Reja: 1 Davlat byudjeti
Download 25.77 Kb.
|
Reja 1 Davlat byudjeti
Davlat Byudjetining mohiyati, funksiyalari Reja: 1) Davlat byudjeti 2) Davlat Byudjetining Mohiyati 3) Davlat Byudjetining Funksiyalari 4) Xulosa Davlat byudjeti Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti odatda joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi. Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. Download 25.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling