Reja : Sodda masalalar bilan tanishish va ularni yechishni
Download 335.93 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqil
O’quvchilarni
yechilgan masala ustida ishlashga o’rgatish yuzasidan usuliy tavsiyalar Kuzatish va tajribalarimiz shuni ko’rsatdiki boshlang’ich sinflarda masala yechilgach uning to’g’ri yechilganligini albatta tekshirish zarur. Aksholda o’quvchilar masala yechimini topib, uning to’g’ri yoki noto’g’ri yechim ekanligini aniqlay olmay qoladilar. Yechilgan masala ustida ishlash bo’yicha bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun quyidagi tavsiyalarni berishi mumkin. 1) Masala ustida ishlash metodikasi asoslangan holda masalani yechib imkon qadar har bir masala to’g’ri yechilganligi tekshirishi shart. 2) Masalani turli usullarda yechish yechilgan masala ustida ishlashning bir usuli ekan, o’qituvchi imkon qadar ko’proq masala yechish jarayonida foydalanishi maqsadga muvofiq. 3) Yechilgan masala ustida ishlash bo’yicha o’qituvchi o’z ishini shunday loyihalashtirishi kerakki, yechiladigan masala qanday usulda tekshirilishini o’quvchiga aytishi zarur. 4) Masala yechish jarayonida ko’rgazmali vositalar muhim ahamiyatga ega. 5) Yechilgan masla ustida ishash jarayonida o’quvchi o’quv faoliyatini tashkil etishning umum sinf guruh yakka (individual) ta’limni tashkil etish shakllarini mutanossibligini ta’minlash har bir o’qituvchi oldida turgan vazifalardan biri hisoblanadi. 6) Yechilgan masala ustida ishlash jarayonida o’qituvchi o’qitishning ko’rgazmalilik, mustaqil ish, darslik ustida ishlash muammoli ta’lim, qisman izlanish tadqiqot induksiya, diduksiya analogiya metodlaridan foydalanish bilan birga yangi pedagogik texnologiya axborot texnologiyalar metodlaridan ham foydalanishi ta’lim samaradorligini oshirishga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling