Reja : Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. Bilimlarni o’zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. O’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lash


Bilimlarni puxta o’zlashtirish qoidasi


Download 70.5 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1374635
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tabiatshunoslikni o’qitish didabtik tamoyillarini o’rganish va tahlil qilish

Bilimlarni puxta o’zlashtirish qoidasi


Ilmiy bilimlarni egallash o’quvchilarning xotirasi, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga yordam beradi.
Lekin hosil qilingan bilim, ko’nikma va malakalarning kelgusida ilmiy bilimlar tizimini o’zlashtirib olishda asos bo’lib xizmat qilishi uchun ular puxta o’zlashtirilgan, yaxshi mustahkamlangan bo’lishi va o’quvchilarning xotirasida uzoq vaqt saqlanishi kerak. Puxtalik qoidasining talablari shulardan iborat bo’lib, bularga rioya qilmaslik o’quvchilarning o’zlashtirmasligiga, o’qishda orqada qolishiga sabab bo’ladi.
Bu qoida olingan bilimlarni, shakllantirilgan o’quv hamda ko’nikmalarni o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanishini nazarda tutadi. O’quvchilar bilimining puxta bo’lishi o’qituvchining ko’rsatib o’tilgan qoidalardan o’quvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda foydalanishiga bog’liq.
Bilimlarni puxta bo’lishiga erishish uchun avvalo, o’quv yili boshlanishida ilgari o’tilgan materialni yangi bilimlarning o’zlashtirilishi ongli bo’lishi uchun tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi material bilan ko’proq bog’liq bo’lgan bo’limlarini takrorlash lozim. Bunda o’qituvchi o’quvchilar yangi mavzuni asosli ravishda tushunishlari va o’zlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy mazmunini berishi lozim.
O’qitishni yakka tartibda olib borish qoidalari. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy xususiyatlariga egaki, ular uning o’quv faoliyatiga katta ta‘sir etadi. O’qituvchining bu xususiyatlarni o’rganishi va hisobga olishi o’qitish sifatini oshirish va har bir o’quvchining ijobiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. O’quvchining xususiyatlarini bunday o’rganish uzoq vaqt mobaynida olib boriladi. O’qituvchi o’quvchilarning darslardagi faoliyatini uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, yozma ishlarini tekshiradi, darsdan tashqari vaqtlarda ular bilan suhbatlashadi. O’quvchining kuchli va ojiz tomonini bilib olishga, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo’lgan xususiyatlarni o’rganishga uning fe‘l-atvori va irodasini yaxshi bilib olishga harakat qiladi.
O’rta ta‘lim tizimini isloh qilish sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har bir maktab o’quvchchisi muayyan axborot va individual xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni o’zlashtirish jarayonlariga ta‘sir ko’rsatadi. Biroq o’qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o’zlashtirish darajasi bir xil bo’lishi mumkin.
Binobarin, bolalar taraqqiyotiga to’g’ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin. U rivojlanish darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, bahonalarining o’xshashligi bo’lishi mumkin.
O’qituvchi sinfda ish olib bora turib, har bir o’quvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish, salbiylarni bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o’rganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak.
O’qituvchining o’z o’quvchilarini yaxshi bilishi ularda individual yondoshishning asosi hisoblanadi, buning uchun u doim o’quvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida o’rganib boradi. O’quvchilarning qanday o’zlashtirayotganligidan qat‘iy nazar, ularning hammasiga individual yondoshish kerak. Darsni o’zlashtirishga qiynalayotganlarga o’z vaqtida qo’shimcha yordam ko’rsatish zarur. O’qituvchi har bir topshiriqni o’quvchining individual xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini, o’rganilayotgan ob‘ektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holda berishi kerak.
O’quvchilarga individual yondoshishga asoslangan o’qitish jarayoni o’quv materialining muvaffaqiyatli o’zlashtirilishini, bolaning aqliy rivojlanishini ta‘minlaydi, axloqiy me‘yorlarni singdiradi.



Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling