Reja: 1: Din va ijtimoiy hayot


Download 29.3 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2023
Hajmi29.3 Kb.
#1460809
  1   2   3   4
Bog'liq
Hujjat


Xalq pedagogikasi.
Xalq pedagogikasida diniy tarbiyaning ahamiyati.
Reja:
1:Din va ijtimoiy hayot.
2:Dining paydo bo'lishi va shakllari.
3:Diniy tarbiyaning hayotimizdagj o'rni.
Din va ijtimoiy hayot.
Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy dinga falsafa b-n bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkinDinning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda din — ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq dinsiz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida din turli shakllarda namoyon boʻlgan. Dinning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila dinlari, milliy dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir din dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. Dinlar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi. Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, din madaniy-maʼnaviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va dinga toʻla erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekistan aholisining asosiy qismi islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslaviye mazhabiga eʼtiqod qiladi. Ular b-n bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15 dan ortiq konfessiya) vakillari yashaydi. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiyijtimoiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritmoqdalar.
Dining paydo bo’lishi va shakllari.
Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُal-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va yahudiylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi.[1] „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.
Jahonda dunyo aholising 24,9 foizi, yaʼni 1,1—1,8 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi.[2][3] Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 % idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80 % dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.
Islom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambarlar va elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi. Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohim ga nozil boʻlgan dinidir. Muhammadning hayoti va tarjimai holi siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad komil inson sifatida taʼriflanadi. Sunnat paygʻambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi. Islom anʼanasida Muhammad hech qanday gʻayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi paygʻambari ekanligi qayd etiladi.
Muhammadning shaklu-shamoyillari, siyratu-sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa paygʻambarlardan farq etadigan xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan bahramand boʻlgan sahobalar hamda nikohida boʻlgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida koʻplab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning „Shamoili nabaviya“, Muhammad Busiriyning „Qasidai burda“, Abu Jaʼfar Barzanjiyning „Mavlidin-Nabiy“, Muhammad ibn Solihning „Muhammadiya“, Mavlono Muʼinning „Siyari sharif“, Akbarobodiyning „Nodirul-meʼroj“, Sayyid Mahmud Taroziyning „Shirin kalom“, „Nurul kalom“, „Nurulbasar“ va boshqa koʻplab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning „Shamoili Muhammadiyya“ kitobi ular ichida qadimiyligi va rivoyatlarining sahihligi bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil taʼrif berilgan. Maslan, ikki kiftlari oʻrtasida „Muhammadun rasululloh“ deya bitilgan muhri nubuvvatlari boʻlgani, soch-soqollarining oqu-qorasi nechta boʻlganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari, xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari, soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining miqdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari toʻgʻrisida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari toʻgʻrisida jumladan shunday naql qilinadi: „Ul zotning boʻylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qoʻl, oyoq va kiftlari yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish, koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, boʻyinlari sochlari orasidan tovlanib, goʻyo kumush koʻzdek koʻrinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar boshlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari bilan oʻgirilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa tomonlarini ham shunday koʻrar edilar“.
Diniy tarbiyaning hayotimizdagi o’rni.

Download 29.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling