Registration of initial activities of civil natural geographic location of parkent district of tashkent region and its tourist


Download 354.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi354.54 Kb.
#1582847
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16. Giyazov

ASOSIY QISM 
Ziyorat – muqaddas joylarga tashrif buyurish degan ma‘noni anglatadi va ziyorat turizm va ma‘rifiy 
yо‘nalishda diniy turizmni о‘z ichiga oladi. Ziyorat turizm atamasi ziyorat va turizm kabi ikki sо‘z 
birikmasidir. Bunda turizm sо‘zi fransuz tilida tourisme – sayohat qilish, dam olish bilan bir qatorda sport 
va umumtarbiyaviy yoki siyosiy-ma‘rifiy vazifalarni bajarish degan keng ma‘noli tushuncha. Ziyorat
muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib muayyan diniy-ma‘rifiy ibodatlarni bajarib kelish 
tushuniladi. Muqaddas joylar maqomiga ega bо‘lgan obyektlar diniy nuqtai nazardan biror – bir hodisa 
sodir bо‘lgan joylar, barcha davrdagi buyuk avliyolari va ularning safdoshlari dafn qilingan joylar
yо‘qolgan dinlarning muqaddas joylari, kо‘p yillik ziyoratgohlar obyektlari joylardagi tabiatning kо‘rinmas 
kuchlari yaratgan yagona tabiiy landshaftlardir. Ziyorat tushunchasi diniy markazlarga, sayyohlar uchun 
odatiy muhitdan tashqarida bо‘lgan muqaddas joylarga sayohat qilish hisoblanadi. Ziyorat an‘analarining 
rivojlanishi barcha asosiy dinlar uchun xos. Bugungi kunda turizm sohasi juda ham tez sur‘atlarda 
rivojlanib, sayohat va tarixiy turizm, ziyorat, ekoturizm, ta‘lim turizmi, sport, tibbiyot turizmi kabi 
yo’nalishlari ko’payib bormoqda. О‘zbekistonda turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik 
muammolari va imkoniyatlari, ko’plab yо‘nalishlarda xalqaro turizm bozorida raqobat kundan kunga oshib 
bormoqda. Toshkent viloyatining tog‘li va tog‘ oldi hududlarini о‘z ichiga olgan viloyat о‘zining tabiiy, 
tarixiy rekreatsion obyektlarga boyligi, tabiatining takrorlanmasligi va Respublika ahamiyatiga ega bо‘lgan 
infratuzilmalarning shakllantirilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa tumanda ziyorat turizmni tashkil qilish 
va amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Hozirgi kunda viloyatda 73 ta dan ortiq 
ziyoratgohlar mavjud.О‘zbekistonning turli mintaqalarida, jumladan, Toshkent viloyatida turizmning qator 



Download 354.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling