Reja: 1 – Kirish
III. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
Download 28.05 Kb.
|
AYNURA
III. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
1. Tadbirkorlik muhitini yaratishning ustuvor yo‘nalishi qishloq joylarda bilim va mehnatni ko‘p talab qiladigan xizmat sohasini jadal rivojlantirishni, intensiv dehqonchilikka o‘tishni, qishloq ijtimoiy-ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirishni, qishloq joylarda ekologiya talablari ta’minlanishini, shuningdek aholining zarur harakatchanligini ta’minlovchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini yaratish hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, xalq iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish-texnik maqsadlardagi mahsulotlar, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, shuningdek qurilish faoliyatini amalga oshirayotgan, tuzatish, tuzatish-qurilish, maishiy va kommunal xizmatlar ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish ta’sir etishning iqtisodiy chora-tadbirlari asosida amalga oshiriladi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishlab chiqarishning oqilona jamlanishi, ixtisoslashuvi va joylashishi qaror topishi, ishlab chiqarish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta yo‘naltirilishi munosabati bilan investitsiyalar tuzilmasi o‘zgarishi ta’minlanadi. Aksiyalarning opsion paketlarini sotish tizimi qo‘llaniladi va aksiyalarni xususiy investorlarga (aholiga) sotish kvotalari belgilanadi. Qishloqda davlat mulkini xususiy mulk qilib sotish, kimoshdi savdolari va tanlovlar orqali davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish usullarini keng rivojlantirish, xususiylashtirilayotgan savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi, turar joy obyektlari joylashgan yer maydonlarini sotish davom etadi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini meros qilib qoldirish huquqi bilan muddatsiz foydalanishga berish bo‘yicha kimoshdi savdolari va tanlovlarni o‘tkazish amaliyoti kengayadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qonun hujjatlari qabul qilinadi, amaldagi normativ-huquqiy mexanizm takomillashtiriladi. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar tengligi ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ustuvor mahsulot turlariga kiritilgan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan va yetkazib beriladigan mahsulot turlari bo‘yicha shartnomalarni shakllantirish, taqsimlash va tuzishda davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mazkur mahsulot turi umumiy hajmining kamida 15 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovlar asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida taqsimlanadi. Normativ hujjatlar ishlab chiqilmoqda va mulkda davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni boshqarish huquqini nodavlat tuzilmalariga (xo‘jalik uyushmalariga) berish tizimidan davlat mulkini boshqarishning trast shartnomalari tizimiga o‘tish amalga oshirilmoqda. Turli mulkchilik va tashkiliy shakllarga ega bo‘lgan korxonalar namunaviy ta’sis hujjatlari paketlari tasdiqlanmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini yagona talqin qiluvchi sharhlar tayyorlanmoqda. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tarmoq va mintaqa dasturlarini ishlab chiqish, korxonalarning davlat bilan mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarini tuzishlariga oid tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik materiallar tayyorlanmoqda. 2. Davlat boshqaruvi organlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlashda, texnoparklar, lizing korxonalari, biznes-inkubatorlar, ishlab chiqarish-texnologiya markazlari tarmoqlarini va infrastrukturaning boshqa obyektlarini yaratishda yordam berishga oid chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni amalga oshirmoqdalar. Davlat organlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ishlab chiqarishni joylashtirish hamda ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalar va boshqa mahsulot turlarini yetkazib berishga oid tadbirlarni amalga oshiradilar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ulgurji bozorlar, yarmarkalarni uyushtirish va ular faoliyatlarini tashkil qilishda, shu jumladan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarish va yordamchi binolarni, davlat mulki bo‘lgan boshqa mol-mulkni berish yo‘li bilan ko‘maklashadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini ishlab chiqarish-texnologiya jihatdan qo‘llab-quvvatlash imtiyozli shartlarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ishlab chiqarish-texnologik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar. Qishloq joylarda raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishni, eksport hajmini ko‘paytirishni, ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirishni, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilashni, qishloqda qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etishni ta’minlaydigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalariga birinchi navbatda yordam beriladi. Iqtisodiyotning ustuvor sohalarida va eng avvalo qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda qayta ishlash, oziq-ovqat, sanoat tovarlari, xalq iste’mol tovarlari, dori-darmonlar va tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, kommunal va maishiy xizmatlar ko‘rsatish, turar joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarni qurish, innovatsiya faoliyati va ilm-fanni ko‘p talab qiladigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida kichik biznes va xususiy korxonalarga imtiyozlar va afzalliklar beriladi. Qishloq xo‘jaligi xomashyosi va mahalliy xomashyoni qayta ishlash uchun zamonaviy texnologik asbob-uskunalar to‘plamlarini yetkazib berish tashkil etiladi, kooperatsiyalashgan servis xizmati tizimi tashkil etiladi. Mini zavodlar va mini texnologiyalarni tayyorlovchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi. Ilmiy-texnika va ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash, standartlar va mahsulotlar sifati sohasidagi tartibga solishlar yo‘li bilan kichik biznes va xususiy korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlarning raqobatga bardoshliligini oshirish chora-tadbirlari tizimi ishlab chiqilmoqda. Kichik va xususiy korxonalarni jadal texnik qayta jihozlash rag‘batlantiriladi. Texnologik inkubatorlar modellari, qayta ishlovchi va mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar namunaviy loyihalari yaratilmoqda, ularni keng joriy qilish va yangi texnologiyalar sharoitlarida yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish tashkil etiladi. Keyinchalik kichik va xususiy tadbirkorlarga sotish uchun tamoman yangi mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi litsenziyalarini sotib olish amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanilmayotgan binolar belgilangan tartibda ijaraga beriladi, tugallanmagan qurilishning ishlab chiqarish obyektlari va foydalanilmayotgan asbob-uskunalari kimoshdi savdolari va tanlovlar orqali sotiladi. Qishloqdagi davlat mulki obyektlarini mahalliy aholiga tegishli bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ustuvor berish maqsadida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida davlat mulkini sotish bo‘yicha yopiq tanlovlar o‘tkaziladi. To‘xtatib qo‘yilgan va foydalanilayotgan asosiy fondlarni va ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek ijtimoiy infrastruktura obyektlarini kichik va xususiy tadbirkorlarga sotish tashkil etiladi. Korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini baholashni, bozor talablarini hisobga olgan holda ularni texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy qayta o‘zgartirish rejalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi xususiylashtirishdan keyingi davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xo‘jalik yurituvchi subyektlari barqarorligini ta’minlash uchun korxonalarni qayta tuzish va qayta ta’mirlashni mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlash tartibi joriy etiladi. Keyinchalik ishlab chiqarishda joriy etish uchun asbob-uskunalar va mini texnologiyalarning, shu jumladan chet el asbob-uskunalari va mini texnologiyalarining doimiy ishlovchi ko‘rgazmalari tashkil etiladi. 3. Davlat organlari yangi ilmiy-texnika infrastrukturasi, shu jumladan fanga va ilmiy ishlab chiqarishga, kichik va xususiy firmalarga, kompaniyalarga, markazlarga xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi, funksional, ilmiy ishlab chiqarish infrastrukturasi barpo etilishiga ko‘maklashadi. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmati ko‘rsatish imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi. Kredit muassasalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining ahvoli va aksiyalar kotirovkasi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ehtimol tutilgan sheriklar haqidagi axborot e’lon qilinadi. Marketing, boshqaruv maslahati, audit, reklama, kontrolling, tashqi iqtisodiy operatsiyalar sohasida ixtisoslashtirilgan kichik va xususiy korxonalar tizimi yanada rivojlanadi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash muammolari bo‘yicha ilmiy, ma’lumotnoma va o‘quv adabiyoti, har chorakda chiqadigan “Xususiylashtirish” byulleteni, komplekt asbob-uskunalar kataloglari, biznes-kataloglar nashr etiladi. 4. Ijtimoiy himoya qilish tizimidan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini aniq farqlashni nazarda tutuvchi prinsipial yangi tizimga o‘tish maqsadida amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda darajalar (korxona, hudud, respublika) bo‘yicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy kafolatlar barcha fuqarolarga, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga zarur minimumda berilishi belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlar tarkibi, tuzilmasi va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Darajalar bo‘yicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, birinchidan, muayyan muddatga beriladi, ikkinchidan, tegishli budjetning ahvoli bilan to‘liq bog‘lik bo‘ladi, uchinchidan, iqtisodiy islohotning u yoki bu bosqichida shakllangan shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash qonun hujjatlari bilan ham, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining, korxonalarning egalari va rahbarlarining qarorlari bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Korxonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlar ijro etilishi ustidan samarali nazorat ta’minlanadi. Majburiy tibbiy sug‘urta masalalariga alohida e’tibor beriladi. “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilmoqda va Oliy Majlisga kiritiladi. Majburiy tibbiy sug‘urtadan tushadigan mablag‘larni hisobga olgan holda davlat budjetida soqlikni saqlashga xarajatlar tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilmoqda va tegishlicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq solish darajasini pasaytirish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Qishloqda aholining ish bilan ta’minlanishi muammosiga alohida e’tibor beriladi. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi loyihasi ishlab chiqilmoqda va ko‘rib chiqish uchun Oliy Majlisga kiritiladi. Ushbu qonunda ishlab chiqarishning qayta tuzilishi natijasida bo‘shab qolgan xodimlarga ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlash, aholining ish bilan ta’minlanganligi holatiga bog‘liq ravishda muayyan hududlarda qisqartirilgan ish vaqti joriy etish imkoniyati, yangi ish joylari tashkil etish bo‘yicha ish beruvchilarning chiqimlarini qisman Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan kompensatsiya qilish va bo‘shatilishi kerak bo‘lgan shaxslarni qayta o‘qitish bo‘yicha o‘quv tuzilmalari tashkil etish nazarda tutiladi. 5. Davlat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishni ta’minlaydi. Aholini ish bilan ta’minlash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan kadrlarni qayta tayyorlash tizimi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ehtiyojlarini ko‘zlab qayta yo‘naltiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar. Kasbga yo‘llash tizimi tashkil etiladi, biznes-inkubatorlar barpo etiladi. Barcha oliy va o‘rta o‘quv yurtlarida bajarilishi majburiy bo‘lgan qishloq yoshlarini o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kvota belgilanadi. Kvotalash tartibi va shartlari, kadrlar tayyorlash va bitiruvchilardan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimida foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat o‘quv yurtlarida tadbirkorlik tuzilmalari uchun mutaxassislar va kichik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika va mahalliy budjetlar hisobidan, shuningdek o‘quv yurtlari bilan korxonalar o‘rtasida tuziladigan kontrakt asosida amalga oshiriladi. Mutaxassislar va ishchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish majburiy hisoblanadi hamda davlat organlari tomonidan ko‘rsatilgan muddatlarda vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladi. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnomalari bajarilmagan taqdirda kichik va xususiy korxonalar moddiy xarajatlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli budjetga to‘laydilar. 6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport-import operatsiyalarida qatnashishini kengaytirish, shuningdek ushbu subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy sarmoya investitsiya loyihalari, chet elda reklama tashkil etish asosida jalb etiladi. Chet el investitsiyalari ochiq tender asosida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida hamda maxsus investitsiya savdolari orqali, shuningdek boshqa usullar va mexanizmlar vositasida jalb etiladi. Chet el investorlari jalb qilingan holda texnikaviy yordam dasturlari doirasida pilot loyihalari amalga oshiriladi, yangi ilmiy-texnika infrastrukturasi fanga va firmalar, kompaniyalar, markazlarning ilmiy ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi, funksional, ilmiy-ishlab chiqarish infrastrukturasi tashkil etiladi. Tarifli bojxona boshqaruvi takomillashtiriladi. Download 28.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling