Axborotlar tizimi - bu murakkab tizim bo’lib, o’z ichiga turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatik boshqaruv tizimlarini oladi. Butun axborotlar tizimi aniq va doimiy ishlashi lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish - bu ijodiy jarayon, o’ziga xos bir san‘at. U rahbarning xilma-xil ish usullarida namoyon bo’ladi. Bu usullar esa rahbarga ushbu sohada oz omilkor kishilarining fikrini turli kanallar orqali aniqlash va bu ijobiy fikrlardan boshqarish jarayonida foydalanish imkoniyatini beradi. U o’z fikrlarini har bir kishining ongiga yetkazish uchun ham ma‘lum xislatlarga ega bo’lishi zarur.
Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab etadi.
Korxona (tashkilot) kommunikatsiyasi - bu o’ta murakkab, ko’p bosqichli tizim bo’lib, o’z tarkibiga nafaqat tashkilot ichidagi, shuningdek, uning tashqarisidagi axborot almashuvini ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |