Referati Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari Reja; Valyuta siyosatining mohiyati
Download 125.19 Kb.
|
iqtisod 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deviz siyosati
- Devalvatsiya
Diskont (foiz stavkasi) siyosati valyuta siyosatining usuli bo’lib, valyutani tartibga solishda foiz stavkasi orqali foydalaniladi. Foiz stavkasi — ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutloq kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi.
Foiz o’zining iqtisodiy ma’nosi bo’yicha ssuda kapitalidan foydalanganlik uchun to’lanadigan qo’shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me’yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo’ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa omillarga bog’liq, ya’ni: davr bosqichidan, inflyatsiya darajasidan, iqtisodni davlat tomonidan monopol boshqaruvidan, Markaziy Bank siyosati va boshqalardan. Deviz siyosati valyuta siyosatining usuli bo’lib, valyutani tartibga solishda valyuta intervenstiyasi orqali qo’llaniladi. Ma’lumki, Markaziy Bank deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli valyuta intervenstiyasi hisoblanadi. Valyuta intervenstiyasi o’tkazishning moddiy bazasi vazifasini 1930-yillarda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda tashkil qilingan maqsadli valyuta fondlari — oltin, chet el va milliy valyutalarda tashkil etilgan davlat fondlari o’tadi. Hozirgi sharoitda bu fondlarning roli va yo’nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir. Masalan, Fransiyada bu maqsadli valyuta fondi mamlakat rasmiy oltin-valyuta zahiralarining summasi miqdorida ajratilgan fonddir. Fransiya Markaziy Banki o’zining intervenstiya operatsiyalari hajmini va xarakterini oshkor qilmaslik uchun uning o’lchov ko’rsatkichlarini matbuotda e’lon qilmaydi. AQShda maqsadli valyuta fondi haqiqiy ahamiyati va zaruratini yo’qotdi (uning hajmi 2 mlrd. AQSh dollari bo’lib, u 1934 yil tashkil topgan vaqtdan beri o’zgarmasdan qolmoqda). Chunki Federal Zahira banklari valyuta intervenstiyasini, asosan chet el markaziy banklarining "SWOP" bitimlari asosidagi kreditlari hisobiga amalga oshirmoqda. Buyuk Britaniyada maqsadli valyuta fondi, mamlakatdagi oltin-valyuta zahiralarini o’zida mujassamlashtirgandir. Devalvatsiya — milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrini tushirishdir. Devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab bo’lib, inflyatsiyaning kuchayishi va mamlakat to’lov balansining salbiy qoldiqqa ega bo’lishi hisoblanadi Download 125.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling