Reja: 1 Davlat byudjeti


Download 17.22 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi17.22 Kb.
#1001844
Bog'liq
moliya


Davlat Byudjetining Mohiyati,


Funksiyalari
Reja:

1) Davlat byudjeti


2) Davlat Byudjetining Mohiyati
3) Davlat Byudjetining Funksiyalari
4) Xulosa

1) Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. D.b. davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. D.b. tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. D.b.ni huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.


D.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab D.b. mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi D.b. mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hoz. davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda D.b. daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.

2) Davlat byudjetining mohiyati.


Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining maʼlum bir bosqichida paydo boʻlgan boʻ-lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bogʻliqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish munosa-batlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjet-ning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab (aniqlab) beradi.
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqa-rish) munosabatlar(i)ning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini toʻplash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sogʻliqni saq-lash, fan, madaniyat, ijtimoiy taʼminot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yoʻnaltirish imkonini beradigan mu-him taqsimlash instrumenti (vositasi)dir.
Oʻzining mohiyatiga koʻra, Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat boʻlib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli boʻlgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli boʻlgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning oʻzida, Davlat byudjeti faqat oʻziga xos boʻlgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular oʻz navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa boʻlinmalaridan ajratib turadi va unda markaziy oʻrinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xu-susiyatlaridan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanli-gidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi boʻlsa-da, uning bu xis-lati, yaʼni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon boʻladi.
Yagonalik (birlik) va markazlashuvning yuqori darajada ekan-ligi Davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli maʼmu-riy-hududiy byudjetlarning koʻpligiga qaramasdan ularning barchasi quyi boʻgʻinlarning yuqori boʻlinmalarga boʻysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona Davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning oʻzida byudjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda de-mokratizm ham taʼminlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari oʻzlarining byudjet mablagʻlariga ega boʻlib, bu borada ular oʻzlariga tegishli boʻlgan byudjet huquqlaridan foydalana-dilar. Davlat byudjetiga xos boʻlgan ana shu oxirgi ikki xarakter-li belgilar mablagʻlar bilan manyovr qilish va nozik byudjet siyosa-tini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat byudjetida, moliya tizimining boshqa boʻlinmalaridan farqli oʻlaroq, ikki tushunchaning terminologik qoʻshilishi mav-jud: 1) byudjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) byudjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Ayrim hollarda Davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning aso-siy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni toʻgʻri deb eʼtirof etib boʻlmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli boʻlgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon boʻlish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga muvofiq ravishda, davlat-ning asosiy moliyaviy rejasi Davlat byudjeti (umumdavlat moliya-si) kategoriyasining namoyon boʻlish shaklidir. Boshqacha soʻzlar bilan aytganda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida byudjetga xos boʻlgan xusu-siyatlar majmuining namoyon boʻlishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ularning “Davlat byudjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini oʻzgar-tirmaydi va Davlat byudjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya-larning tarkibidan chiqarishga hech qanday asos boʻla olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qoʻshilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon boʻlish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amal-ga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini koʻrib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni Davlat byudjeti orqali taq-simlash, bir vaqtning oʻzida, oʻzaro bogʻlangan va maʼlum darajada nisbatan mustaqil ham boʻlgan uch bosqichga egadir:
umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari);
hududiy va maʼlum maqsadlarga moʻljallangan koʻp sonli byudjet fondlarini yaratish;
byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taq-simlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning oʻzida va uzluksiz so-dir boʻlsa-da, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham in-kor etmaydi. Bu bosqichlarni boʻlish (ajratib olish) va ularni alo-hida-alohida koʻrib chiqish orqali byudjetli (byudjet orqali) taq-simlashning xarakteri, shakli va metodlari toʻgʻrisida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan pul mablagʻlarining bir qismini davlatning qoʻlida kon-sentratsiyalashtirish (toʻplash, jamlash, olish) sodir boʻladi. Ana shu asosda mablagʻlarni oluvchi sifatida davlat bilan mablagʻlar-ni toʻlovchilar oʻrtasida moliyaviy (byudjet) munosabatlar(i) vu-judga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativ-lik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning xarakterli xususiyati shundan iboratki, byudjetga tushuvchi mablagʻlar alohidalashgan (ajratib olingan) boʻlib, hali ular qatʼiy aniq cheklanmagan (chegaralanmagan). Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga – yoʻnalti-rilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga moʻljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi.
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foy-dalaniladi:
byudjetga toʻlovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
davlat byudjetining daromadlari.

3) Davlat byudjetining funksiyalari.


Davlat byudjeti mo-liyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bо‘linmalari sin-gari, ikki xil funksiyani bajaradi:
1 Taqsimlash
2 Nazorat qilish
1) Davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag’larini mobilizasiya (jalb) qilish;
2) mablag’larni sarf etishda ularning qonuniyligini ta’min-lash;
3) Moliyaviy (byudjet) mexanizm(i) orqali ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish.
Davlat byudjetining funksiyalari uning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ifoda etib, byudjetni Rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda о‘zini namoyon etadi.Byudjetning taqsimlash va nazorat funksiyalari о‘z harakat-lari davomida miqdoriy va sifat jihatlariga egadir.Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fond-ning о‘lchamiga (hajmiga tegishli hisoblanadi. Bunda turli fond-larning nisbatlari, ular о‘rtasidagi proporsiyalar, ularning miq-doriy paramyetrlarini tо‘g’ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar byudjetning taqsimlash funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki ka-maytirish yо‘li bilan uni kо‘zlangan darajaga yetkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana Shunday taqsimlash-ning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini kо‘rishga (aniqlashga) imkon beradi.
Taqsimlashning sifat tomoni byudjetning sub’yektlar fao-liyatiga har tomonlama faol ta’sir kо‘rsatib, chuqur aloqalarni о‘zida ifodalaydi. Byudjetdan Moliyalashtirishdan tо‘g’ri foyda-langan holda fondlarning shakllantirilishi byudjet mablag’lari-ning iqtisod qilib, samarali foydalanishiga, iqtisod ryejimiga rioya qilinishiga, sub’yektning barcha bо‘linmalarida samarador-likni oshirishga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bunga byudjetning taq-simlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga bо‘ysundirilganda emas, balki u sifat kо‘rsatkichlariga ham bog’langandagina erishi-lishi mumkin. Bunda byudjetning nazorat funksiyasi ham о‘zining nimaga mо‘ljallanganligini biroz о‘zgartiradi – u faqat fond-larning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi tо‘g’risida emas, balki ana Shu nomuvofiqliklar sifat kо‘rsatkichlariga ham ta’sir kо‘r-satganligi tо‘g’risida signal beradi.Davlat byudjetining ikki funksiyasidan foydalanish nati-jasida byudjet mexanizmi vujudga kyeladi. Byudjet mexanizmi deyilganda, odatda, faqat Moliyaviy resurslarni davlatning qо‘li-da akkumulyasiya qilish va ularni byudjet kanallari bо‘yicha taq-simlashning amaldagi tizimi nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi. Bu mexanizmning detallari juda kо‘p: soliqlar va byudjetga tо‘lovlar, byudjetdan Moliyalashtirishning turli shakl-lari, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana Shu-lar jumlasidandir. Byudjet mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tyegishli bо‘lgan dyetallarning о‘zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog’liqligi bilan belgilanadi.
4 Xulosa
Davlat byudjeti mohiyati shundan iboratki Davlat Moliya tizimi bajargan barcha belgilarni va funksiyalarni oʻz ichiga oladi. Chunki Moliya tizimida 2ta soha bor. Bular: Davlat va mahalliy moliyasi,Xoʻjalik yurituvchi subʼektlar moliyasi.Davlat byudjeti Davlat moliyasini tarkibiy qismidir. Davlat byudjeti davlatning asosi hisoblanadi. Davlat byudjeti boʻlmasa hechnima boʻlmaydi. Davlat byudjeti funksiyalari boʻlsa 2xil boʻladi 1-si Taqsimlash, 2-si Nazorat qilishdir. Taqsimlash funksiyasida Davlat byudjeti mablagʻlari taqsimlanadi, soʻngra 2-Funksiya ishga tushadi. Yani taqsimlangan mablagʻlar nazorat qilib boriladi. Nazorat qilish davlat nazorat organlariga qarashli boʻladi Masalan: Davlat Moliya Vazirligi, Nazorat-taftish,Moliyaviy Nazorat Bosh boshqarmasi va hokazolardir.

Foydalanilgan internet veb-saxifalari


1) www.google.com


2) www.aim.uz
3) www.hozir.org
4) www.wikipedia.com
Download 17.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling