Reja : kirish qo'shma Shtatlardagi ommaviy axborot vositalari gazeta jurnallar ommaviy axborot vositalarining tuzilishi va davlat tomonidan tartibga solish xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish
Download 159.15 Kb.
|
Angliya matbuoti ham XX asrning birinchi yarmida ravnaq topdi. O‘sha davrdayoq angliyaliklarning amerikalik o‘quvchilarga nisbatan ikki marta, fransuzlarga qaraganda uch barobar ko‘p gazeta-jurnal xarid qilishlari kuzatilgan. Angliya gazetalarini shartli ravishda besh guruhga ajratish mumkin:
Milliy (markaziy) tonggi gazetalar. Bular sirasida Londonda chop etiladigan 16 nomdagi gazetani sanash mumkin. 8 tasi yirik, yetakchi «Tayms», «Deyli telegraf», «Deyli meyl», «Deyli ekspress», «Deyli gerald», «Deyli Uorker», «Deyli mirror» va «Deyli sketch» gazetalari bo‘lib, o‘sha davrdayoq ularning umumiy adadi 13 million nusxadan oshardi. Londonning tungi gazetalari «Ivning nyus», «Ivning standard»ning umumiy adadi 2, 7 million nusxadan ortiqroq edi. Tonggi va tungi mahalliy (turli joylardagi) gazetalar. Angliya va Uelsda 19 ta tonggi va 67 ta tungi, Shotlandiyada 7 ta tonggi va 8 ta tungi, Shimoliy Irlandiyada uchta tonggi va bitta tungi, Men hamda Channelda bitta tonggi gazeta chiqib turgan. Yakshanba kungi gazetalarning umumiy adadi 32 million nusxadan oshardi. Bu davrda Angliyada 140 ga yaqin kundalik (va yakshanbalik) gazetalar chop etilardi. Londonda chiqadigan «Sandi tayms», «Observer», «Sandi ekspress», «Nyus of Uorld», «Pipl», «Reynolds nyus» va boshqa yirik nashrlar muxlislarining soni tobora ortib bordi. Mahalliy (joylardagi) kundalik gazetalar. O‘sha davrda Buyuk Britaniyada 1200 dan ziyod gazeta va 4000 dan ortiq jurnal, bulardan tashqari, har yili ma’lumotnoma hamda yilnoma tipidagi 1000 dan oshiq nashrlar ham chop etib turilardi. Aynan XX asrning birinchi yarmidagi matbuot ravnaqi shunda ko‘rinadiki, qator kichik-kichik nashrlar yirik monopoliyachilar ko‘magida kuchli nashrlarga aylantirildi. Angliya matbuotining taraqqiyotida uchta axborot agentligi muhim o‘rin tutadi. Ya’ni, «Reyter», «Press Assoshieyshn» va «Ekscheynj Telegraf» axborot agentliklari mahalliy OAVni jahondagi eng muhim siyosiy xabarlar bilan ta’minlab turadi. Ayni vaqtda mamlakat hayotiga oid axborotlarni ham asosan shu agentliklar tarqatadi. Har bir mamlakat matbuotining qiyofasini yetakchi nashrlar belgilaydi. Angliyada XX asrning birinchi yarmida asos solingan shunday gazeta-jurnallar mamlakat ijtimoiy hayotida katta voqelikka aylandi. Bu davrda Londonda qator yangi nashrlar paydo bo‘ldi. Shulardan biri bo‘lgan «Daily Express» gazetasiga 1909 yilda asos solingan. 12-14 sahifadan iborat bu gazeta bir vaqtning o‘zida London, Manchester va Glazgoda jami 4,3 million nusxada chop etilardi. Keyinchalik gazetaning sahifalari ham, adadi ham keskin ko‘paydi. Uning muxlislari nafaqat Yevropada, hatto Amerika va Osiyo qit’alarida ham kam emasdi. Angliyaliklarning yangilikka intiluvchanligi ularning matbuotga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi. Yangi nashrlar hamisha qiziqish bilan kutib olinganini esa ularning adadlari keskin oshib borganidan ham bilsa bo‘ladi. «Daily Mirror» («Kundalik ko‘zgu») rangli, bezakli gazetasiga 1903 yilda asos solingan edi. Dastlab bir necha o‘n ming nusxalarda chop etilib, tez orada Farbiy Yevropa va Amerikada ko‘plab muxlislariga ega bo‘lgan bu gazetaning adadi 4,5 milliondan oshib ketdi. Ommabop gazetalar qatoriga 1909 yilda «Daily Sketch» («Kundalik ocherk») gazetasi ham qo‘shildi. 14-16 sahifadan iborat rangli gazeta adadi 1,2 million nusxadan kam bo‘lmasa-da, unga bo‘lgan talab-ehtiyoj tobora ortib borardi. Xo‘sh, bu gazetalarning muxlislari bunchalik ko‘p bo‘lganligining boisi nimada edi? Ushbu savolga yuqorida bir qadar javob topgandek bo‘ldik. Ya’ni, bu tahririyatlarda yuzlab, minglab xodimlar faoliyat ko‘rsatishardi. Bundan tashqari o‘sha gazetalarning maxsus muxbirlari o‘nlab mamlakatlarda faol harakat qilishardi. Ko‘pdan-ko‘p fikr chiqadi, deganlaridek, har kuni o‘nlab sahifadan iborat gazetalar axborotga boy, sermazmun bo‘lganligi bilan bir qatorda ularning sifatli chiqishiga ham katta e’tibor berilardi. Eng dolzarb axborotni ishonchli manbadan olib, hozirjavoblik bilan yoritish Angliya matbuotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biriga aylangan. O‘quvchilarni bezdirib qo‘yishi yoxud ularda norozilik kayfiyati uyg‘otishi mumkin bo‘lgan oldi-qochdi, saviyasi past, mazmunan sayoz materiallarga uncha-muncha gazeta sahifalarida o‘rin berilmasdi. Shu bois ham 1912 yilda asos solingan «Daily Herald» («Kundalik axborot») gazetasining adadi 1,5 million nusxadan oshganligi tabiiy holdek edi. 1915 yilda asos solinib, mohiyatan oddiy fuqarolarning erkin minbariga aylangan «Sunday Pictorial» yakshanbalik gazetasi 3,5 milliondan ortiq nusxada chiqardi. «Sunday Express» yakshanbalik gazetasiga 1918 yilda asos solingan. 18-20 sahifadan iborat bu gazeta 3, 5 million nusxada chop etilardi. Bularning barchasi zabardast jurnalistlar zalvorli mehnatining samarasi bo‘lganini izohlab o‘tirishga hojat yo‘q. Muhimi, rivojlanish yo‘lini tanlagan boshqa mamlakatlarning jurnalistlari, matbuot uchun mas’ul kishilari ham ana shu tahririyatlarning sinalgan tajribalaridan foydalanib, ko‘zlagan maqsadlariga erishganlari sir emas. Gazeta-jurnallarning ko‘pligi va adadlarining yuqoriligi jihatdan yetakchi o‘rinda turgan Buyuk Britaniya matbuoti XX asrning birinchi yarmida jahonda yuksak mavqega ega bo‘ldi. Matbuot taraqqiyoti, shak-shubhasiz, mamlakat ravnaqiga ulkan hissa qo‘shdi. Xulosa Xulosa o`rnida aytish mumkinki, Amerika Qo`shma Shtatlarining ommaviy axborot vositalari dunyo reytingida birinchi pog`onada bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining turi davr o`zgargani sari yangilanib kelayotganini ko`rish mumkin. Dastlab asosiy yangilik olish vositasi sifatida ko`rilgan gazetalar bugungi kunda internet saytlariga o`z o`rnini deyarli bo`shatib berdi. Shu bilan birga ta`kidlash joizki, televizor hanuzgacha nafaqat AQSH, balki butun dunyoning eng talabgir vositasi bo`lib qolmoqda. Sababi, jonli efir, tezkor yangilik hamda yuqori sifat aynan televideniyeda mavjud. AQSH bugungi kunda ommaviy axborot vositalari faoliyatini chuqur tahlil etgan holda yuqori nazorat o`rnatishga erishdi. Shu bilan birga ma`lum bo`lmoqdaki, internet, televideniye qanchalik rivojlanmasin, ma`lum turdagi gazeta yoki jurnallar o`z o`rnini saqlab qoladi. Sababi ayrim maxsus ma`lumotlar faqatgina belgilangan gazeta-jurnallarda chop etiladi xolos. Dastlabki manba sifatida ular o`z xaridorgirligini yo`qotmaydi. AQSH ommaviy axborot vositalarining ustun tomonlari sifatida uning tezkorligi, sifatliligi, aniqligi, konkretligi, ko`ngilocharligini ta`kidlab o`tish joiz. Demokratik davlat sifatida AQSH ommaviy axborot vositalari xabarlarni aniq, lo`nda va bor-bo`yicha ko`rsatadi. Bir inson butun xalqqa qarshi (qonunga zid bo`lmagan holda) fikrlasa ham, u xalq dushmaniga aylanmaydi, balki u tinglanadi. Bu ham ochiqlik, ravshanlik, demokratiyaning belgisidir. AQSH ommaviy axborot vositalarining bu jihatlari butun dunyoga o`rnak bo`lish vazifasini o`tab, dastur bo`lib kelmoqda. Qoʻshma Shtatlardagi jurnalistika „kamtarona“ ish sifatida boshlandi hamda Amerika mustaqilligi uchun kurashda siyosiy kuchga aylandi. Mustaqillikka erishgach, AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi oʻzgartirish matbuot va soʻz erkinligini kafolatladi. Amerika inqilobidan keyin Amerika matbuoti tez rivojlandi. Matbuot mamlakatdagi siyosiy partiyalar bilan bir qatorda uyushgan diniy institutlar uchun ham asosiy yordam elementiga aylandi. Sent-Luis Post-Dispatch jurnalisti Marguerite Martyn bu eskizini 1908-yilda metodist vazir bilan nikoh haqidagi fikrlari uchun intervyu qilgan. XIX asrda gazetalar kengayib, Sharqiy Qoʻshma Shtatlar shaharlaridan tashqarida paydo boʻla boshladi. XVIII asrning 30-yillaridan boshlab penni matbuoti Amerika jurnalistikasida katta rol oʻynay boshladi. 1840-yillarda telegraf va tezkor bosma mashinalar kabi texnologik yutuqlar mamlakat matbuotining kengayishiga yordam berdi, chunki u tez iqtisodiy va demografik oʻsishni boshdan kechirdi. 1900-yilga kelib, yirik gazetalar jiddiy va ob’ektiv yangiliklar yigʻish bilan bir qatorda advokatlik, mushkullik va sensatsiyaning daromadli kuchlariga aylandi. XX asr boshlarida, televizordan oldin, oʻrtacha amerikalik kuniga bir necha gazeta oʻqiydi. 1920-yillardan boshlab texnologiyadagi oʻzgarishlar Amerika jurnalistikasining tabiatini yana radio sifatida oʻzgartirdi, keyinroq esa televideniye tobora muhim rol oʻynay boshladi. XX asr oxirida Amerika jurnalistikasining katta qismi yirik media konglomeratlariga birlashdi (asosan Ted Tyorner va Rupert Merdok kabi mediamagnatlarga tegishli). XXI asrda raqamli jurnalistikaning kelishi bilan gazetalar biznes inqiroziga duch keldi, chunki oʻquvchilar yangiliklar uchun internetga murojaat qilishdi va reklama beruvchilar ularni kuzatib borishdi. Download 159.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling