Referati urganch ­sh. ­- 2023-yil induksiya, deduksiya va analogiya metodlari


Download 55.36 Kb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi55.36 Kb.
#1747155
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
4-Induksiya, deduksiya va analogiya metodlari.

Induksiya - ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiq asosiy o’ringa ega emas, tajriba birlamchi ro’lga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab o’rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi.
Har qanday mulohazani ikki xilga: umumiy va xususiyga bo'lish mumkin:Har qanday uchburchakda ichki burchaklar yig'indisi 180o ga teng. Har qanday juft son ikkiga bo‘linadi; bu jumlalar umumiy.
Аgar: 1. To‘g‘ri burchakli uchburchakda o‘tkir burchaklar yig‘in-disi 90o ga; 2.56 songa bo‘linadi desak, bular xususiy mulohazalar (tasdiqlar) bo‘ladi.
2-misol. (Qiziqarli masala). Bir boy dehqonning otini sotib olmoqchi bo’ldi, lekin otning 1000 so’mlik bohosi unga ko’p ko’rindi. Shunda dehqon boyga otning taqqalaridagi mixlarni arzon bahoga sotib olishni, otni esa sovg’a sifatida olib ketishni taklif qildi va mixlarning birinchisiga 1 tiyin, ikkinchisiga 2 tiyin, uchinchisiga 4 tiyin, to’rtinchisiga 8 tiyin va hakazo, har bir keying mixga avvalgisidan ikki baravar ko’p to’lashni so’radi. Boy bu shartga rozi bo’ldi. Har bir taqada 6 ta mix bor. Boy otni necha so’mga sotib olgan?
Deduksiya - oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi; tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi.
Birinchi sinf o'quvchilariga yig'indi bilan qo'shiluvchi orasidagi bog'lanishni tushuntirish uchun bolalarni xulosaga induktiv yo'l bilan olib kelamiz. Ko'rsatmalilikdan foydalanib, oldin hamma doirachalar qanchaligi topiladi (1+2=3).
1+2=3
Shundan keyin 1ta qizil doiracha surib qo'yiladi, bunda bolalar 2ta ko'k doiracha ya’ni ikkinchi qo'shiluvchi qolishiga ishonch hosil qilishadi (3 - 1=2). Shundan keyin 3ta doirachadan 2ta ko'k doiracha ayirilsa 1ta qizil doiracha, ya’ni birinchi qo'shiluvchi qolishiga ishonch hosil qiladilar (3- 2=1).
3-1=2
3-2=1
Shundan keyin boshqa sonlar hamda boshqa ko'rsatmali materiallar bilan bir qatorda shunday mashqlar bajariladi va bolalarning o'zlari ushbu umumiy xulosani ifodalashadi; agar yig'indidan birinchi qo'shiluvchi ayirilsa, ikkinchi qo' shiluvchi qoladi, agar yig' indidan ikkinchi qo' shiluvchi ayirilsa, birinchi qo'shiluvchi qoladi.

Download 55.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling