Referati topshirdi: X. Ro’zaliyeva Qabul qildi: O’. Qoraboyeva


Download 159.13 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi159.13 Kb.
#1301575
TuriReferat
  1   2   3



FARG’ONA VILOYATI FARG’ONA TUMANI 6-SONLI MAKTABNING 11-“A” SINF O’QUVCHISI ABDULLAYEVA MARJONANING ADABIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN

REFERATI

Topshirdi: X. Ro’zaliyeva


Qabul qildi: O’. Qoraboyeva
Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosogʻun — ?) — turkiy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. "Qutadgʻu bilig" dostoni muallifi. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan.
1069-70-yillarda yozib tugallangan "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923-yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6520 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning "mutaqoribi musammani mahzuf") vaznida yozilgan
Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham "Qutadgʻu bilig" kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan.
Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga yoʻllovchi bilim", 1069—70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham koʻtardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti anʼanalari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy oʻzlashtirgan holda yaratilgan. "Shohnoma" kabi mutaqorib vaznida yozilgan va "Turkiy Shohnoma" nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va toʻrtliklardan iborat).
"Qutadgʻu bilig" — XI asr soʻz sanʼatining nodir namunasi boʻlib, unda oʻz davrining ilgʻor ijtmoiy-siyosiy, maʼnaviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va anʼanalari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil maʼlumot berilgan. Yusuf Xos Hojib uni Bolosogʻunda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavgʻoch Bugʻroxonga takdim etgan. Bugʻroxon muallifni taqdirlab, unga "Xos Hojib" ("Eshik ogʻasi") unvonini bergan. Shundan keyin shoir "Yusuf Xos Hojib" nomi bilan mashhur boʻlgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga toʻgʻri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham ogʻir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan.

 Ko‘hna Turkiston zaminining qadim poytaxti Qashqar tuprog‘ida o‘z ilmi, badiiy tafakkuri va dunyodorlik salohiyati bilan o‘n asrdan buyon olam ahlini hayratga solib kelayotgan ikki buyuk alloma abadiyat uyqusiga cho‘mib yotibdi. Bashariyat o‘n asrdan beri ularning nomlarini biladi-yu, o‘zlarining kimligini bilolmay dog‘da. Tariximizga oid juda ko‘p qo‘lyozmalarda, ilmiy asarlarda eramiz boshlaridagi, xatto undan besh-olti asr muqaddam o‘tgan talay hukmdorlar, olimlar, davlat arboblari haqida anchagina batafsil ma’lumotlar bor. Biroq bu ikki zotning shaxsi, ijtimoiy faoliyati haqida hech narsa topolmaymiz. Vaholanki, bugun Turkistonning birligi haqida yuksak minbarlardan turib gapirilayotgan bir paytda bu allomalarning xizmatlari yanada chuqur salmoq kasb etadi. Bugun qadimiy tariximiz sahifalarini o‘rganish, madaniyat obidalarini tiklash, millat tushunchasining sarhadlari aslida nechog‘li kengligini ta’kidlab o‘tish juda ham zarur.
Kashqarda tug‘ilib, barcha turkiy xalqlar tili, etnografiyasi, urf-odatlari, xalq qo‘shiqlari, maqol-matnlarini jamlab, arab tilida tasnif etgan va arabiyzabon iml ahli orasida katta obro‘-e’tibor kozongan Mahmud Qoshg‘ariy eng avvalo o‘z xalqi — turkiy tilda so‘zlashuvchi el-ulusni dunyoga tanitishni ko‘zda tutgan. «Mayli musulmon bo‘lsin, bo‘lmasin, Rum o‘lkasining yonidan kunchiqarga ketgan tartib bo‘yicha SHarkdagi turk qabilalarining turar joylarini ko‘rsatib o‘tdim», deya o‘zining ulug‘ xizmatini g‘oyat kamsuqumlik bilan bayon etadi alloma. «Devonu lug‘atit turk»da turkiy xalqlarning asli yigirma qabila ekani, ularning shajarasi Nuh alayhissalomning o‘g‘li YOfas va uning o‘g‘li Turkka borib tutashishi aytib o‘tilgan.
Qoraxoniylar saltanatida vazirlik lavozimini egallagan YUsuf Xos Hojib esa turkiy tilda she’riy doston bitib, turkigo‘y xalqlarni ulug‘lashni niyat qilgan. Ularning tadqiq markazi bir yoki bir necha urug‘, elat, aymoq emas, o‘nlab turkiyzabon urug‘larni o‘z ichiga oluvchi yagona turkiy xalqi bo‘lgan.
Payg‘ambar alayhissalom o‘z hadisi muboraklarida:»Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir”, deydilar. Bu vorislik odamlar kalbiga imon-e’tiqod, ilm-ma’rifat ziyosini tarqatishdan, millat tushunchasini faqat etnik xususiyatlar nuqtai nazaridan emas, balkm e’tiqod mushtarakligidan kelib chiqkan holda anglashdan iboratdir. Ko‘hna adabiyotimizning mumtoz namunalarini o‘qiganda bu narsaga yana bir karra amin bo‘ladi kishi.
«Qutadg‘u bilig» (Saodatga eltuvchi bilim) insonni komillikka undovchi nasihatnomadir. Asarda ramzlar, timsollar orqali inson va imon-e’tiqod, inson va jamiyat, inson va burch kabi masalalar g‘oyat sodda va go‘zal she’riy uslubda bayon etilgan. SHu paytgacha ko‘zimizga surtib kelingan «Kalila va Dimna», «Maxabxarata», «Ayvengo hakida ko‘shiq”, «Qobusnoma» kabi nodir asarlarning qadr-qimmatini aslo kamsitmagan holda «Qutadru bilig” badiiy tafakkuri, tadqiq ko‘lami va she’riy qimmati jihatidan juda ham mo‘‘tabar ekanini alohida ta’kidlab o‘tmoq lozim. «Qutadg‘u bilig»ni «Devonu lug‘atit turk»dagi she’riy parchalar bilan solishtirib, X asr she’riyati badiiy barkamollik jihatidan g‘oyat yuksak saviyada bo‘lgan ekan, degan xulosaga kelish mumkin. Ming afsuski, shu paytgacha bu nodir durdonalardan xalqimiz bebahra bo‘lib qolyapti, haligacha bu shoh asarlar chukur ilmiy tadqiq etib o‘rganilgani yo‘k.
YUsuf Xos Hojib kitob muqaddimasida o‘z asari haqida shunday deydi:

Download 159.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling