Reja : Moyli bakli o‘chirgichlar 2


Download 240.05 Kb.
bet5/5
Sana24.09.2023
Hajmi240.05 Kb.
#1687311
1   2   3   4   5
Bog'liq
jalol 4 (2)

Havoli o‘chirgichlar
Havoli o‘chirgichlarda yoy siqilgan havo bilan so‘ndiriladi, tok o‘tkazuvchi qismlar bilan yoy so‘ndiruvchi qurilma esa, chinni yoki boshqa qattiq izolyatsiyalovchi materiallar bilan izolyatsiyalanadi.
Havoli o‘chirgichlarning konstruktiv sxemalari turlicha bo‘lib, ular ning nominal kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyatsion oraliq hosil qilish usuli, yoy so‘ndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga bog‘liq. Katta nominal toklarga mo‘ljallangan o‘chirgichlarda a, b) kam moyli MG va MGG lariga o‘xshash bosh va yoy so‘ndiruvchi kontur mavjud. o‘chirgich ulangan holatda tokning asosiy qismi ochiq joylashgan bosh kontaktlar 4 bo‘yicha uzadi. o‘chirgichlar uzilganda bosh kontaktlar birinchi bo‘lib uziladi, bundan so‘ng tok kamera 2 ga joylashgan yoy so‘ndiruvchi kontaktlardan o‘tadi. Bu kontaktlarning uzilish vaqtida kameraga idish (rezervuar) 1 dan siqilgan havo beriladi, yoyni so‘ndiruvchi kuchli puflash hosil bo‘ladi.
Puflash a)bo‘ylama yoki ko‘ndalang b) bo‘lishi mumkim. Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyatsion oraliq yoy so‘ndiruvchi kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yo‘li bilan b) yoki ochiq joylashgan maxsus ajratgich 5 a) bilan hosil qilinadi. Ajratgich 5 uzilgandan so‘ng kameraga siqilgan havo haydash to‘xtatilib, yoy so‘ndiruvchi kontaktlar tutashadi. Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlangan o‘chirgichlar ichki qurilmalar uchun 15 va 20 kV li kuchlanish va 20000 A gacha bo‘lgan toklar (VVG seriyasi) ga mo‘ljallab ishlab chiqariladi.
Ochiq kurilmadagi o‘chirgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera chinni izolyator ichiga joylashib, 35 kV li kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish bo‘lishi yetarli hisoblanadi ye), 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish lozim bo‘ladi g). Bu konstruksiyalar orasidagi farq shundaki, 35 kV li o‘chirgichda izolyatsion ora-liq yoy so‘ndiruvchi kamera 2 da hosil qili-nadi, 110 kV li va undan yuqori kuchlanishli viklyuchatellarda esa yoy so‘ndirilgandan keyin ajratgich 5 kontaktlari uziladi va ajratgich kamerasi uzilgan holatdagi butun vaqt ichida siqilgan havo bilan to‘la bo‘ladi. Bunda siqilgan havo yoy so‘ndiruvchi kameraga berilmaydi va undagi kontaktlar tutashadi. Yukorida ko‘rib chikilgan havo o‘chirgichlar kontaktlarning pastiga o‘rnatilgan aloxida sikilgan havo bakiga ega. Agarda kontakt tizimini yerdan izolyatsiya kilingan sikilgan havo kamerasiga o‘rnatilsa, yoyni so‘nisha ancha tez bo‘ladi d). Bu yerda o‘chirgich o‘chganda sikilgan havoning bakini bajaruvchi yoy so‘ndiruvchi kamera 2, puflash kanallar orkali tashki muxid bilan bog‘llangan, shuning uchun puflash xosil bo‘ladi va yoy so‘nadi.
Download 240.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling