Reja: • Reklama haqida umumiy ma’lumot


Download 29.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi29.89 Kb.
#1613558
1   2   3
Bog'liq
menejment va marketing maʼruza

REKLAMA TURLARI

Reklama va uning turlari

Reklama odatda juda qimmat turadi. Shuning uchun ham firma uning asosiy vazifasi nimadan iborat ekanligini unutmagan holda qilinajak 
reklama haqidagi o‘zining chuqur o‘ylangan marketing yechimini qabul qilishi kerak. Mablag‘ haqida masala ravshanlashib borganda, reklama 
bo‘yicha shug‘ullanuvchilarga qanchalik katta mas’uliyat tushishini ko‘ramiz, ya’ni reklama bo‘yicha mutaxassis qobiliyatli bo‘lmasa va 
mavjud imkoniyatlardan foydalanib ish yuritmasa, avvalo o‘z ishi, muassasasining obro‘sini ham tushirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun 
reklama bo‘yicha mutaxassis marketing muhitini va tashkilotdagi marketing strukturasiga tayangan holda quyidagi qoidalarga rioya qilishi 
lozim:

reklamadagi asosiy element - tovarlarni sifati va korxonani bozordagi mavqeyi;

tovarlar reklamasida barchani jalb etadigan oddiy, gohida xaridorlarning tovarlarni ko‘rish uchun safarbar qiladigan usullar bo‘lishi;

tovar reklamasi qimmat bo‘lganligi uchun shunday reklama tayyorlash kerakki, u arzon bo‘lsin;

reklamada tovarni turli ranglarda ko‘rsatish va bu ranglar xaridorlarni o‘ziga jalb eta olishi zarur;

tovarni reklamasida mahalliy an’analarni hisobga olish va tovarni qaysi regionlarda va qaysi yoshdagi xaridorlarga mo‘ljallangan bo‘lishi juda 
muhimdir.



Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma reklamalarini quyidagi talablar asosida 
joylashtirishlarini talab qiladi:

1. Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan, tushunarli ravishda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

2. Ko‘rgazmada faqat sotuvda mavjud va sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki 
sotib bo‘lingan tovarlar bo‘lmasligi kerak.

3. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi 
zarur.

4. Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib turish kerak.

Ko‘rgazma maydonlarining hajmi, ko‘rgazma uchun tavsiya etilayotgan tovarlarning xususiyatlariga ko‘ra 
quyidagicha bo‘ladi: – nooziq-ovqat tovarlari joylashtiriladigan ko‘rgazma maydonlarining hajmi 1 metrdan 2 
metrgacha tavsiya etiladi;

– yirik savdo tarmoqlari, supermarket, univermag va savdo markazlarida 3 metr va undan ortiq;

– kichik hajmdagi tovarlar, suvenirlar, atir-upa, zargarlik buyumlari bilan savdo qiluvchilarga 0.80 metrdan 1 
metrgacha;




Download 29.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling