Referati mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Download 44.76 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi44.76 Kb.
#267895
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
REFERAT AVLONOV SH

GLOSSARIY.

 

Referendum – (lot. – ma’lum qilinishi zarur bo‘lgan narsa) davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonun qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash.



Yurisdiksiya – (lot. – sud qilish, sud jarayoni) huquqiy masalalarni hal qilish, sudlov ishlarini olib borish huquqi. Muayyan davlat organi vakolatlari doirasidagi huquq sohasi.

Doktrina – (lot. – ta’limot; o‘qimishlilik) ilmiy yoki falsafiy ta’limot, nazariya; asosiy nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazar.

Modernizatsiya – (modern – zamonaviy) yangilanish, zamonaviy; davlat, jamiyat, iqtisodiyot, texnologiya va boshqa sohalarning yangilanishi, yangi uslublar, ixtirolarning qo‘llanishi asosidagi o‘zgarishlar.

Konsepsiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki  qarashlar majmui.

Mentalitet – (nem. – aql, idrok) jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urfodatlari, diniy e’tiqod va irimlarini qamrab oladi.

Tashqi siyosat -  bu davlatlarning mamlakat tashqarisida davlatlararo munosabatlarda o’zining milliy va umumbashariy maqsadlari, xavfsizlikni ta’minlashga yo’naltirilgan faoliyat.

Xalqaro siyosat -  bu xalqaro munosabatlarda ishtirok etadigan turli davlatlar, sub’ektlar, siyosiy partiyalar va harakatlar, siyosiy va nosiyosiy tashkilotlar, ijtimoiy guruhlar va shaxslarning xalqaro meyorlar, normalar, qadriyatlar asosida o’zaro munosabatlarni saqlab turishga qaratilgan faoliyat.

Elchixona yoki missiya muayyan davlat tomonidan xorijiy davlat boshlig‘i huzurida doimiy vakolatxonalar sifatida tashkil etiladi. Mazkur vakolatxonalar boshlig‘i sifatida elchilar (elchixonalar uchun), vakillar (missiyalar uchun) yoki muvaqqat ishlar vakillari (har ikkalasi uchun) faoliyat ko‘rsatadi.

Konsulliklar fuqarolar va savdo– sotiq, mulkiy – huquqiy sohadagi davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil qilinadigan vakolatxonadir.

Afv etish – sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki berilgan jazoni yengillashtirish. Odatda, afv davlat boshlig‘ining qarori bilan amalga kiritiladi.

Sanksiya – huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.

Strategiya – uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni istiqbolli dinamik aniqlab olish.

Mахsus industriаl zоnа – bu zоnаlаrdа yangi tехnоlоgiyalаrni o‘zlаshtirish, аlоhidа sоhаdаgi sаnоаtni rivоjlаntirish, hududning o‘zigа хоs ijtimоiy imkоniyatlаri hisоbgа оlingаn хоldа mахsus sаnоаt mаhsulоtlаrini  ishlаb chiqаrish tаshkil etilаdi.

Logistika – (yun. logistike – hisoblash, muhokama san’ati) inson faoli- yatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi.

Konvertatsiya – (lot. convertatio – o‘zgartirish, aylantirish) Milliy valutaning amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi.

Baynalmilal – (arabcha – millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi.

Delimitatsiya – (lot. – chegaralamoq, ajratmoq) davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofi q tavsifl ash va xaritalashtirish asosida belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.

Sammit – (ingl. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha uchrashuvi; oliy darajadagi kengash.

Ikki tomonlama aloqalar – xalqaro munosabatlarda ikkita mustaqil subyektning – ikkita davlat yoki ikki xalqaro tashkilotning o‘zaro aloqalari;

Industrial rivoljanish – og‘ir va yengil sanoat, qolaversa, jamiyat iqtisodiy yuksalishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan muhim tarmoqlarining rivojlanishi.

Transchegaraviy – chegaralararo, bir necha davlat hududidan o‘tuvchi. Daryolar va yo‘llarga nisbatan qo‘llaniladi.

Shafe – (tarafini oluvchi, homiy; vositachi) birovga yon bosuvchi, homiylik qiluvchi; homiy.



Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling