Reja: • Qо‘zg‘aluvchan tо‘qimalar


Download 60.12 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi60.12 Kb.
#1482179
Bog'liq
Биоэлектрик ҳодисалар Автосохраненный


Qо‘zg‘aluvchan tо‘qimalardagi
bioelektrik hodisalar
Reja:
• Qо‘zg‘aluvchan tо‘qimalar
xarakteristikasi.
• Membrana potensiali
• Harakat potensiali
• Lokal javob
Ma’lumki, to‘qimalarda hosil bo‘ladigan elektrik hodisalar, ya’ni
≪hayvon elektri≫ haqidagi ta’limot XVIII asrning oxirida vujudga keldi. Uni birinchi marta fizik olimlar 1791 yilda L.Galvani v 1792 yilda A.Volta kashf etganlar.
Italiyalik L.Galvani o ‘z tajribalarida baqa preparati (asab-mushak preparati) dan foydalangan. U baqaning umurtqa pog‘onasiga birlashgan oyoq preparatini tayyorlab, umurtqalar orqasidan mis ilmoq o ‘tkazib balkonning temir panjarasiga osib qo`ygan.
Havo ochiq bo‘lganda ham atmosfera elektri bor boisa, u mushakka ta’sir qilib uni qisqartiradi, deb o ‘ylagan. Shunga asoslanib, baqaning orqa miyasida vujudga keladigan va metall o ‘tkazgichlar (ilmoq va balkon panjarasi) orqali oyoq mushaklariga o`tadigan ≪hayvon elektri≫ oyoqning tortib olishiga sabab boigan deb xulosa chiqardi. L.Galvani tajribalarini buyuk fizik A.Volta takrorladi va Galvani tasvirlangan tajribalarida baqaning orqa miyasi emas, balki turli metallar -mis va temirdan hosil boigan zanjir tok manbayi ekanligini k o ‘rsatib berdi.
A.Voltaning e ’tiroziga javoban L.Galvani endi metallardan foydalanmay yangi tajriba o`tkazdi. Baqaning orqa oyoq terisi shilib olinsa, so ‘ngra quymich asabining ildizlari orqa miyadan chiqqan joyga yaqin shuasab qiriqilsa va son bo‘ylab boldirgacha ajratilsa, boldirning ochilgan mushaklariga o ‘sha asab tashlaganda bu mushaklar qisqarishini Galvani ko‘rsatib berdi.
Yana bir buyuk fiziolog E.Dyubua-Reymon bu tajribani ≪asab-mushak
fiziologiyasining chin asosiy tajribasi≫ deb atadi.
XIX asming boshlarida boshqa bir italiyalik olim Karl Matteuchi shu
davrda kashf etilgan sezgir galvanometr yordamida hayvon elektrini
bevosita o`lchab, uning mavjudligini uzil-kesil isbotlab berdi.
Qо‘zg‘alishdagi qо‘zg‘aluvchanlik holati Barcha tirik tо‘qimalarning ikki nuqtalari orasida potensiallar(+; -) farqi
mavjudligi aniqlangan.Bu jixatdan tirik
organizmni elektr ishlab chiqaruvchi
elektrogenerator bilan taqqoslash
mumkin. Bitta hujayraning biotoki о‘rtacha 60-120mv ga teng.
Barcha organizm faoliyatlari
biopotensiallar (yurak, neyronlar,
mushaklardagi…) xisobiga amalga
oshiriladi. Bu xolatda makroergik
bog‘lamlar (ATF, ADF va boshqalar)
energiyasi ishlatiladi.
Hujayra, tо‘qima biopotensiallari:
xujayra membranasi xossalari va
xujayradagi fizik-kimyoviy
jarayonlarga bog‘liq.
Bu jarayonlarni elektrostatika
qonunlari bо‘lmish- diffuz va
konsentratsion potensiallar orqali
tushunish mumkin.
Biopotensiallar quyidagicha bо‘ladi:
• Tinchlik potensiali- membrana potensiali
• Maxalliy javob
• Xarakat potensiali –qо‘zg‘alish
Shunday qilib, membrana tashqarisi «+» (K+.Na+), sitoplazma «-» zaryadlangan bо‘lib(Clˉ, HPO4 ˉ, HCO3 ˉ, ATF, aspar, yantar, glyutamin. kislota, oqsil, izoetionat), uni mikroelektrodlarni
membranaga va sitoplazmaga kirgizib
galvanometr orqali aniqlash mumkin.
Bо‘sag‘a (yoki undan yuqori) kuch bilan
ta’sirlaganimizda tinchlik potensiyali
(kamayib) qutbsizlanishning kritikdarajasiga yetadi va natijada tinchlikpotensiali «0»ga tenglashadi (qutblanishning yо‘qolishi), endi esa
qayta qutblanish (20-40mv) yuzaga keladi, ya’ni membrana yuzasi «-», aksoplazma esa «+» zaryadlanadi va xarakat potensiali xosil bо‘ladi.
XP-bu yetarlicha kuch (davomiyligi, kuch
gradiyenti) bilan ta’sir etganimizda
TPning qisqa vaqtli (1ms) о‘zgarishidir.
XP-о‘rtacha 120mv ga teng bо‘lib, u
TP(80mv)ni batamom yо‘qolishi 0 gacha va qayta qutblanishning(-40mv) yuzaga
kelishidir.
XP-amplitudasi ta’sirot kuchiga bog‘liq bо‘lmay, qо‘zg‘aluvchan tо‘qimaning turiga bog‘liq.
XP xosil bо‘lishi membrana orqali NA+ni ichkariga о‘tishining ortishi bilan boshlanadi.Sо‘ngra Na+ionlari natriy aktivatsion darvozalari orqali xujayra ichkarisiga о‘tadi va aksoplazma «+» zaryadlanadi. Membranada Na+inaktivatsion
darvozalar bо‘lib, ular doimo asta sekinlik bilan Na+ni xujayra ichiga о‘tkazadi, lekin ular natriy aktivatsion
darvozalar ishlayotgan vaqtda yopiq bо‘ladi.
XP xosil bо‘lganda membrananing 1mm² yuzasi orqali xujayraga 20000 Na+ionlari kiradi va shuncha K+ionlari chiqadi (bu xujayra ionlar
zaxirasining milliondan bir ulushi) XPni tarqalishi elektrotonik qо‘zg‘algan joydan (2 tomonga) qо‘zg‘almagan tomonlarga tarqalib, qо‘zg‘alish о‘choqlarini-XPni (120mv ga teng bо‘lgan) xosil qiladi, bu membrananing
qо‘zg‘almagan nuqtalari bо‘sag‘a kuchidan 5-6 marotaba kattadir. Bu о‘tkazuvchanlikni ishonchliligini ta’minlovchi omildir.
Qо‘zg‘aluvchan tо‘qimalarda XP xosil bо‘lgan
davrda tо‘qimalarda qо‘zg‘aluvchanlik qisman
yoki batamom yо‘qoladi-bu refrakterlik (R)
va uning 4ta fazasi mavjud:
• Absolyut refrakterlik
• Nisbiy refrakterlik
• ekzaltatsiya (supernormal)
• subnormal
Refrakterlik- qо‘zg‘aluvchan tо‘qimadagi normal va patologik xolatdagi bir qancha
jarayonlarni (parabioz, ekstrasistola, optimum…) izoxlaydi. Bez xujayralari elektr potensiali ba’zi bir о‘ziga xosliklarga ega:
XP yuqori emas, membrananing apikal va bazal qismida turlicha. Aktivlanish xolati xujayra ichining giperpolyarizatsiya (↑q Na+ K+) bog‘liq
Download 60.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling