Referati tayyorlagan


R.Solouning neoklassik iqtisodiy o’sish modeli


Download 110.84 Kb.
bet4/5
Sana21.09.2023
Hajmi110.84 Kb.
#1683261
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirjamilova referat ASM finally (2)

1.3. R.Solouning neoklassik iqtisodiy o’sish modeli
Yalpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz qiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To‘liq bandlilik darajasiga erishilgandan so‘ng real YAIM hajmini bundan keyingi ko‘paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o‘ngga siljishiga erishishimiz, ya’ni foydalanilayotgan resurslar miqdorini ko‘paytirishimiz zarur.
“Agar Iqtisodiyotning qiska muddatli holati ko‘prok yalpi talab bilan belgilansa , uzoq davrga Iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘prok ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli Iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi”*
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YAIM hajmining oshishini bil-diradi. Iqtisodiy o‘sish nafakat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar-ning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham Iqtisodiy o‘sish ikki hil usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YAIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqti-sodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish axoli jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YAIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YAIM o‘rniga SIM, YAMD, SMD ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iktiso-diy nazariyada Iqtisodiy o‘sish daromadlarni kanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘lik deb qaraladi.
. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste’mol va investi-siya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qiskartiradi.
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy maxsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchi-dan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, halkaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.



Download 110.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling