Reja: Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqslayd2
Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari. REJA: 1. Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni. 2. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. 3. Psixologiyaning asosiy tamoyillari 4. Psixologiyaning tadqiqot metodlari Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va yetakchidir. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi, Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganish uchun material beradi. Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z o‘rnida foydalanadi. Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat. Psixologiya fani qanday sohaga taluqligi bilan bir necha guruhlarga bo’linib ketadi. Biz buni birinchi bo’lib nazariy va amaliy psixologiya deb ataluvchi ikki katta guruhga bo’lamiz. Nazariy psixologiya bizlarga fundament bo’lib hizmat qiluvchi asosiy qonun qoidalarni va psixologik teoriyalar va prinsiplarni o’rgatadi. Bu bizlarga juda hilma xil analizlash, baholash, modifikatsiya qilish va hususiyatlarni rivojlantirish metodlari va texnikalarini o’rgatadi Amaliy psixologiyada esa nazariy psixologiyada muhokama qilingan va o’rganilgan bilimlar sinaladi. Bu yerda biz psixologik qoidalar, prinisplar, teoralar va texnikalarni haqiqiy hayotda qo’llab ko’ramiz va o’z bilimimizni sinab ko’ramiz. Yuqorida takidlab o’tilgan nazariy va amaliy psixologiyalar ham turli tarmoqlarga bo’linib ketgan. • Umumiy psixologiya – normal odamlar xarakterlarini o’rganishga bog’liq bo’lgan asosiy fundament Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling