Referati mavzu: masalalarni jadval tuzib yechish reja: Masala turlari Masalalarni jadval tuzib yechish


Download 21.92 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1483383
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Norova Umida Mom referati


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BOSHLANG'ICH TA'LIM YO'NALISHI 313-GURUH TALABASI NOROVA UMIDANING MATEMATIKA O'QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
Referati

MAVZU:MASALALARNI JADVAL TUZIB YECHISH


REJA:
1.Masala turlari


2.Masalalarni jadval tuzib yechish

MASALA TURLARI


Bola maktabdagi mashg'ulotlarning birinchi kunidayoq masala bilan uchrashadi. Birinchi sinf o'quvchilari bilan qilinadigan dastlabki suhbatlarning birida o'qituvchi o'quvchi qanday hayotiy tashriba va bilimga ega ekanligini aniqlash maqsadida eng oson masalaga murojat etadi. Masalan: “Sening to'rtta qalaming bor edi sen yana bitta qalam olding. Sendagi qalamlar nechta bo'ldi?”
Maktabda o'qitishning boshidan oxirigacha matematik masalar o'quvchilarga matematik tushunchalarni to'g'ri shakllantirishga uni o'rab turgan muhitning o'zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi. O'rganilayotgan nazariy koidalarni qo'llanish kuzatilayotgan hodisalarda har hil sonli bog'lanishlarni o'rgatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalar yechish bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.
Matematik masala o'zi nima?
Matematik masala - bu bog'liqli ixcham hikoya bo'lib, unda ba'zi kattaliklarning qiymatlari ko'rsatilgan bo'lib, ularga bog'liq va masala shartida ular bilan ma'lum munosabatlar orqali bog'langan boshqa kattaliklarning qiymatlari izlanadi.
Masala tushunchasini tor manoda qarab unda quyidagi tarkibiy elementlarni ajratish mumkin.

  1. masalaning sharti - syujetning so'zlar bilan bayoni bo'lib unda son qiymatlari masala tarkibiga kiruvchi kattaliklar orasidagi funktsional bog'lanish oshkor (sonlar yordamida) holda yoki oshkormas shaklda (so'zlar yordamida) ko'rsatilgan bo'ladi.

  2. masalaning savoli - bunda bir yoki bir necha kattalikning noma'lum qiymatlarini bilish taklif qilinadi.

Shunday qilib har qanday arifmetik masalada noma'lum (izlanayotgan) son (yoki bir nechta izlanayotgan son) va berilgan sonlar (ular ikkitadan kam bo'lmasligi kerak) dan iborat elemintlar albatta bo'lishi kerak ekan.
Bilimlami tekshirishda masala o'quvchi tafakkurini rivojlanishi haqida fikr yuritish kerakli amallarni to'g'ri tanlash hisoblash ko'nikmalari haqida fikr yuritishg imkonini beradi.
Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan yyechilish mumkin bo'lgan masalalar sodda masalalar jumlasiga kiritiladi. Bir necha sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal yordamida yechiladigan masalalar murakkab masalalar deyiladi.
Sodda masalalarning asosiy turlarini qo'yidagicha taqsimlash boshlang'ich maktabda qo'llash uchun qulay:

  1. Arifmetik amallar mazmunini ochishga doir masalalar yig'indisini qoldiqni topishga doir masalalar, bir xil qg'o'shiluvchilar yig'indisini topishga doir masalalar, bo'lishga (mazmuniga ko'ra bo'lishga va teng qismlarga bo'lishga) doir masalalar.

  2. Amalning noma'lum kompanentlarini (qo'shiluvchi, kamayuvchi, ayriluvchi ko'payuvchi, bo'linuvchi, bo'luvchi) topishga doir masalalar.

  3. Bir necha birlik (yoki bir necha marta) "ortiq" (yoki "kam") munogsabati bilan bog'liq masalalar; sonni bir necha birlik (yoki bir necha marta) orttirish (yoki kamaytirish)ga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar; sonlarni ayirmali (yoki karrali) taqqoslashga doir masalalar.

  4. Kattaliklarning proporsional bog’lanishlariga doir masalalar.

Birinchi sinf o'quvchilari sodda masalalarni o'zlashtirib olganlaridan keyin,
ya'ni ular shart va savolni ajratishni o'rganib olganlaridan keyin ma'lum va noma'lumlarni qiynalmay ajratadigan bo'ladilar, yechilishning dastlabki ko'nikmalarini oladilar, shundan keyin sekin asta darsga murakkab masalalar kiritiladi.
Boshlang'ich (I-IV) sinf o'quvchilari yechadigan murakkab masalalardan qo'yidagi xillarini ajratish mumkin.

  1. T o'rtinchi proporsional miqdorni topishga doir masalalar.

  2. Proporsional bo'lishga doir masalalar;

  3. Ikki ayirma bo'yicha sonlarni topishga doir masalalar.

Bundan tashqari bu sinflarda ma'lum mazmunli masalalar yechiladi:

  1. vaqtga doir masalalar

  2. harakatga doir masalalar;

v) geometrik mazmunli masalalar.



Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling