Referati reja: "Turmush darajasi" atamasining ta'rifi va guruhlari
Aholining turmush sharoiti yanada yaxshilanishi borasidagi chora tadbirlar
Download 287.78 Kb.
|
Aholi turmush sharoitini yaxshilash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tahliliy ma’lumotnoma
- Foydalanilgan adabiyotlar royxati
Aholining turmush sharoiti yanada yaxshilanishi borasidagi chora tadbirlarMamlakatimizda investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari o‘z ichiga qonuniylik, oshkoralik va ochiqlik, adolatlilik va investitsiya faoliyati sub’ektlarining tengligi, investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi kabi jihatlarni qamrab oladi. Shubhasiz, Respublikamiz va uning alohida hududlari iqtisodiyoti barqarorligi investitsiya siyosati bilan chambarchas bog‘langan. Ayni paytda bu boradagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, avvalo mavjud muammolarni aniqlash va ularni ochiqlashdan boshlanadi. Ta’kidlash joiz, 2020 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakatdagi kambag‘allik darajasi 12-15 foiz atrofida ekani ma’lum qilingandi. Chorak asrlik tariximizda O’zbekistonda, ayniqsa qishloqlarimizda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligini ko‘rib turib, ko‘rmaslikka olardik, muammolarni xaspo‘shlashga ko‘nikib qolgandik. Lekin bu bilan kam ta’minlangan aholining ahvoli yaxshilanib qolmagandi. Ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha strategik loyihalar, tizimli ishlarni chetga surib bo‘lmaydigan darajaga tushib qolgandik. Gapning sirasini aytganda, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo‘yicha tizimni ishlab chiqish, liberalizatsiya va bozor sharoitida iqtisodiyotni maqsadli boshqarishning shaffof mexanizmlarini yaratish zaruriyati tufayli roppa-rosa ikki yil avval Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Alohida vazirlik tashkil etilishi, jozibador investitsiya muhiti shakllantirilishi yoki yaqindagina poytaxtimiz mezbonlik qilgan xalqaro Forum o‘tkazilishi kabi kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan islohotlardan pirovard maqsad bitta — xalqimizning bugungidanda farovon va baxtli yashashini ta’minlash. Axborot tahliliy ma’lumotnoma Bugungi kunda uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvini takomillashtirish, ma'lumotlar sifatini oshirish maqsadida bir qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda uslubiyotni takomillashtirish, savolnomalarni xalqaro standartlarga moslashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya'ni, kuzatuv jarayonida 2020-yilgacha foydalanilgan qog'oz shaklidagi savolnomalardan voz kechib, 2021-yildan boshlab to'liq uy xo'jaliklarida kuzatuvni planshetlar yordamida o'tkazish rejalashtirilmoqda. Rivojlangan davlatlarda keng qo'llaniladigan ushbu zamonaviy tizimga ko'ra, kuzatuv so'rovnomalari planshetlarga o'rnatilib, interv`yular ulardan foydalangan holda olinadi. Respondent tomonidan intervyu savollariga berilgan javoblar ana shu planshetda qayd etib boriladi va onlayn rejimda yagona ma'lumotlar bazasiga uzatiladi. Bu, o'z navbatida, kuzatuvlar monitoringini yuritish, sifatni nazorat qilish imkonini beradi. Asta-sekin turli xil muqobil indekslar ishlab chiqildi. XX asrning ikkinchi yarmi farovonlik ko'rsatkichi sifatida YaIMning bahsli masalalarini hal qilish zarurati bo'yicha munozaralar davri bo'ldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, OECD, Jahon banki, Evropa Ittifoqi, shuningdek, boshqa turli tashkilotlarning faoliyati asosida yangi ko'rsatkichlar tuzildi. O'zbekistonda aholining moddiy, ma'naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko'rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq qo'llaniladi. Unga to'liq ilmiy ta'rif beradigan bo'lsak, bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Ma'lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar va iste'mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu boradagi kontseptsiyalarni aholining turmush darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko'rsatkichga keltirish bo'yicha samarali usul mavjud emas. Birlashgan millatlar tashkilotining tavsiyasiga ko'ra, tug'ilish, o'lim, umr ko'rish davomiyligi, sanitar-gigiyenik sharoitlarning mavjudligi, oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol darajasi, uy-joy, ta'lim olish va madaniy imkoniyatlar, ish sharoitlari va bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, iste'mol narxlari, transport vositalari bilan ta'minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish, ijtimoiy ta'minot, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi yo'nalishlar turmush darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar tarkibiga kiradi. Qaysidir ma'noda, bular jon boshiga to'g'ri keladigan YaIMning zaif tomonlarini to'ldiradi yoki uni butunlay almashtiradi. Bunday munosabat ushbu maqolani yozishga turtki bo'ladi. Ushbu maqola turmush darajasining tanlangan ko'rsatkichlarining tushuntirish kuchini baholashga, ularning farqlari va munosabatlarini ta'kidlashga qaratilgan. Bizning asosiy maqsadimiz -turmush darajasini baholashda hisobga olinishi kerak bo'lgan omillarni taklif qilishdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. U.Xudayberdiyev, A.Xoliqulov, S.Babanazarova. Aholi turmush darajasi statistikasi. Darslik.- Statistika, 2014.-Samarqand. 86-bet. 2. Полякова Виктория Владимировна Шаброва Нина Васильевна. ОСНОВЫ ТЕОРИИ СТАТИСТИКИ, 2015. 3. DANUBE: Law and Economics Review, 6 (3), 175-188 Download 287.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling