Referati voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari reja
Download 1.52 Mb.
|
VOLEYBOL
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’plarning bir xilligi
- Beshta to’pdan foyadalanish
- Jamoaning joylashishi
To’p standartlari
To’p elastik yoki sintetik charmdan ishlangan va ichki qismida rezina kameradan iborat yumaloq shaklga ega bo’lishi lozim. Uni rangi «ochiq» bir xil yoki turli rangda bo’lishi mumkin. Uning aylanasi 65-67 sm, og`irligi 260 - 280 g, ichki bosimi 0,30 dan 0,325 kg/kv. sm (294,3 dan 318,82 mba yoki gPa) gacha bo’lishi lozim. To’plarning bir xilligiMusobaqada qo’llaniladigan barcha to’plar aylanasi, og`irligi, ichki bosimi, rangi va tipi bo’yicha bir xil standartga mos bo’lishi shart (3.1). FIVBning jahon, kontinental va milliy musobaqalari (chempionatlari) FIVB tasdiqlagan to’plar bilan o’tkazilishi kerak (agar FIVB bilan o’zga shart kelishilmagan bo’lsa). Beshta to’pdan foyadalanishBarcha rasmiy musobaqalarda beshta to’pdan foydalaniladi. To’p kiritayotgan o’yinchilarni to’p bilan ta’minlab beruvchi 6 kishi maydon atrofida joylashadi. MUSOBAQA ISHTIROKCHILARIJAMOALAR Jamoa tarkibiJamoa tarkibi ko’pi bilan 14 o’yinchidan, bitta murabbiy, uning 2 yordamchisi, bitta massajist va bitta shifokordan iborat. O’yinchilardan biri jamoa sardori (kapitan) bo’lib, u musobaqa qaydnomasida belgilanishi kerak. FIVBning Jahon miqyosidagi musobaqalarida jamoa shifokori o’yin vaqtida jamoa o’rindiqlaridan joy olishi uchun oldindan FIVBda akkreditatsiya qilinishi shart. O’yinchilardan biri jamoa sardori bo’lishi kerak va u o’yin bayonnomasida qayd etilishi lozim. Libero sardor bo’lishi mumkin emas. Musobaqada faqat musobaqa qaydnomasida ismi – sharifi zikr etilgan o’yinchilar ishtirok etishlari mumkin. Murabbiy va jamoa sapdori musobaqa qaydnomalariga imzo chekkanlaridan so’ng bu qaydnomaga boshqa o’yinchilarning kiritilishi taqiqlanadi. Jamoaning joylashishiO’yinda ishtirok etmaydigan o’yinchilar maxsus ajratilgan O’rindiqda o’tirishi yoki razminkaga ajratilgan joyda bo’lishi kerak. Murabbiy o’yin davomida yon chiziq bo’ylab o’yinga halaqit bermasdan harakat qilishi yoki belgilangan o’rnida o’tarishi mumkin. Jamoalar o’rindiqlari hakam – kotib yonidagi bo’shliqda joylashgan bo’ladi. O’yin vaqtida o’rindiqlarda faqat jamoa a’zolari -o’tirishi mumkin. Razminkada xam faqat ular ishtirok etishi darkor. O’yinda ishtirok etmayotgan uyinchilar to’psiz quyidagi tartibda razminka qilishlari mumkin: O’yin vaqtida: razminkaga ajratilgan joyda Tanaffus vaqtlarida va texnik tanaffus davomida, orqa chiziqlar ortidagi bo’shliqda Partiyalar oralig`idagi tanaffuslarda o’yinchilar bo’sh zonada to’p bilan razminka qilishlari mumkin. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling