Referati termiz-2023 mavzu: Baxtsiz hodisa va zaharlanishda vrachgacha bo`lgan birinchi yordam
Download 394.92 Kb.
|
Baxtsiz hodisa va zaharlanishda vrachgacha bo`lgan birinchi yordam.
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI PEDIATRIYA FAKULTETI 102-B GRUH TALABASI Fayzullayev Shaxriyorning TIBBIYOT KASBIGA KIRISH FANIDAN TAYYORLAGAN REFERATI TERMIZ-2023 MAVZU: Baxtsiz hodisa va zaharlanishda vrachgacha bo`lgan birinchi yordam. MAQSAD: Talabalarni zaharlanishning birinchi belgilarini bilishga va birinchi yordam ko’rsatishga o’rgatish. Vazifalar: 1. Bolalarning zaharlanish belgilari. 2. Zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish. 3. Bolalar zaharlanishini oldini olish choralari. Talaba bilishi kerak. 1.Bolalarning zaharlanish turlarini 2.Zaharlanishning birinchi belgilarini va ularni aniqlashni. 3.Turli xil zaharlanishlarda shifokorgacha yordam ko’rsatishni. Talaba bajarishi kerak. 1. Bolalar zaharlanish belgilarini oldindan ayta olishi. 2. Shifokor kelgunga qadar yordam ko’rsatish. Ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan savollar. Baza bilimlari bo’yicha: 1. Ximiyaviy moddalar bilan zaharlanish. 2. Maishiy ximikatlar bilan zaharlanish 3. Mahsulotlarni saqlash texnikasini buzilishi Mashg’ulot mavzusi bo’yicha 1. Bolalarning zaharlaiishining belgilari. 2. Zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish. 3. Bolalar zaharlanishini oldini olish choralari. MAVZUNING MAZMUNI O’tkir zaharlanish tibbiyot amaliyotida juda ko’p uchrab turadigan , aksariyat og’ir oqibatlar bilan tugaydigan patologik xolat bo’lib,organizmda turli zararli moddalar, kimyoviy vositalar, oziq-ovqat mahsulotlarining tushishi natijasida kelib chiqadi.Zahar quyidagi yo’llar bilan tushadi: 1.peroral(og’iz orqali) 2.nafas yo’llari orqali 3.dori moddalarini toksik dozalari orqali 4.teri qoplamlari orqali Zaxarlanish (intoksikatsiya) patologik xolat bulib organizmga ximik vositalarning (zahar) tushishi natijasida hayot uchun zarur bo’lgan organlarning vazifalarini buzilishiga olib keladi.Bu hayot uchun xatarlidir. Bolalarning zaharlanishi 16 yoshgacha bo’lgan bolalar orasida uchraydigan baxtsiz xodisalardan 3-o’rinda turadi (AQSh ma'lumotiga ko’ra). Xammasidan ko’proq zaharlanish 1 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarda uchraydi ( xarakterli), va o’smirlar orasida( toksik moddalarni ongli ravishda ma'lum bir maqsad uchun qabul kilish). 80% dan ko’proq zaxarlanishlar uy sharoitida bo’ladi. Xavfli moddalarni oddiy stakanlarda, idishlarda ochiq xolda, markasiz saqlash (masalan yuvuvchi vositalarni, mashina moyi, pestitsidlarni), turli xil moddalarni faqat bir idishda saqlash xatar omillar hisoblanadi. Zaharlanishlarda umumiy shoshilinch yordam tariqasida quyidagi shartlarga amal qilinadi: 1.toksik vositalarning organizmga kirishini to’xtatish va chiqib ketishini kuchaytirish. 2.zaharni organizmgsha toksik ta'sirini kamaytirish maqsadida spetsifik terapiya usullarini qo’llash. 3.zararlangan organ funktsiyalarini tiklash. Xodisa ro’y bergan joyda albatta zaharlanish sababini,toksik vosita xilini,uning miqdori va organizmga tushish yo’llarini ,zaharlanish vaqtini va toksik vosita kontsentratsiyasini xam aniqlash lozim. Quyida biz bolalar o’rtasida zng ko’p tarqalgan dori vositalari bilan zaharlanish va ularda yordam berish usullari ustida to’xtalamiz. Download 394.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling