Reja: · O‘qitishning texnika vositalari · Masofaviy ta’lim tizimi tamoyillari va qoidalari. · Masofaviy ta’limning afzalliklari, kamchiliklari · Masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar


 masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar


Download 125.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi125.34 Kb.
#1484748
1   2   3   4   5
Bog'liq
Respublikada masofaviy ta\'limning rivojlanishi

4. masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar.


Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisalarning holati haqidagi
yangi ma’lumotlarni olishda ma’lumotlarni yig‘ish usullari, ma’lumotlarni yetkazib
berishdan va vositalar majmuidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari
ta’limiy mahsulot va xizmatlarini tashkil etishda dastgoh hisoblanadi.
Ta’limiy mahsulot – ta’lim jarayoniga tatbiq qilish uchun ifodalangan
ma’lumotlar majmuidir.
Zamonaviy axborot texnologiyasi - shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya
vositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasidir.
Jamiyatni axborotlashtirish – fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini va
ularning huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul shartlarni, davlat
va hokimiyat, mahalliy va o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, axborot resurslaridan
foydalanish va ularni shakllantirish asosida jamoat birlashmalarini tashkil etishni
yaratishning tashkillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish - jamiyatni axborotlashtirishning muhim
elementlaridan biri hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish quyidagi qulayliklarga
ega:
- jamiyatning har bir a’zosi haqidagi ma’lumot va bilimlarni olishga yo‘l ochib
beradi;
- shaxsning intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantiradi;
- jamiyatning har bir a’zosi faollik bilan malakasini oshirib, faoliyat fazasini
tezkor o‘zgartiradi;
- masofaviy o‘qitish yordamida ta’lim samarasini oshirishni ta’minlaydi.
Ta’lim mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish uchun quyidagi axborot
texnologiyalar qo‘llaniladi:
- guruhlash, turlash, hisoblash, ma’lumotlarni agregatlash uchun ularni qayta
ishlash axborot texnologiyalari ;
- masofaviy o‘qitish qatnashchilarining axborot talablarini qondirish uchun
boshqaruv axborot texnologiyalari;
- fanlar bo‘yicha ekspertlar mahsulotlarini masofaviy o‘qitishning
foydalanuvchilar tomonidan olish imkoniyatini beruvchi ekspert tizimlarining
axborot texnologiyalari.


Jahon iqtisodiy tizimlarining dunyo miqyosida umumiy keng tus olishi,
jahondagi bir nechta ilg‘or mamlakatlarni axborotlashtirish jamoa bosqichiga kirishi
va davlatning jahon iqtisodiyot kengashiga olib chiqilishi uchun respublikamiz
Prezidenti tomonidan qo‘yilgan masalalar, shu bilan birga shartli bo‘lgan
«raqobatni» hamma tarmoqlarga kiritish, ayniqsa davlatning oliy ma’lumot
tarmog‘iga kiritilishi davlatimizning oliy ma’lumot tizimidagi raqobatchilik
to‘g‘risidagi muammosi dunyo bozorida faol bo‘lishi turgan gap. Berilgan
muammoning asosiy yechimlaridan biri yangi ta’lim texnologiyalarini kiritish, shu
bilan birga respublikaning oliy ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish uslubi o‘z o‘rnini
egallashi kerakligidadir. Dunyoda masofaviy o‘qitish uslubini qo‘llash bo‘yicha juda
katta
tajriba
orttirilgan.
Jumladan,
tajribali
o‘qituvchilar,
mutaxassislar
o‘qitilayotgan kishiga yakka tartibda yordam berishi, talabalar o‘qishini turli
uslubda nazorat qilinishi, ularning bilim saviyasini baholash yo‘llari tufayli talaba va
o‘qituvchilarning o‘qish sifati va mehnat unumdorligi oshadi.
Masofaviy o‘qitish uslubini sifatli qo‘llanishiga quyidagi yo‘llanmalar kiradi:
O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorij olimlari
hamda mutaxassislarining bilim va tajribalarini qo‘llash, zamonaviy o‘quv
qurollaridan foydalanish e’tiborda tutiladi. Bunda turli o‘quv manbalaridan
foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot esa o‘z navbatida,
butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan
axborotlarni ishlatish talaba va o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonining standart holda
jamlanishi, tushunarli holda o‘qituvchi (pedagog)larning bilim darajasini oshirish
majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasini
ko‘tarilishiga yordam beradi.
Oydinlashtirilgan ta’lim berish jarayonining ta’minlanishi, uzluksiz
monitoring imkoniyati, o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri nazorat qilinishi va
boshqarilishini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va o‘quv yurtlari tomonidan
o‘qituvchi va talabalarning bilim saviyasini tekshirilishini (ta’lim jarayonida talaba
va o‘qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, bunga talabaning faolligi va
o‘qituvchi ishining unumliligi, talabalarning attestatsiyadan o‘tkazish amallari ham
kiradi) ta’minlanishiga olib keladi. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va qayta o‘qish
tizimlarining samaradorligini oshirishga erishiladi.
O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish mumkinligi,
qulay joyda va qulay tezlikda o‘quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli
shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‘rgazmali


vositalarni joyida qo‘llash, axborot va bilimlarni yetkazishda ko‘rgazmalilik,
tasavvurlar hamda o‘qitishning o‘yin shakllaridan foydalanish kiradi.
O‘qituvchining o‘rni va xilma-xil imkoniyatlarni ko‘tarish. O‘qituvchining
o‘quvchi-talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo‘llash. Har bir
o‘quvchi-talabaning bilim darajasi va tayyorgarligiga hamda uning qobiliyatiga mos
ravishda shaxsiy yondashishni qo‘llash mumkin.
O‘quvchi-talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini
rivojlantirish. O‘quvchi-talabaning o‘qituvchi (pedagog)ga va o‘zaro muloqotdagi
ishonchsizlik hissiyotidagi psixologik to‘siqlarni yo‘qotish, talabaning intellektual
va ilmiy imkoniyatlarini, o‘zini o‘zi tashkillashtirishni rivojlantiradi.
O‘quvchi-talabaning shaxsiy faoliyati va o‘qitishni birga olib borish.
Tejamlilik o‘qitish jarayonidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. O‘quv xonalaridan
foydalanishi, yo‘l xarajatlari va taklif qilingan malakali o‘qituvchi (pedagog)lar
mehnatiga haq to‘lash. Ular o‘z bilimlarini masofadan o‘qitish shaklida uzatishlari
mumkin. Sog‘lig‘i, ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligidan qat’iy nazar bilim
olishning keng imkoniyatlari yaratilib, ijtimoiy tenglik yuzaga keladi.
O‘qitish doirasida musobaqa muhitini yaratish.. Masofadan o‘qitish
texnologiyasi – jamiyatni axborotlashtirishning umumiy oqimi va yo‘llari bilan
jipslashgan bo‘lib, masofaviy o‘qitishning texnik vositalarini axborotlashtirish
tizimlari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish tizimlarini
zamonaviy axborotlashtirish texnologiyasi asosida birgalikni ta’minlaydi.
Masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning kamchiligi o‘qituvchi va talaba
o‘rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir.

Download 125.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling