Referati. Mavzu: Oshlovchi moddalar saqlovchi dorivor o'simliklarning tibbiyotdagi ahamiyati. Tanin olinadigan mahsulotlar


Oshlovchi moddalarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati


Download 194.62 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi194.62 Kb.
#1337528
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Faol modda 1

2. Oshlovchi moddalarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati.
Tanidlar o'simliklar hayotida katta rol o'ynaydi, shunday bo'lishiga qaramay, bu masala hozirgacha hal qilingan emas. Oshlovchi moddalar o'simIik to'qimalarida doimiy ravishda kechib turadigan oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida, eng avvalo hujayraning nafas olish jarayonida faol qatnashadi. Demak, tanidlar ma'lum sharoitda oksidlanib, vodorodni hamda qaytarilib kislorodni ajratishi mumkin. Ajralgan vodorod va kislorod esa hujayradagi ferment ta'sirida zarur birikmalaming qaytarilishiga hamda oksidlanishiga sarflanadi. Katexinlar oksidlanib, o'ziga yaqin antotsianlarga aylanadi. Antosianlar esa flavonlarga aylanishi yoki qaytarilib, yana katexinlar hosil qilishi mumkin. Bu reaksiyani quyidagi sxema bo'yicha tasvirlasa bo'ladi:

Oshlovchi moddalar bakteritsid va fungitsid ta'sirga ega bo'igani sababli daraxtiaming yog'och qismini tez chirishdan saqlaydi. Agar o'simliklarga tashqaridan ta'sir etilsa (masalan, hasharotlar o'simlikni yaralab-chaqib tuxum qo'ysa yoki g'o'za chekanka qilinsa), zararlangan to'qimalarda unga qarshi ko'p miqdorda tanidlar sintez bo'ladi va to'planadi. Bu hodisaning ro'y berishi ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo'lmasa ham, to'qimadagi mazkur biokimyoviy o'zgarish o'simlikning chetdan bo'lgan tasodifiy ta'sirga o'zini himoya qilish reaksiyasi ekanligi shubhasizdir. Shunga ko'ra, tanidlar o'simliklarning chiqindisidir, ular to'qimalarda yuz beradigan moddalar almashinuvida ishtirok etmaydi,shuningdek, oshlovchi moddalar zaxira energiya beradigan birikrnadir, ular qandga, kraxrnalga, yog'larga va boshqa
moddalarga aylanishi rnumkin, deb bayon etilgan fikrlar haqiqatdan ancha yiroq turadi. Chunki, yuqorida aytib o'tilganidek, tanidlarning sintezlanishi davrida geksozalardan hosil bo'lgan oraliq birikrnalar reaksiyaga kiruvchi boshlang'ich birikmalardan karn sof energiyaga ega bo'lganligi uchun bu reaksiyaning orqaga qaytishi ham dargurnon. Shuning uchun oshlovchi rnoddalaming o'sirnliklar hayotidagi roliga ularning rna'lurn dawda parchalanib, yo'q bo'lib ketishiga yoki ko'payishiga (rnasalan, uglevodlar va yog'lar singari) qarab baho berish uncha to'g'ri bo'lmaydi. Shu bilan bir qatorda, o'simliklar o'sayotgan davrida tanidlarning o'zgarishi (oksidlanishi
yoki qaytarilishi, oddiy yoki rnurakkab forrnadan ikkinchi holatgao'tishi)ga qarab, ularning fiziologik roli to'g'risida fikr yuritish kerak.
O'sirnliklardan ajratib olingan oshlovchi rnoddalar tanidlarning bir qancha formalari aralashmasidan iborat, shu sababli ular amorf kukun (poroshok) holida bo'ladi. Sof holda ajratib olingan ba'zi kornponentlar (masalan, katexinlar) esa kristall holda bo'ladi. Tanidlar suvda, har xil darajadagi spirtda va sirka kislotaning etil efirida yaxshi, boshqa organik eritrnalarda yornon eriydi yoki butunlay erirnaydi. Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi och qo'ng'ir rangli, hidsiz va burishtiruvchi rnazali, lrnchsiz kislotali xossaga ega bo'lgan kolloid eritma. Suvda eritilgan oshlovchi moddalarni oqsil rnodda, og'ir metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlarning eritrnalari yordamida cho'ktirish rnumkin. Tanidlar ko'p atornli fenollarningunurnlari bo'lib, boshqa fenollar singari ternirning uch valentli tuzlari eritmasi bilan rangli (qora-yashil va qora-ko'k rangIi) cho'krna hosil qiladi. Tanidlar havo kislorodi va fennentlar ta'sirida oksidlanib, qo'ng'ir rangli harnda sovuq suvda erimaydigan birikma - flobafenlarga aylanadi.

Download 194.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling