Reja ґ Diqqat haqida tushuncha
Diqqatning ko’chuvchanligi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Diqqat va sezgi (3)
Diqqatning ko’chuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir
narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ko’chuvchanligi diqqatning bo ’ lunuvchanligi bilan bog ’ liq xususiyatdir . Yuqorida aytib o’tganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga qaratilishi, ya'ni diqqatning bo’linishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tez ko ’ chishidan iboratdir . Ana shu jihatdan olganda diqqatning ko’chuvchanlik xususiyati juda ko’p faoliyat va uning turlari uchun zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, hikoya o’qib berish mashg’ulotida bolalar o’z diqqatlarini hikoya eshitishdan surat ko’rishga, undan so’ng yana eshitishga bemalol ko’chira olishlari kerak. Agar maktab o’quvchilariga nisbatan oladigan bo’lsak, o’quvchilar o’z diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars predmetiga bemalol ko’chira olishlari kerak. Aks holda o’quvchilar o’tgan dars ta'sirida o’tirib, yangi darsning mazmunini sifatli o’zlashtira olmaydilar. Diqqatning buzilishi ґ Diqqat xususiyatlarini o ‘rganishda parishonxotirlik haqidagi masala muhim ahamiyat kasb etadi. Parishonxotirlik deb, odatda, ikki turlicha hodisaga aytiladi. Birinchidan, ko‘p hollarda parishonxotirlik deb, insonning atrofidagilarga e’tibor bermasdan , ishga haddan tashqari berilib ketishining natijasiga aytiladi . Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda kuchli jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli soxta parishonxotirlik deb ataladi. ґ Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir narsada uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan, muntazam ravishda bir ob ’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinchisiga o ‘tib turishida kuzatiladi . Parishonxotirlikning bu turi haqiqiy parishonxotirlik deb ataladi. Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling