Referati topshirdi : Muhammadali Aliyev Qabul qildi : N. Mamadaliyev
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ALIEV MARUZA ALGORITHM
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI TT VA KT FAKULTETI AKT SOHASIDA KASB TA'LIMI YO'NALISHI 620-21-GURUH TALABASI ALIYEV MUHAMMADALINING MA'LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR FANIDAN TAYYORLAGAN REFERATI Topshirdi : Muhammadali Aliyev Qabul qildi : N.Mamadaliyev Mavzu : Ma’lumotlar turlari va tasvirlash tushunchalari . Reja: 1. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar faniga kirish ma’lumotlari 2. Malumotlar tuzilmasi haqida asosiy tushunchalar 3. Ma’lumot va uning xotirada tasvirlanishi 4. Ma’lumotlarni saqlash 5. Ma’lumotlar turi, ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi 6. Xotirani adreslash 7. Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi 8. Ma’lumotlar va algoritmlarni strukturalashtirish (tuzilmalashtirish) 9. Foydalanilgan manbalar Kalit so‘zlar: Ma’lumot, axborotm, tuzilma (struktura), abstrakt ma’lumot, ma’lumotlar tzuilmasi sinflari. Коd PRC 3.01 Nomi Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar ECTS krediti 6 O‘quv yili 2020-2021 Semestr 3 Maqsadi (ing.: purpose) - turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Vazifasi (ing.: objective) – talabalarni turli xil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullari o’rgatishdan iboratdir. Kurs talabalarni tuzilmalar ko’rinishida ma’lumotlarni gayta ishlash, optimal algoritimlar ishlab chiqish va dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishga yo’naltiradi. Ushbu kurs quyidagi 3 bo’limdan iborat: Ma’lumotlar, tuzilmalar, rekursiya va ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash Standart ma’lumotlar tuzilmalari kutubxonasi bilan ishlash Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish. Ma’lumotlar tuzilmalarini modellashtirish Ma’lumot - bu biror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir. Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar dastur tuzish uchun zarur bo’lgan tushunchalar sifatida qaraladi. O’rnatilgan ma’lumotlar tuzilmasi ikkilik miqdor (kodlangan ma’lumot)lar saqlanadigan registrlar va xotira so’zlarini ifodalab beradi. Qurilmani loyihalash uchun ishlab chiqilgan algoritm – bu elektron mantiqiy qurilmalarda qat’iy amalga oshiriladigan qoidalar bo’lib, xotirada saqlangan ma’lumot bajarilishi lozim bo’lgan komanda sifatida bo’ladi. Dasturlash – bu nafaqat aqliy faoliyatni avtomatlashtirish, balki, ilmiy tadqiqot predmeti hisoblanadi. Qandaydir amaliy masalani yechish uchun dastur tuzish jarayoni quyidagi bir nechta bosqichlardan tashkil topgan: 1. Masalaning qo’yilishi (qo’yilgan masalaga texnik topshiriqni ishlab chiqish); 2. Rasmiylashtirish – formallashtirish (masalaning matematik qo’yilishi); 3. Masalani yechish usulini tanlash (yoki ishlab chiqish); 4. Algoritmni ishlab chiqish (algoritmlash); 5. Dastur tuzish (dasturlash); 6. Dasturni testlash va otladka qilish; 7. Natijalarni hisoblash va qayta ishlash hamda dasturni hujjatlashtirish (foydalanuvchi yo’riqnomasini ishlab chiqish). Dasturlash jarayonini quyidagicha sxema orqali iqodalash mumkin: Matematik model Ma’lumotlarning abstrakt turlari Ma’lumot tuzilmasi Norasmiy algoritm Psevdo tildagi dastur C++ tilidagi dastur Birinchi bosqichda qo’yilgan masalaga matematik model tuziladi, buning uchun mos matematik model tadbiq qilinadi (masalan, graflar nazariyasiga o’xshash). Keyingi bosqichda umumlashgan psevdo til - oddiy operatorlar va – S++ tilidagi konstruktsiyalar aralashmasi yordamida algoritm yoziladi. Ushbu bosqichni norasmiy (formal bo’lmagan) operatorlarni almashtirish bilan davom ettiramiz. Dasturlashning uchinchi bosqichida ma’lumotlarning har bir abstrakt turining tadbiqi ta’minlanadi va ushbu turdagi ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil operatorlar uchun protseduralar ishlab chiqiladi. Bu bosqichda barcha psevlo tilda yozilgan operatorlar C++ tilidagi kod bilan almashtiriladi. Bosqichning natijasi ishlaydigan dastur bilan yakunlanadi. Ma’lumot va uning xotirada tasvirlanishi Hisoblash mashinalari yordamida har qanday masalani yechish ma’lumotlarni xotiraga yozish, xotiradan o’qish va uni qayta ishlashni hisobga olgan holda bajariladi. Nazariy jihatdan ma’lumot noaniqliklarni aniqlovchi vosita sifatida qaraladi. Faraz qilaylik, biror bir tizimning N ta mumkin bo’lgan holati mavjud bo’lsin, har bir holat paydo bo’lishi mustaqil P ehtimolga ega bo’lsin. U holda bu tizimning noaniqligi quyidagi ko’rinishda aniqlanadi: ∑=(P(i)*log 2 P(i)) Tizimning noaniqligini o’lchash uchun bit deb ataluvchi maxsus birlik qabul qilingan. Bit hech bo’lmaganda ikkita mumkin bo’lgan holatga bog’liq noaniqlik (yoki ma’lumot)ning o’lchovi hisoblanadi, masalan rost- yolg’on yoki bor-yo’q holatlar. Bit noaniqlik va axborotning o’lchovi sifatida qo’llaniladi, ya’ni olingan axborotlar soni axborotlarni olish natijasida yo’qotilgan noaniqliklar soniga teng. Ma’lumotlarni saqlash Kompyuterda eslab qoluvchi qurilmalarni asosiy uchta ko’rinishi mavjud: o’ta tezkor, tezkor va tashqi xotira. Odatda o’ta tezkor xotira registrlardan tashkil topgan bo’ladi. Registrlar ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish va akslantirish uchun qo’llaniladi. Juda muhim registrlardan ba’zilari komp’yuterning markaziy protsessorida joylashgan. Markaziy protsessor arifmetik amallarning argumentlari (ya’ni operandlar) joylashadigan (vaqtincha saqlanadigan) registrlardan tashkil topgan. Registrga yuborilagan ma’lumotlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallar juda murakkab mantiqiy sxema orqali bajariladi. Bundan tashqari, registrlarda boshqaruv ketma-ketligini to’g’ri bajarilishini tekshirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda alohida bitlarda tahlil qilinadi. Arifmetik amallardagi operandlar va natijalarni vaqtincha saqlashdan tashqari, registrlar dastur komandalarini va keyingi bajariladigan komandaning tartib raqami haqidagi boshqaruv ma’lumotlarini ham vaqtincha saqlash vazifasini bajaradi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling