Reja : i-bo’lim
Kimyoviy xossalari.Natriy tiosulfat
Download 93.17 Kb.
|
Natriy (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minеrallari.
Kimyoviy xossalari.Natriy tiosulfat - Na2S2O3·5H2O, monoklinik prizma shaklidagi yirik kristallardan iborat tiniq modda, zichligi 1,685 g/cm3, tsuyuq=480C. 1000C da suvsizlanadi, suvda eriydi (1000g suvda 200C da 4,43 mol), Na2S2O3 monoklinik kristallardan iborat modda; suvda yaxshi eriydi, tuzilishi:
bunda birinchi atom oltingugurtning oksidlanish darajasi -2, ikkinchi atomi +6 valеntlidir, shuning uchun kuchli qaytaruvchi xossaga ega. Minеrallari. Tabiatda, asosan, tosh tuz (galit), glabuеr tuzi Na2SO4·10H2O, chili sеlitrasi, alyumosilikatlar tarzida uchraydi. Natriy tuzlari dеngiz suvida ham bo‘ladi. Tabiatda erkin holda uchramaydi, havoda oksidlanadi, kеrosin ichida saqlanadi. Natriy yodid, Nal — rangsiz kristall modda, zichligi 3,665 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 662°, kaynash temperaturasi 1307°. Yorugʻlikda xavodagi kislorod bilan oksidlanib, erkin yod ajratib sargʻayadi. Suvda 20° da 64,1%, 100° da 75,1% eriydi. Suv bilan kristallogid-ratlar hosil qiladi: Nal-5H2O, NaI-2H2O. Metil va etil spirtida, atsetonda eriydi. Fe3lH bilan NaCO3 oʻrtasidagi almashish reaksiyasi asosida olinadi. Tibbiyotda yod preparati sifatida qoʻllanadi. Natriy silikatlar — silikat kislotalarning natriyli tuzlari, natriy metasilikat (Na2SiO3), natriy ortosilikat (Na4SiO4), natriy pirosilikat (Na6Si07), natriy bisilikat (Na2SiO5), natriy trisilikat (Na2Si3O7). Suvda eriganda quyuq kolloid eritma hosil qiladi. Natriy me-tasilikatning 1, 5, 6, 8 va 9 molekula suvli, natriy pirosilikatning 3,5 va 11 molekula suvli kislotallogidratlari mavjud. Natriy metasilikat shishasimon amorf modda. Zichligi 2,614 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 1089°. Natriy ortosilikatning 2 ta modifikatsiyasi bor, bir turdan ikkinchi turga aylanish temperaturasi 960°; suyuqlanish temperaturasi 1118° (parchalanadi). Natriy pirosilikat oʻtkir qirrali plas-tinkasimon kristall modda. Zichligi 2,96 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 1115°. Natriy bisilikat romb panja-rali kristall modda. Zichligi 2,496 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 874°. Natriy trisilikat monoklin panjarali kristall modda. Zichligi 2,467 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 700°. Natriy tegishli tarkibli shishalarni kristallash yoʻli bilan olinadi. Shisha, alyumosilikat katalizatorlar, seolitlar, shuningdek, suyuq shisha ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Natriy tiosulfat (natriy giposulfit), Na2S2O32H2O — rangsiz, yaltiroq kristall modda, zichligi 2,119 g/sm³. Suvsiz Na2S2O3 ok, poroshok, ochiq havoda faqat bir necha kun barqaror. Nam havoda tez oksidlanadi. Spirtda erimaydi. 100 g suvda 20° da 70,2 g eriydi. Suvdagi eritmasi havodan kislorod yutadi . Oltingugurtni natriy sulfatning issiq eritmasida eritib: Na2SO3+S=Na2S2O3; natriy gidrosulfidni natriy bi-sulfitga taʼsir ettirib: 2NaHS + 4NaHSO3 = 3Na2S2O3+ ZN2O va boshqa usullarda olinadi. Fotografiyada, toʻqimachilikda, koʻnchilikda, tibbiyo-tda, shuningdek, analitik kimyoda reaktiv sifatida ishlatiladi. Download 93.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling