Referati Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari Reja; Valyuta siyosatining mohiyati


Valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilish deganda


Download 125.19 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi125.19 Kb.
#1497260
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
iqtisod 10

Valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilish deganda bir vaqtning o’zida bir necha valyutada zahiralar tashkil qilish tushuniladi. Bu valyuta zahiralarining tarkibi barqaror valyutalar hisobiga yangilab turiladi.
Valyuta siyosatini tartibga solishda jahon tajribasida bevosita va bilvosita valyita-monetar siyosati instrumentlaridan foydalaniladi. Men ana shu instrumentlarni o’rganib chiqib ularni jadval holida sizga havola etishni ma’qul topdim. Jadvalda mazkur instrumentlatning ahamiyati, ularning muayyan narsalarga ta’siri, ularni afzalliklari va kamchiliklari haqida qisqacha sharxlar berdim.
Revalvatsiya — milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrini oshirishdir. Revalvatsiya qadri kuchli valyutalarga nisbatan qo’llaniladi.
Inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo’lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat to’lov balansining aktiv bo’lishi hamda milliy firma va kompaniyalarning jahon savdo bozorida raqobatbardoshligining ortishi revalvatsiyani keltirib chiqaradi. Revalvatsiya qadri kuchli valyutalarga nisbatan qo’llaniladi. Masalan, uni Evropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya davlatlarining valyutalariga nisbatan bemalol qo’llash mumkin. Inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo’lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat to’lov balansining aktivligi milliy firma va kompaniyalarning jahon savdo bozorida juda raqobatbardoshliligi revalvatsiyaning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan jahon amaliyotida kamroq qo’llaniladi.
Odatda valyutaviy cheklashlar deganda, chet el valyutasi hamda valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan operatsiyalarga davlat tomonidan cheklashlarni joriy qilishga aytiladi. Hozirgi vaqtda deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda valyutaviy cheklashlar mutlaqo olib tashlangan, ayrimlarida esa uning zaif ko’rinishini kuzatish mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada 1979 yildan buyon valyutaviy cheklashlar mutlaqo yo’q. Valyutaviy cheklashlar mamlakatlar hududidan oltin va valyuta qimmatliklari chiqib ketishining oldini olishda, chet el valyutalariga bo’lgan talabni tartibga solish maqsadida qo’llaniladi.

Download 125.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling