Referendum va saylovning farqi


Download 37.56 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi37.56 Kb.
#1609590
  1   2   3
Bog'liq
referendum maqola


Referendum va saylovning farqi
Mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohotlar qizg‘in pallada davom etmoqda.Ma‘lumki,shu yilning 30 aprel sanasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendum o‘tkaziladi.
Avvalo,referendum nima ekanligi haqida to‘xtalib o‘tsak.
Referendum bu fuqarolarning davlat,viloyat yoki mahalliy ko‘lamda eng muhim masalalar bo ‘yicha ovoz berish yo‘li orqali o‘z fikrlarini bevosita bildirishlaridir.
Referendum va saylovning farqli jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:referendumda mamlakat hayoti uchun eng muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan qonun yoki qaror qabul qilish masalasi umumxalq,ovoziga ya’ni fuqarolar ovoz berishlari uchun qo‘yiladi.Bu jarayonda fuqarolar erkin va ixtiyoriy ravishda o‘z munosabatini bildiradi.
Saylovda esa bir nechta nomzodlar taqdim etiladi,fuqarolarga o‘zlariga munosib nomzodni tanlash imkoniyati beriladi.
Xo‘sh o‘z ‘zidan shunday savol yiuzaga keladi.Referendum byulleteni qanaqa shaklda bo‘ladi?
-Referendum byulleteniga referendumga qo‘yilayotgan masalaning matni yoki savolnomasi kiritiladi.Joriy referendum haqida to‘xtaladigan bo ‘lsak, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘ risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qo‘yilyapti.shu bois mazkur referendum byulletenida “Siz O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasini qabul qilasizmi?”degan savol qo‘yiladi.
Ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari “ha” yoki “yo‘q” yoxud “rozi” yoki “qarshi”deb ko ‘rsatiladi.Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o‘tkaziladigan referendumda fuqarolarimiz “ha” javobini belgilaydigan bo‘lsa va bu 50 foizdan ortiq ovozni tashkil etsa,Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilinadi hamda mamlakatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi amalga kiritiladi.
Referendumda fuqarolarning ishtiroki juda muhim.
-Har bir fuqaro ,avvalo, o‘zining referendum uchastkasi hududi qayerda joylashganini,unda ishtirok etish tartiblarini bilishi lozim.Agar ovoz berish kunida o‘z hududida bo‘lmasa, muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.

Download 37.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling