Referati reja: Psixologik maslahat nima? Psixologning maslahatning maqsad va vazifalari Psixologik maslahat turlari


Download 34.11 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi34.11 Kb.
#1298035
TuriReferat
Bog'liq
.Individual psixologiya

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat


pedagogika unversitetining Amaliy psixologiya fakulteti sirtqi bo‘lim 4-bosqich
401-guruh talabasi
Abdumalikova Shahzodaning
“Psixologik maslahat ishlarini olib borishning asosiy negizlari “
mavzusida tayyorlagan

REFERATI


Reja:
1.Psixologik maslahat nima?
2.Psixologning maslahatning maqsad va vazifalari
3.Psixologik maslahat turlari.

Psixologik maslahat deb muhtoj bolganlarga maslahat va tavsiyalar sifatida mutaxassis psixolog tomonidan bevosita beriladigan psixologik yordam ko’rsatish bilan b og‘liq bo‘lgan a m a liy psixologiyaning alohida sohasiga aytiladi. Ular psixolog tomonidan mijoz hayotida duch kelgan muammoni dastlab o'rganib chiqish va shaxsiy suhbat asosida beriladi. Ko‘pincha psixologik maslahat oldindan belgilangan soatda, buning uchun maxsus jihozlangan xonada, odatda begona odamlardan xoli va yakkama-yakka, yuzmayuz o‘tkaziladi. Psixologik maslahat bir soatdan uch soatgacha davom etadigan psixologning mijoz bilan shaxsiy suhbati shaklida o‘tkaziladi. Mana shu suhbat davomida mijoz ocz muammolari, o‘zi to‘g‘risida gapirib beradi. Psixolog o ‘z navbatida muainrnoning mohiyatini tushunib yctish, bu muammoni o ‘zi uchun ham , mijoz uchun ham oydinlashtirishga harakat qilib diqqat bilan tinglaydi, maslahatlar davomida mijozning shaxsi baholanadi, uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib mijozga uning muammosini qanday qilib amaliy hal ctish bo‘yicha ilmiy, asosli tavsiyalar beriladi. Psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga beriladigan maslahat va takliflar ko‘p hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz o ‘z muammosini o‘zi to‘la hal eta olishiga qaratilgan boladi. Psixologik maslahat — bu inson hayotida yuzaga keladigm barcha psixologik muammolarni hal eta olishiga, ishonchiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik yordam ko'rsatish uchun yuzaga kelgan amaliyotdir. Lekin mijoz har doim ham uning muammosi mohiyati nimadan iborat ekanligini va o ‘zining kuchi va imkoniyatlariga tayanib, uni qanday qilib hal etishni aniq bilmaydi va tushunmaydi. Professional tayyorlangan psixolog-maslahatchi mana shu bo‘yicha unga yordam ko'rsatishi kerak. Psixologik maslahatning asosiy vazifasi mana shundan iborat. Maslahat berish davomida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini amaliy hal etish usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan maxsus ish uslublari va unga ta’sir ko‘rsatish metodlarini qo‘llaydi. Shu bilan birga ushbu yechim mijoz amalga oshirishi uchun tushunarii va mumkin bo‘ladigan qilib amalga oshiriladi. Psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi ko‘pincha birikki uchrashuv bilan cheklanmaydi. Ko‘pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va lindan ko‘p uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslahat berib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslahatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga keladi: - Mijozning muammosi shunday murakkab bo‘Iadi-ki, birikki soat davomida uni tushunib olish deyarli mumkin emas. Mijozning birem as, balki bir necha muammolari mavjud, ularning har birini hal etish alohida maslahatni talab etadi; - Taklif etilayotgan muammoning yechimi mijoz tomonidan darhol va to‘la mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslahatchi tomonidan qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni talab etadi. - Mijozning individual xususiyatlari sababli psixoîogmaslahatchi uning muammosini darhol va qo‘shimcha yordamsiz hal eta olishiga to ‘la ishonmaydi. Agarda mijoz o‘ziga yetarlicha ishonmasa, o ‘z hayajonlari va xulqini boshqara olmasa, agarda uning intellektual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda oqilona, to ‘g‘ri yechimni mustaqil qabul qilish uchun yetarli bo‘lmaganda bunday hollar uchrab turadi.
Psixologik xizmat faoliyati o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini tashxis qilishga, ta’lim-tarbiyadagi xatoliklaming psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday xato va kamchiliklarni yo‘qotish va oldini olishga qaratiladi. Bundan psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi. Psixologik xizmat faoliyati bolalar, yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida timumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim. Psixologning maslahat berish rejasida quyidagi ishlar o‘z aksini topishi zarur: 1. Bolalar, o‘qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan sluig‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma’muriyat (dircktor, rektor, mudir) o‘qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol masiahatlar berish. 2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush iiurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda masiahatlar uyushtirish. 3. Ma’muriyat, bolalar, o‘quvchilar hamda talabalar va ota-onalarga ularning ruhiy o‘sishi xususiyatlariga oid ma’lumotlar berishi, farzand asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish ishlarida qatnashish, tashkilotlaming g‘amxo‘rlik va vasiylik to‘g‘risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabat bildirishi lozim. 4. Ota-onalarga bolaning ruhiy rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o‘zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlaming yoshi, jinsi, individual-tipologikxususiyatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy masiahatlar beradi. 5. Maktab o‘quvchilari, o'rta maxsus va kasb-hunar kolleji hamda akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik masiahatlar berish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish. Mazkur ishlar o‘quvchilami maktab, kollej va litseylarda «‘qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o ‘rganishga yo‘naltirilgan b o ‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim-tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini 9 aniqlashga moijallangandir. Tashxis ishlari guruhiy yoki individual tarzda o‘tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi. Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab o‘quvchilarini, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning bilim saviyalarini belgilaydi. 0 ‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini tashxis qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg‘ulari, o‘zini-o‘zi boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo‘lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar ko‘pincha psixologga quyidagi muammolar: turli fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o‘qiy olmasligi va o‘qishni istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari orasida oila muloqoti va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo‘llari, o‘quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo‘llari, o‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish bo‘yicha murojaat qiladilar. Amaliyotchi psixologga o‘qituvchilar ham murojaat qiladilar:
— kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatni yaxshilash masalalari, o‘z-o‘zini tarbiyalash, kasbiy va shaxsiy o‘z-o‘zini bilish, aqliy mehnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar bo‘vie ha maslahat so‘raydilar.
Psixolog o‘quvchilar bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri maslahat berish deb ataladi. Ba’zan o‘quvchilarga va otaonalarga o‘qituvchilarning u yoki bu muammolari bo‘yicha 10 maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda ma'lum qoidalariga amal qilishga to‘g‘ri keladi. Maslahat berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning o‘zaro ta’sir jarayoni, ular orasida ishonchli o‘zaro munosabatni o‘rnatish yotadi. Bunda psixolog — maslahat bemvchi, o‘qituvchi, ota-ona — maslahat beriluvchi, o‘quvchi mijoz rolida bo‘ladi. Maslahat berish — psixologik xizmatning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o‘zi nimaligi liaqida yagona tushuncha yo‘q. Kollejlardagi yoki akademik lilseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o‘quv muassasadagi o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarining, rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo‘ladi. U har bir o4|uvchi yoki o‘qituvchining o‘zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab tizimini ham ko‘radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi. Maslahat berish ishini chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin. Psixolog maslahat 0 ‘qituvchi Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o‘qituvehi o‘z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo‘ladi.
1. 0 ‘quvchi muammolari bo‘yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda.
2. Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o‘rganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga vordam ko‘rsatadi. Sabablarini aniqlash muammoli 0‘quvchi bola bilan ishlash
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari yangi tipdagi maktab, oliy o‘quv yurti talabalarida uchraydigan o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi muammolarni tashxis qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differensial tashxisni amalga oshiradi. Nuqsonlaming tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulq-atvor sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksikomanlik, alkogolizm, o‘g‘irlik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi.
5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda ishtirok qilish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va unga asoslanib, ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi.

2Maslahat berish psixologik amaliyotning asosiy turi sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:


I. Munozarada yuzaga keigan muammoni zudlik bilan hal etishda unga yordam ko‘rsatish. Odam larda ko‘pincha darhol aralashish, kechiktirilmaydigan yechimlarni talab etuvchi, mijoz hal etish uchun kokp vaqt, kuch va vositaiarni sarflash imkoniyatiga ega bo‘lmagan yechimlarni talab etuvchi muammolar yuzaga keladi. Bunday muammolarni odatda operativ deb ataydilar va kerakli yechimlar ham shunday deb ataladi. Operativ muammolarni hal etishda og‘zaki maslahat shaklida zudlik bilan psixologik yordam olish juda muhim hisoblanadi. Bolaning ota-onasi bilan o ‘zaro munosabatlarda jiddiy nizolar yuzaga kelishi, ularning vaqtida hal etilmasligi bola jismoniy va psixik sog‘lig‘iga juda katta salbiy ta ’sir etishi mumkin. Biror-bir tashkilot ishchisida ham keskin, darhol hal etilishi kerak b o ‘Igan muammo paydo bo'lishi mumkin. Masalan, yaqin kunlarga belgilangan o‘zining bevosita boshlig‘i bilan qisqa vaqtli uchrashuv vaqtida ular o ‘rtasidagi munosabatlardagi muammoni hal etish zaru rb o ‘ladi. Misol: oilada eri yoki xotinida kutilmaganda oralaridagi munosabat yoki qarindoshlardan bin bilan munosabati keskin yomonlashadi. Mana shu sababli oilada og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan keskin vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
2. Mijozga psixologning doimiy aralashishisiz o‘zi mustaqil hal eta oladigan masalalarni yechishda, ya’ni odatda maxsus professional psixologik biiimlar kerak bo‘lmagan faqatgina muloqot, sog‘lom mazmunga asoslangan hayotiy maslahat kerak bo‘lgan masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatish. Masalan, mijoz uchun mehnat va dam olish qulay kun tartibini tanlab olishi, turli faoliyatlar o'rtasida vaqtni to'g'ri taqsimlash shunday masalalar hisoblanishi mumkin.
3. Mijozga aslida uzoq vaqt davomida ozmi-ko‘pmi doimiy psixoterapevtik ta ’sir ko‘rsatish kerak bo‘lgan, lekin u yoki bu sabablar oqibatida ushbu vaziyatda bunday imkoniyati bo‘lmagan holatida vaqtinchalik yordam ko‘rsatish bunday holatda psixologik maslahatdan mijoz duch kelgan rnuammoning yanada og‘irlashishiga y o‘l qo‘ymaydigan, salbiy jarayonlarning tez rivojlanishini oldini oluvchi mijozga vaqtinchalik operativ yordam ko‘rsatish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Mijozda kutilmaganda depressiya holati yuzaga kelishi shunday muammoga misol bo‘lishi mumkin.
4. Mijoz o‘z muammosini to‘g‘ri tushunib, umuman uni o‘zi hal etishga tayyor bo‘lgan, lekin biror narsadan shubhalangan, o‘zining to‘g‘ri yo‘l tutayotganiga tola ishonchi bo‘lmagan hollarda, psixolog-maslahatchi muloqot natijasida ular tomonidan professional va ruhiy qo‘llab-quwatlanadi, bu esa unda o‘ziga ishonchini kuchaytiradi.
5. Maslahat olishdan boshqa hech qanday imkoniyati bo‘lmaganda mijozga yordam ko‘rsatish. Bunday holatda psixologmutaxassis mijozga psixologik maslahat berar ekan, aslida u ancha toza va uzoq vaqtli psixokorreksion yoki psixoterapevtik yordamga muhtojligini tushuntirishga harakat qiladi.
6. Psixologik maslahat mijozga psixologik yordam ko‘rsatish boshqa turlari o‘rniga emas, balki faqat psixolog emas, uning o‘zi ham yuzaga kelgan muammoni hal etish bilan shug‘ullanishini ko‘zda tutib ular bilan birgalikda, qo'shimcha mashg'ulot sifatida olib boriladi.
7. Psixolog-maslahatchida tayyor yechim bolm agan, chunki vaziyat uning imkoniyati doirasidan chiqqan, mijozga qanday bo‘lsa ham mayli juda oz va samarasi yetarli bolm agan yordam ko£rsatish kerak bo‘gan hoilarda, psixologik maslahat quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi:
A) Mijoz duch kelgan muammoni aniqlashtirish, tushunib olish.
B) Mijozda yuzaga kelgan m uammoning mohiyati to‘g‘risida, uning jiddiyligi darajasi haqida unga tushuntirib berish, mijozni muammo bilan tanishtirish.
D) Mijoz paydo bo‘lgan muammoni mustaqil hal eta olishi mumkinligini aniqlash maqsadida psixolog-maslahatchining mijoz shaxsini o'rganishi.
E) Mijoz muammosini hal etishni eng yaxshi yo‘lini ko‘rsatish bo‘yicha mijozga maslahat va tavsiyalarni aniq ifoda etish.
F) Mijoz o‘z imkoniyatlarini hal etishga kirishgan holatida mijozga qo‘shimcha amaliy maslahatlar sifatida kundalik yordam ko'rsatish.
G) Mijozga kelajakdashu kabi muammolarni yuzaga kelishining oldini olishni olrgatish, psixoprofilaktik vazifasi.
H) Psixolog-maslahatchi mijozga uning o ‘zi qo‘llashi mumkin bo‘lgan oddiy, hayotiy zarur psixologik bilim va malakalarni berish.
Aytib o‘tilgan vazifalarni harbirini ko‘rib chiqamiz. Muammoni aniqlashtirish mijozni diqqat bilan tinglab, uni bir qancha vaqt kuzatib psixolog-maslahatchi uning muammosi mohiyati aslida nimadan iborat ekanligi to ‘g‘risidagi xulosaga kelishidan iborat bo‘ladi. Ba’zida uning xulosalari mijozning fikri bilan mos keladi, ba’zan esa umuman mos kelmaydi. Xulosalar mos kelmagan holda psixolog-maslahatchi mijozga u maslahatni nima uchun dastavval mijozning o ‘zi o ‘ylagan, undan farq qiluvchi aynan mana shu xulosaga kelganligini tushuntiradi. Shunday tushuntirish davomida psixolog-maslahatchi uning muammosi nim adan iborat ekanligini dalil, asoslar bilan tushuntirish bilan birga nima uchun ushbu muammo yuzaga kelganligini va uni qanday qilib amaliy hal etish mumkinligini ham ko‘rsatib beradi. Keyin, mantiqiy zarur va odatda avvalgisi bilan birga amalga oshiriladigan qadam — bu mijoz shaxsini psixologik o‘rganish hisoblanadi. Buni o‘rganmay turibbirinchidan — mijozning o kz muammosini to'la, chuqur tushunib yetishga, ikkinchidan - uni hal etishda mijozning faol ishtirok etishiga tayanib bo‘lmaydi. Maslahat olib borishda mana shu ishni bajarib psixolog mijozga uning muammosini tushuntirish, shu bilan birga uning individual xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shundan keyin psixolog-maslahatchi muammoning mohiyatini o‘zi tushunishi va mijoz individualligini hisobga olib, uni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni ifoda etib beradi. Bunday tavsiyalar qisqacha, oddiy va mijoz tushunadigan bo‘lishi kerak. Hardoim ham mijoz psixolog-maslahatchidan oigan maslahat va tavsiyalarini amalga oshirishga kirisha olmaydi. Ko'pincha o'zining tajribasizligi yoki bilmasligi sababli xatoga yo‘l qo‘yadi va psixolog-maslahatchi tomonidan kundalik yordamga muhtoj bo‘ladi. Psixolog-maslahatchi esa mijozni tinglab, o‘zi va u uchun muammoni aniqlashtirib, uni to'g'ri hal etish bo‘yicha tavsiyalar taklif etib, o‘zining professional burchini to la bajardi, deb o‘ylashi kerak emas. Mijozning oigan maslahat va tavsiyalarini xatosiz amalga oshirishni ta’minlash ham psixolog-maslahatchining vazifasi hisoblanadi. To‘g‘ri mijoz psixolog-m aslahatchidan olgan tavsiyalarni bajarishni xohlamasligi ham mumkin. Odamlar hayotlarida duch keladigan muammolar shunday bo‘ladi-ki, ular takroran yuzaga keladi, ularni bir marotaba ha! qilinishi ular kelajakda yana bir bor yuzaga kelmasligiga to la kafolat bo‘la olmaydi. Shuning uchun mijoz bilan maslahat berish ishlarini olib borganda kelajakda bunday muammolar yuzaga kelmasligiga harakat qilish kerak. Xususan mana shu psixoprofilaktikaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Uni hal etib psixolog-maslahatchi mijozning olzi o ‘z harakatlari bilan hayotida kelajakda shunga o'xshash muammo takror yuzaga kelishining oldini olish va hal qila olishga erishadi. Mijoz psixoprofllaktik masalani mustaqil hal qilishga qodir boMishi hamda o‘ziga o kzi zarur yordamni ko‘rsata oladigan boMishi uchun psixolog-maslahatchi b a’zida ixtiyoriy ravishda uning uchun kasbiy zarur bolmagan vazifani oladi: mijozga foydali bo'lgan oddiy psixologik bilimlar beradi
3 Turli odamlar psixologik maslahatga muhtoj bolganligi va turli masalalarda ular yordam so‘rab murojaat etganliklari sababli psixologik maslahatni mijozlar individual xususiyatlariga va muammolariga qarab turlarga ajratish mumkin. Birinchi navbatda intini-shaxsiy deb ataluvchi psixologik maslahatni ajratib ko‘rsatamiz, ko‘pchilik odamlarda ko‘pincha mana shunday maslahatga talab yuzaga keladi. Ushbu turga shaxs sifatida odamga chuqur ta ’sir ko‘rsatadigan, unda kuchli hayajonlar uyg‘otadigan, atrofdagi odam lardan yashiriladigan m asalalar b o ‘yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bular odam nima bo‘lsa ham ularni yo'qotishni xohlaydigan psixologik yoki xulqi muammolari, shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq m uam m olar, turli qolrqinchlar, muvaffaqiyatsizliklar, shifokor aralashuvini talab etmaydigan psixogen kasalliklar va boshqalar. Bunga odamning 0‘zidan o‘zi qoniqmasligini intim, masalan jinsiy muammolarni ham kiritish mumkin. Keyingi ahamiyati bo'yicha va hayotda ko'p uchraydigan psixologik maslahatning keyingi turi - oilaviy maslahat hisoblanadi. Bunga odamning o ‘z oilasida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bular xususan bo’lajak turmush o‘rtog‘ini tanlash, oilada o’zaro munosabatlarni to‘g’ri tashkil etish va boshqarish, oilaviy munosabatlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va bartaraf qilish, er-xotinlarning qarindoshlari bilan munosabatlari, kundalik oilaviy muammolar bo‘lishi mumkin. Maslahatlarning uchinchi turi — psixologik-pedagogik maslahatdan iborat. Bunga maslahatchining mijoz bilan bola!arni tarbiyalash va o‘qitishni, biror ishga 0‘rgatish ham da kattalarning pedagogik malakasini oshirishni, pedagogik rahbarlik, bolalar va kattalar guruhlari, jamoalarni boshqarishni kiritish mumkin. Psixologik-pedagogik maslahatning eng ko‘p tarqalgan to‘rtinchi turi — amaliy maslahatlar. U o‘z navbatida odamlar faoliyati turlari necha xil bo‘lsa, shuncha turlariga ega boMadi. Umuman olganda, odamlarning amaliy ish bilan bogliq muammolarini hal etish amaliy maslahat deb ataladi. Bunga inson uchun kasb tanlashni, odamda qobiliyatlarini rivojlantirish, lining mehnatini tashkil qilish, ish bajarish qobiliyatini oshirish, ish bo‘yicha muzokaralar olib borish masalalarini kiritish mumkin. Aytib o‘tilgan psixologik maslahat turlarining har biri boshqasi bilan o ‘xshashdir, masalan har xil faoliyat turlarida bir turli vaziyatlarda o ‘zining psixologik talqin qilinishi bo‘yicha bir xil muammolar yuzaga kelishi mumkin. Lekin shu bilan birga psixologik maslahatlar aytib o ‘tilgan har bir turida o'zining xususiyatlari mavjud. Ularni ko‘rib chiqamiz. Intim-shaxsiy maslahatlar odatda begona shaxslardan sir tutilishini va shu bilan bir vaqtda maslahatchi va mijoz muloqotlari uchun o ch iq boMishini, ular o 'rtasida o ‘zaro ishonchli munosabatlarni talab etadi. Bunday psixologik maslahat alohida vaziyat yaratilishini talab etadi, chunki ko'nglidagini ochiq aytishni, tavbani eslatadi. Maslahatning bu turi bevosita taalluqli boMgan muammolari tabiati bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yoki qisqa vaqtli bo‘lishi mumkin emas. U birinchidan - psixolog-maslahatchining hamda mijozning katta psixologik tayyorgarligini, ikkinchidan - psixologmaslahatchining mijoz bilan uzoq vaqt, odatda oson bo’lmaydigan suhbatini, uchinchidan - mijozda paydo bo'lgan muammoni hal etish uchun ancha uzoq vaqtni ko‘zda tutadi. Uzoq vaqt talab etilishi intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolar darhol hal etilmasligi bilan bog‘liq. Oilaviy maslahat o ‘z navbatida psixolog-maslahatchi oilaviy muammoning mohiyatini, ularni hal etish usullarini bilishni, iloji bo‘lsa shaxsiy oilaviy hayotida ularni bilishni talab etadi. Oilasi bo'lmagan odamlar oilaviy maslahatlar bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishlari qiyin bo‘ladi, aksi ham bo'lishi mumkin. Oila qurishga yoki oilani saqlab qolishga urinmagan inson yaxshi psixolog-maslahatchi boMishi qiyin. Uning shaxsiy tajribasi odamlarga salbiy mazmunda foydali boMishi mumkin. Oilaviy munosabatlarda salbiy hayotiy tajribaga ega odam boshqalarga oilaviy hayotda nimalarga yoM qo‘ymaslikni aytib berishi mumkin, lekin oilani saqlab qolish va o‘zaro munosabatlarni yaxshilash yo‘Ilarini ko‘rsata olmayapti. Biroq bu qoidada ham o‘zgacha holatlar bo‘lishi mumkin. Psixologik amaliyotda oilaviy hayotda o ‘zlari ko‘p marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan odamlar ham oilaviy masalalar bo‘yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo‘lib chiqqanlari m a’lum. Psixologik-pedagogik m aslahat bcrish o ‘z navbatida maslahatchining pedagogik m a’Iumotga, o ‘qitish, odamlarni tarbiyalash tajribasiga ega boMishini talab qiiadi. Sobiq o'qituvchi va tarbiyachilar pedagogik ish tajribasi hamda kerakli m a’Iumotga ega b o‘lib, odatda psixologik-pedagogik masalalar b o Lyicha yaxshi psixolog-maslahatchi bolib chiqadilar. Psixologik-pedagogik maslahatga nisbatan aytilgan gaplar amaliy maslahatga ham taalluqlidir. Bu ish bilan psixologik maslahat olib bormoqchi boMgan faoliyat sohasini shaxsiy tajribasi orqali yaxshi bilgan odamlar shug‘ullanishlari mumkin
Download 34.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling