazam o'sishi bilan tavsiflanadi. Shunday bo'lsa-da, asr boshidu diniy adabiyotlar: ibodat yo'riqlari, psalom, psaltir, talabnoma va shu kabilar eng xaridorgir bosma mahsulotligicha qolaverdi. Bir vaqtning o'zida qadimgi greklar, rimliklar va o'rta asrning mumtoz vakillari-olimlar, davlat arboblari, tarixchi va yozuvchilarning kitoblari tez-tez nashr etib turilardi.

1516-yili Genuya (Italiya)da «Agostino Justianning psaltiri» kitobi

bosmadan chiqdi. U qadimgi lo'li, qadimgi yahudiy, qadimgi yunon, lotin, arab va xaldey tillarida nashr etilgan birinchi kitob edi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Bazel, Parij, Syurix, Strasburg, Mayns,

Bamberg, Erfurt, Breslau, Leypsig, Drezden, Augsburg, Nyumberg kabi shaharlarda bosib chiqarilgan «uchar varaqalar» davrning tezkor xronikasiga aylandi. Rus olimasi Viktoriya TJchenovaning yozishicha, uchar varaqalar savodsizlarga o'qib berilar, odamlarga tarqatilar edi, keyinchalik esa bozorlarda sotila boshladi.

Milliy adabiyotda bu hodisa «Reformatsiya jurnalistikasi» deb ataladi. Bunday zamonaviy yangihklar xizmatining dolzarblik, ommaviylik, ko'pnusxalihk kabi belgilarining kurtak ota boshlagani yaqqol ko'zga tashlanadi. Faqat tezkorlik bilan, sifatli ishlash talabga to'liq javob bermas edi. Olima vaqtli matbuot xalq qo'zg'olonlarining larzalari ostida tashkil topib, XVI asrda Germaniyada bo'lib o'tgan Dehqonlar urushi olovining taflida toblandi, degan xulosaga keladi

Aytilganidek, jumalistikaning mazmuni asrlar osha din va cherkov

namoyandalarining ta’siridan qutula bordi. Unda siyosiy kurtaklar nish urib, jumalistikaning ommalashuvi zaruriyatga aylandi. Bosma nashrlami bezash va texnik. jihatdan shakllantirish jadal rivojlana bordi. Bunday nashrlar jurnalistika paydo bo'lganidan boshlab asosan gotik harflarda terilardi. Yozuvning bu shakli esa cherkov xatlarida ishlatilgan yozma shakllar ta’sirida paydo bo'Igan edi.

Hatto, dastlabki arab matnlari shu harflarda terilgan. Yevropa

mutaxassislari ushbu amaliyotni tanqid qilgan hollar ham bo'Igan. 1529-yili Fransiyaning Buija shahrida matbaachilik san’atiga bag'ishlangan qo'llanma nashr etildi. «Gullayotgan dala» nomi bilan mashhur mazkur qo'llanma muallifi yozuvchi va matbaachi Joffma Toridir. Klishe o'ymakorligi bo'yicha mohir usta ham bo'Igan J. Tori arab harflarini gotikada bosish mumkin emas deb, eski usulga qarshi chiqdi va tez orada ishlatish uchun qulay bo'Igan yangi shakldagi harflarni yaratdi.O'rta asrlarda musulmonlar yevropaliklarga rivojlanishda yordam bergan bo'lsalar, Uyg'onish davriga kelib yevropaliklar musulmonlarga matbaachilik sohasini taraqqiy yettirishda madadkor bo'la boshladilar.

1538-yili Parijda «Arab tili grammatikasi» nashr etildi. Uni fransuz davlat arbobi Giyom Postel chop etdi. Bu mazkur yo'nalishdagi eng birinchi adabiyot edi.

Uyg'onish davridagi Germaniya, Italiya, Fransiya shaharlariga (asosan, XVI asrda) dunyoning turli burchaklaridan odamlar oqib kelar, u yerlarda qizg'in savdo borar, mamlakatlaming ichki va tashqi faoliyatiga doir xabar almashishlar bo'lar edi. Tabiiyki, o'sha davrlarda hammasavdogarlar, ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlar, feodallar, zodagonlaryangi, tezkor ma’lumotlarga ehtiyoj sezardilar. Axborotga bo'Igan kuchli talab, ayniqsa, tadbirkorlarga qo'l keldi. Ular mahsulotlarning bahosi, sotilish manzili, kemalarning qatnov jadvallari ko'rsatilgan turli e’lonlar, tijorat xabarlari, reklama va har xil yangiliklar bosilgan varaqalami chop eta boshladilar. Shunday markazlardan biri Venetsiya edi. .



Bu yerda yangiliklar varaqalarini pulga tarqatuvchi maxsus ma’lumotlar shaxobchasi tashkil topdi. Varaqalar dastawal qo'lyozma shaklida, keyinchalik bosma holda bir kumush tanga-«gadzeta» qiymatida chiqarila boshlangan. O'sha davrdan e’tiboran mazkur tipdagi barcha nashrlar «gazeta» degan nom olgan.

Bugungi kunda ko'pgina mamlakatlar «birinchi gazeta vatani» degan nomga da’vogarlik qilishadi. Tabiiyki, har biri isbot sifatida dalillar keltiradi. Lekin masalaning yechimi nimani gazeta deb atashda va shu bilan birgalikda, uning asosiy belgilarini ko'rsata olishdadir. Fikrimizcha, gazetaning hal qiluvchi belgisi davriylik bo'lsa, Germaniya ushbu munozaralarda haq bo'lib chiqadi. Ma’lumki, Timofeus Ritssh 1590-yili Leypsigda «Axborot bor» deb nomlangan gazetani nashr etgan. U deyarli har kuni chiqib turgan. 10 yil o'tgach, Ritssh Leypsigda «Harbiy va xalqaro maydondaf sodir bo'Igan voqealar haqida yangiliklar keldi» degan uzun nomga ega gazeta nashr eta boshladi.
Download 316.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling