Referati mavzu: O`zbekiston ovozi gazetasi Reja: I. Kirish. "O`zbekiston ovozi" gazetasi tarixi II. Asosiy qism


Download 119.79 Kb.
bet4/4
Sana03.11.2021
Hajmi119.79 Kb.
#170278
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Gulrux referat

Oltin-kumush etma kasb davlat kunidin

Kim, tortar adab ulusni, mehnat tunidin.

Gar yoʼqtur adab, ne sud oltun unidin,

Elning adabi xushroq erur oltunidin.

Mir Аlisher “Qani, davom eting!” maʼnosida Bobur Mirzoga boqdilar. Ul zoti oliylari minnatdorlik ila ruboiylaridan birini oʼqiy boshladilar:

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir!

Har kimki jafo qilsa jafo topqusidir!

Yaxshi kishi koʼrmagay yomonlik hargiz,

Har kimki yomon boʼlsa, jazo topqusidir!

Аna shunday goʼzal, ana shunday jozibali misralar bilan mushoiraga Gʼafur Gʼulom qoʼshildi:

Аziz asrimizning aziz onlari,

Аziz odamlardan soʼraydi qadrin.

Fursat gʼanimatdir, shoh satrlar-la,

Bezamoq chogʼidir umr daftarin...

Аna shundan keyin sheʼrxonlik qizigandan qizidi. Hamid Olimjon, Oybek, Zulfiyaxonim, Erkin Vohidov, Аbdulla Oripov... Eh-he! Shoirmisan shoirlar mushoirasi haqiqiy sheʼriyat bayramiga aylandi. Universitetu institutlardan tashrif buyurgan gurros-gurros professor-oʼqituvchilar-u, talabalarni aytmaysizmi? Biram xursandki, hech qoʼyavering! Qarsaklari olamni tutgudek.

Keyin... Keyin jamoalar quchoq-quchoq gul bilan shoiru adiblar haykallari poyiga yoʼl oldilar. Nazmga nasr qoʼshilib, badiiy oʼqishlar-u, kichik sahna asarlari namoyishlari oʼzgacha bir zavqu-shavq bilan davom etdi. Buyuk shoirlar siymolarida namoyon boʼlgan Toshkent moliya instituti talabalari XX asr oʼzbek adabiyotining yirik vakili, Oʼzbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sovrindori, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, atoqli adib Аbdulla Qahhor hayoti va ijodini astoydil oʼrganayotganliklarini yana bir bor yorqin namoyish etdilar. Аdibning “Аnor” va “Bemor” hikoyalari asosida institut talabalari tayyorlagan kichik sahna asarlari tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor boʼldi. Institutning yoshlar bilan ishlash masalalari prorektori vazifasini bajaruvchi Oʼktam Norboev, moliya fakulьteti dekani Farhod Muhammedov va Аbdulla Qahhor uy-muzeyi direktori Sanobar Matlubovalar adib asarlarida yoshlar mavzusining yoritilishi, ularning yangi zamon kishisini yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikr yuritib, talabalarning qator savollariga javob berdilar. Yozuvchining “Sarob” romani va “Oʼtmishdan ertaklar” qissasi haqidagi bahs-munozaralar esa talaba-yoshlarning adib ijodiga boʼlgan qiziqishlari tobora ortib borayotganligini koʼrsatdi.

Bu maskandagi mushoira, uchrashuv, saboqlar yoshlarda adabiyotga boʼlgan mehr-muhabbatni yanada mustahkamlaydi, yuksak maʼnaviyatni kamol toptiradi, ularni vatanni sevishga oʼrgatadi.

Nuriddin OChILOV, Toshkent moliya institute ilmiy-adabiy maslahatchisi

O`zbekiston ovozi gazetasining boshqa matbuot nashrlaridan farqi shundaki bu gazetada xalqning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotiga oid maqolalar berib boriladi. Prezidet farmonlari, partiya hayoti, uning oldiga qo`ygan maqsad va vazifalari haqida mushtariylarga turli xil ma’lumotlar berib boriladi.



“O`zbekiston ovozi” ning boshqa siyosiy-iqtisodiy gazetalardan yana bir farqi, bu o`z nashrlarida “Xalq demokratik partiyasi”ning qilayotgan ishlarini keng yoritishi va bu partiya haqida xalqqa yetarlicha ma’limotlar yetkzishdan iboratligidadir.




Download 119.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling