Reja: • 1 Yevro Osiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5253872337433926249
Yevro Osiyo Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti va unga a’zo mamlakatlar uchun uning ahamiyati Reja: • 1) Yevro Osiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining shakllanishi. • 2)Yevro Osiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga azo mamalakatlar iqtisodiyotlari uchun uning ahamyati. • 3)O’zbekistonning Yevro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bilan aloqalari. 1) Yevro Osiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining shakllanishi. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqi sobiq ittifoq hududidagi omadli va istiqbolli integratsiya loyihasidir. 1995 yilda Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi o‘rtasida imzolangan “Bojxona ittifoqi to‘g‘risida”gi bitimga asoslangan va keyinchalik o‘z tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Armanistonni birlashtirgan bojhona ko’rinishidagi ittifoqdir. Yevro Osiyo Kommissiyasi Yevro Osiyo Kommissiyasi – doimiy faoliyat yurituvchi milliy boshqaruv va tartibga soluvchi organ bo’lib, uning tarkibi a’zo davlatlar hukumat raxbarlarining o’rin bosarlari va har bir davlatdan uch kishidan iborat bolgan hayatdan iborat . Komissiya qarorlari barcha davlatlarga ijro uchun majburiydir . 2)Yevro Osiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga azo mamalakatlar iqtisodiyotlari uchun uning ahamyati. Yevro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti yana Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqi ham deb atashadi. Unga azo besh davlat hududi, aholisi soni va iqtisodiyoti hajmi bo’yicha farq qiladi .unga azo mamlakatlardan eng kattasi bu Rassiya . Rassiya yalpi ichki maxsuloti qolgan 4 mamlakat yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmidan 6 barobar katta . Yevro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqining aosiy mehanizmilari Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqining asosiy mehanizmi bu Bojxona postlari xisoblanadi . Bojxona postida amalga oshirilayotgan islohotlarni davlatning maxsus tashkilotlari va Yevro Osiyo Iqtisodiy kommissiyasi vakillari nazorat qilishadi . Bu vaziyatda asosan Yevro Iqtisodiy kommissiyasi tomonidan chiqarilayotgan qarorlar ustivor ravishda bajariladi . 3)O’zbekistonning Yevro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bilan aloqalari. • Yevrosiyo taraqqiyot banki ekspertlari O’zbekistonning Yevro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqi tashkilotiga a’zo davlat sifatida kiritishining oqibatlari haqida aytib o’tdilar. Ularning fikricha, bunday qadam Toshkentga investitsion infratuzilmalar oqimining o’sishini ta’minlabgina qolmay, pul aylanmalari va eksport miqdorini oshirib, sanoat birlashmalarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Tashkilotning o’zi esa yangi davlat qo’shilishidan manfaatdor bo’ladi — O’zbekiston ularning nazdida mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarning bosh bo’g’ini sanaladi. O ’zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasi bo’yicha quyigi X tadbir bo ’yicha loyiha ishlab chiqilmoqda. I .Hamkorlikni huquqiy tartibga solishdir . II. iqtisodiy va moliyaviy siyosat. III. Sanoat va savdo siyosati. IV. Qishloq xo‘jaligi va agrosanoat. V. Ta’lim, fan va madaniy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha . VI. Mehnat migratsiyasi. VII. Sog ’liqni saqlash. VIII. Energetika va infrastruktura. IX. Transport. X. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Ko ’p chilik mamlakatlar Yevro Osiyo Iqtisodiy ittifoqiga azo bo’lishdan ko’ra shunchaki kuzatuvchi bo’lishni maqul ko ’rishadi chunki Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqi azo bo’lmoqchi bo’lgan mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy axvolidan kelib chiqib unga azo mamlakat maqomini berayotganda unga yordam beruvchi yoki yordam oluvchi mamlaktlarga ajratadi , shuning uchun ko ’p davlatlar unga azo bo’lishdan ko’ra kuzatuvchi bo ’lishni avzal ko’rishadi. Yana shu ham takidlab o’tish kerakki Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqini kuzatuvchi har bir davlat yiliga 20000$ miqdorida badal to ’lashi talab etiladi albatta bu hech qaysi mamlakat uchun katta tashvish tug ’dirmaydi . O’zbekiston Ittifoqqa qo’shilish qancha foydali va zarali. Yana shuni ham takidlab o’tish kerakki agar O ’zbekiston Yevro Osiyo iqtisodiy Ittifoqiga qoshilsa O`zbekistonga investitsiya oqimining o`sishini taminlaydi va buning natijasida Yevro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqi tomonidan investitsiya miqdori 1-1.5 mlrd$ o`sishi mumkin. Bojxona aloqalari tomondan esa Xitoy, Rossiya, Qozog`iston O`zbekiston tashqi savdosida eng yirik o`rinni egallagan mamlakatlar.Insonlarning Rossiyaga turli maqsadlarda ko`chib ketishi, bu esa demografik bosimning kamayishiga olib keladi . Yangi bozorlar davlatlar uchun har doim foydali bo`lgan . Ittifoqqa azo bo’lishning bazi salbiy taraflari • Shu bilan bir qatorda O’zbekistonning Yevro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqiga azo bo’lmasligining ham bazi sabablari bor bular Yevro Osiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlari o`rtasida tovar ayirboshlash o`smaganligi . Bunga asosiy sabab qilib milliy valyutalarning qadrsizlanib borishi va mamlakatlarning o`zaro ichki nizolari. Va yana O`zbekistonning yuqori davlat organlarining manfaatlariga to’g’ri kelmaydigan bazi qonun qoidalari va qo’shimcha ravishda Jahon Savdo Tashkiloti bilan munosabatlarning yomonlashishiga olib keladi. Etiboringiz uchun raxmat! Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling