Reja: 1-frezalash-parmalash-teshik yo‘nish


Download 25.94 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi25.94 Kb.
#1228444
Bog'liq
avtomatlashtirish


Mavzu: Frezalash-parmalash-teshik yo’nish guruhidagi ko’p operatsiyali stano’klar.
Reja:
1-frezalash-parmalash-teshik yo‘nish.
2- Parmalash va teshik yo`nish stanoklari.
3-ko’p maqsadli stano’lar.
Frezalash-parmalash-teshik yo‘nish dastgohlari guruhiga kiradi. IR500MF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgoh Portal stoyka 7 . Stanina 10 ning yo‘naltirgichlarida bo‘ylama yo‘nalishda, stol 11 esa ko‘ndalang yo‘nalishda siljiydi. Stol 11 ga yo‘ldosh 2 bilan burish stoli 1 o‘rnatilgan. Mazkur dastgohda kuchli shpindel 3 va shpindelli babka 4 stoykaning yonida emas, balki uning chuqurchasida joylashgan. Ish organlarining bunday joylashishi vazmin hamda bikr p simon stoyka birgalikda shpindellarning juda mustahkam bo‘lishini va shpindelli babka (Y koordinata) ning aniq chiziqli siljishini ta’minlaydi. Stoykaning yon tomonida 30 asbobli magazin 6, uning chuqurchasida esa, ikki qamragichli manipulyator 5 o‘rnatilgan. Bu manipulyator asboblarni almashtiradi. Ikki pozitsiyali burish stoli 9 yo‘ldosh 8 bilan birga alohida poydevorga o‘rnatilgan.Bu stol zagotovkani o‘rnatish vaqtini va detalni yechib olish vaqtini asosiy vaqtga qo‘shishga imkon beradi.IR 500MF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgohi. Dastgoh CNC toifasidagi yuqori klass RDB pozitsion-konturli sistema bilan jihozlangan. Bu dastgohda quyidagi siljishlar: stoykaning ko‘ndalang, stolning bo‘ylama, shpindelli babkaning vertikal, burish stolining aylanma siljishlari dasturlanadi. Chiziqli siljish qadami 0.002 mm. Dastur RDB qurilmasiga perfolenta orqali yoki pultdagi harf - raqamli klaviatura yordamida qo‘l bilan, shuningdek dastur to‘plagich, teletayp yoki markaziy EXM vositasida kiritilishi mumkin. Dastgohda asosiy harakat uchun rostlanadigan o‘zgarmas tok elektrodvigateli va surishlar yuritmasida reduktorsiz keng miqyosda rostlanadigan yuqori momentli dvigatellar ishlatilgani tufayli kinematik sxema ancha oddiy tuzilgan. Asosiy harakat yuritmasida shpindelning aylanish chastotalarini rostlash chegaralarini kengaytirish uchun uzatish nisbati va bo‘lgan ikki pog‘onali tezliklar qutisi ishlatiladi.IR320PMF4 modelli ko‘poperatsiyali dastgohDastgoh stolini uch xil rejimda aylanishiga imkon beradi. Detallarni ko‘p operatsiyali dastgohlarda tayyorlashda ish unumdorligi universal dastgohlardagiga nisbatan bir necha marta yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘p operatsiyali dastgohlar ko‘p dastgohlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga yaxshi sharoit yaratadi, hatto uchinchi smenada “odamsiz” texnologiyada ishlash imkoniyatini beradi. Ko‘p operatsiyali dastgohlarning kulachokli boshqarish sistemalari bilan jihozlangan dastgoh-avtomatlarga nisbatan eng muhim afzalligi shundaki, ularni turli detallarni tayyorlashda oddiy va tez qayta sozlash mumkin, bu esa tayyorlanish-yakunlanish vaqtini jiddiy qisqartirishga imkon beradi. Bunday dastgoh bilan jixozlangan ishlab chiqarish korxonasi juda moslanuvchan va boshqa detalga ishlov berish uchun tez o‘tuvchi bo‘ladi.Ko‘p operatsiyali dastgohlardan foydalanganda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mexnati ham boshqacha bo‘ladi. Bu dastgohlar yuqori malakali operatorlarga bo‘lgan talab qisqaradi. Ishchi-operator vazifasi bir yoki bir nechta dastgohlarning yaxshi ishlayotganini kuzatishdan iborat bo‘ladi. Shunda operatorning mexnat ulushi kamayib, muxandis va texniklarning dasturlar tuzish, texnologik jarayonlarni kodlash va loyixalash, dastgohlarni sozlash va ta’mirlash bo‘yicha mexnatning axamiyati oshadi. Ko‘p operatsiyali dastgohlar moslanuvchan ishlab chiqarish modullarini, moslanuvchan avtomatik liniyalarni va moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarini yaratishga zamin bo‘ladi.Ko‘p operatsiyali dastgohlar bilan moslanuvchan avtomatik liniyalar va moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarini yaratish uchun transport sistemasiga va boshqaruvchi EXM.ga bog‘lanadi. Bunday dastgohlar va ularning sistemalari donalab, mayda seriyalab va seriyalab ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Ko‘p operatsiyali dastgohlarni yaratishda agregat tuzilish va birxillashtirish usulidan keng foydalaniladi. Bunday usullar yuqori unumli va aniq ishlov beradigan dastgohlarni ishlab chiqarish narxini pasaytirishga imkon beradi. Avtomatlashtirilgan moslanuvchan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xozirda ko‘p vazifali (ko‘p operatsiyali) RDB dastgohlar keng qo‘llanilmoqda.IR500MF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgoh.
Umumiy tasnif bo'yicha metall kesuvchi stanoklarning 2-guruhiga parmalash va teshik kengaytirish stanoklari kiritilgan bo'lib, ular zagotovkalardagi turli o'lcham va shakldagi teshiklarga ishlov berish uchun moijallangan. Bu guruh stanoklari barcha metall kesuvchi stanoklarning 20% ga yaqinini tashkil etadi. Parmalash stanoklarida yaxlit materialda bir tomoni berk va ikkala tomoni ochiq teshiklarni ochish, mavjud teshiklarning diametrini parmalab kattalashtirish (rassverlivanie), teshiklarni yo'nib kattalashtirish va pritirka qilish, list ko'rinishidagi zagotovkalardan disklar qirqib olish, teshiklarga zenkerlash, zenkovkalash, razvyortkalash, sekovkalash yordamida qo'shimcha ishlov berish, metchik bilan ichki rezba-lar ochish va shunga o'xshash ishlar bajariladi. Parmalash stanoklarining asosiy o'lehami sifatida parmalashning eng katta diametri, shpindel konusining o'lehami va uning eng katta yurish yo'li ko'rsatiladi. Ixtisoslashtirilgan parmalash stanoklariga agregat stanoklarini kiritish mumkin, ular maxsus jihozlar (moslamalar, maxsus kesuvchi asboblar va boshqalar)ga ega bo'lib, odatda ko'p seriyali va keng ko'lamli-oqimli ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Maxsus parmalash stanoklari bir mahsulot turida bir yoki bir necha operatsialarni bajaradi. Ular odatda boshqa mahsulot turiga qayta moslan-maydi. Katta chuqurlikka ega bo'lgan teshiklarga ishlov beruvchi stanoklar uzunligi diametrdan bir necha marta katta bo'lgan teshiklarni parmalash va parmalab kengaytirish ucb.un xizmat qiladi stanoklar bir va ikki tomonlama bo'lishi mumkin. Јagotovka aylanma harakat oluvchi, og’ir zagotovkalar esa qo’zg’almas bo'ladi. Parmalash stanoklari azaldan konstruktiv jihatdan katta o‘zgarish-larga ega bo‘lmay, oddiy teshik ochish uchun kichik gabaritli stol
usti, katta gabaritli pol ustiga montaj qilinadigan, qo‘l yordamidaishlatiladigan stanoklar guruhida rivojlanib kelgan. Òeshiklarga ishlovberish operatsiyasini bajarish uchun texnologik tizimni yaratish zarur.Bunga stanok, zagotovka, moslama, instrument va yordamchi elementlar kiradi. Metallni qirqish jarayonida, avvalo, zagotovka parmalash stanoginingMorze konusiga (stanok shpindelida parma quyrig‘ining konusi bilanbiriktirish uchun mo‘ljallangan konussimon bo‘shliq) o‘rnatiladiganparma o‘qiga monandligida sozlash asosida erishiladi. Zagotovkani stanok stoli ustiga yoki moslamaga o‘rnatishdanavval operatsion kartaga asosan baza yaratiladi, ya’ni detal tekisfrezalangan yuzaga ega bo‘lishi kerak. Shu yuza bilan ishlamagayoki stanok stoliga o‘rnatilib, mahkamlanadi, so‘ngra parma, zenker,razvyortka, sekovka, kombinatsiyalangan instrumentlar bilan ketma-ketlikda ishlov berish mumkin bo‘ladi.Parmalash stanoklarida teshiklarga qo‘l yordamida yoki avtomatikravishda ishlov berilishi mumkin (hisoblangan rejimlar asosida).Rejimlar deganimizda, material tavsifi, qattiqligi, stanok bikrligi vaaniqligi, moslama aniqligi va mahkamlash kuchi, tezlik, surish qiymati,aylanish chastotasi, keskich burchaklari va boshqa ishlarningmonandlik muhitida ishlov berish (parmalash) tushuniladi Parmalash stanoklari detallarda silindrik va konussimon teshiklarni,har xil rezbalarni ochish, kanavkalarni yo‘nish, toreslarni sekovkalash,faskalarni ochish kabi ishlarni bajarishda katta ahamiyatga ega. Ishlov beriladigan teshik sirtlarning hosil qiluvchisi (yasovchisi)chiziqlarning izi va nusxa olish usullarida olinadi. Masalan, parmalash,zenkerlash, razvyortkalash (kengaytirish) va yo‘nib kengaytirishda aylanalarko‘rinishidagi yasovchilarning izi usulida olinadi Parmalash stanoklari tasniflash qoidalariga ko‘ra 2 guruhga bo‘-linadi. Ular vertikal parmalash, radial parmalash stanoklariga bo‘-linadi. Vazifasi bo‘yicha markazlash, chuqur parmalash va ko‘p-shpindelli parmalash xillariga bo‘linadi. Stanoklarning turlarini tanlasheng katta parmalash diametri bo‘yicha aniqlanadi.Vertikal parmalash stanoklarida zagotovkalar donalab moslamaga
yoki stanok stolidagi pazlar yordamida stol ustiga prixvatlar yokisiquvchi elementlar orqali biriktiriladi.Zagotovkalarda chizmaga monand parmalash, zenkerlash,razvyortkalash operatsiyalari kichik va katta diametrlarga ishlov berishdabajariladi. Stanokning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Silliq,shovqinsiz, bir me’yorda, aniq parmalash uchun rejimlar tanlanishishart bo‘ladi. Ishchi harakatni aylanma, surish, tezliklarni sodir etishdastanokning kinematik sxemasi xizmat qiladiParmalash stanogidagi elementlarning har birining o‘z vazifasimavjud. Kesish nazariyasi asoslarini o‘rganishdan oldin parmalashoperatsiyasini bajarishdagi texnologik tizimlarni o‘rganib chiqamiz.Parmalash stanogi plitasi 1 asos sifatida olinib, ustun 2 yo‘nalti-ruvchilari bilan birgalikda bikir konstruktiv elementga ega bo‘ladi Ustun 3 mustahkam, issiqlikka, tebranish kuchlariga,deformatsiyalanishga, yeyilishga bardosh beruvchi materiallardanishlangan bo‘lib, asosan, bikirlikni ta’minlovchi konstruktiv elementdir.Ustun korpusiga yo‘naltiruvchilar bo‘yicha shpindel babkalar yuqoriqismiga, quyi qismiga esa stol 9 konstruksiyasi o‘rnatiladi. Stol sozlanishimkoniyatiga ega bo‘lib, dastak 8 bilan yuqoriga va quyiga ko‘tarib-tushirish mumkin bo‘ladi, chunki har xil gabarit o‘lchamdagi detallar,mayda detallarni parmalash uchun ish zonasi moslanishi kerak. Stanok bikirligini oshirishda sodir bo‘ladigan moment kuchi, o‘qbo‘ylab kuch ta’sirida konstruktiv elementlar deformatsiyalanmasdanbardosh bera oladigan muhitning yaratilishi aniqlikni ta’minlaydiShu maqsadda shpindelni uzundan uzoq harakatni ta’minlovchikorobkasidan chiqib ketishi parmalash ishlarini bajarish jarayonidaparma o‘qining qiyshayib ketishiga olib keladi. Bu holatning oldiniolish uchun konduktor vtulkalari ishlatiladi va mumkin qadar shpindelstanokning yuqori qismida bo‘lib, stol 9 yuqoriga dastak 8 orqalivint birikmasi asosida ko‘tarilib, teshik va parma orasida minimalmasofa qoldiriladi.Albatta, masofa detal konstruksiyasiga, parma diametriga,uzunligiga hamda ishlov berishdagi qirindining shakliga ham bog‘liqbo‘ladi (cho‘yanni parmalashda mayda shaklli, po‘latni parmalashdaspiral shakldagi uzun-uzun qirindi parma kanavkasidan tashqarigachiqarib tashlanadi). Bundan tashqari, rejimning jarayonga ta’sirijuda katta bo‘ladi. Silliq, shovqinsiz, bir me’yorda, aniq parmalashuchun rejimlar tanlanishi shart bo‘ladi.Shpindel 7 ga aylanma moment tezliklar qutisi 4 da joylashganmexanizmlar 5 orqali uzatiladi va aylanish chastotasi -n- ning,tezlik -v- ning, o‘zgaruvchanligi shu quti orqali boshqariladi . Surishlar qutisi 5 ham yonma-yon joylashgan bo‘lib,surish -s- ning qiymati, tezligi, surish mexanizmi 2 orqaliboshqariladi. Shpindel babkasi 4 o‘ng tomoni, oldi qismidajoylashgan dastak 14 yordamida surish -s- ning rejimi o‘rnatiladi;chap tomondagisi 13 esa aylanish chastotasi -n- va tezlik -v- nio‘rnatishni bajaradi. Dastaklardan pastroq joylashgan panel 15 esaknopkalarga ega bo‘lib, stoyka 3 ning chap tomonida biriktirilganelektroshkaf 10 bilan bog‘langan. U ishga tushirish, to‘xtatishishlarini bajaradi. Shkaf ustiga esa maxsus yoritgich 11 lampasio‘rnatilgan bo‘lib, jarayonni sozlashda, aniq tasavvur etishda,operatsiyalarni bajarishda katta ahamiyatga egadir.Stoyka 3 ning o‘ng tomoniga gidropompa 17 o‘rnatilgan bo‘lib,undan sozlash mumkin bo‘lgan shlang va kran tortilgan. Bosim ostidasovitish-moylash suyuqligi (SMS) parmalanayotgan teshik zonasigakeltiriladi va natijada jarayonning bajarilishi yengillashadi, parmayeyilishi kamayadi, turg‘unligi ortadi. Òeshiklar hamma tipli detallardamavjud. Detallar moslamaga o‘rnatilib, sozlanib, teshiklarga ishlovberish ishlarini ushbu stanok ishonchli ravishda bajaradi. Hozirgipaytda, teshik diametri 18, 25, 35, 50 va 75 mm ga teng bo‘lgan,tegishli diametrlarni parmalaydigan stanoklar mavjud. Stanokningshartli belgilariga oxirgi ikki raqam bilan teshik diametri yoziladi.Masalan, 2A118, 2N125, 2N135 va hokazo Òezliklar qutisi 5 joylashgan mexanizmlar 9 aniq ishlangan shlitsalivallar 12, shesterna 11, mufta 15, reyka 8 va 16, tishli g‘ildiraklar 10,har xil funksiyaga ega bo‘lgan uzellar 7, 2, 3, 4, stol 5 ni ko‘taribturadi va 6 shpindelga harakat uzatadi, chervyakli uzatmalar 17 va 13orqali harakatlar olinadi. Mufta harakatni uzatadi va to‘xtatadi, ki-nematik sxema asosida yig‘ilgan mexanizmlar majmuyi ustun 18 gayo‘naltiruvchi orqali o‘rnatilgan. Shesternalarni ulovchi mexanizm-lardan tuzilgan uzellar asosida tashqi dastaklar 6 yordamida qo‘l bilanboshqariladi va kerakli harakat rejimlari o‘rnatiladi (5-rasm).Katta diametrli teshiklarga ishlov berishda qo‘l kuchi yetmaydi,shuning uchun dastak 7 atrofida fiksatsiyalanadigan tayanchlaro‘rnatilgan bo‘lib, teshik uzunligiga monand ravishda, surish harakatiavtomatik holatda ishga tushiriladi. Surish mexanizmi avtomatikparmalash uzellari bilan jihozlangan bo‘ladi. Rasmda bundaymexanizmga ega bo‘lmagan konstruksiya ko‘rsatilgan. Avtomatirejimda teshilayotgan teshik materialining qattiqligi bir tekis bo‘lishiniuzunligi bo‘yicha ta’minlash zarur bo‘ladi.Vertikal parmalash stanogi parmaga kesish harakatini uzatishdao‘z kinematikasiga ega (5-rasmga qarang). Shpindelga o‘rnatilganparma 1 ning o‘qi zagotovkada ishlov beriladigan teshik o‘qi bilanmonand bo‘lishi shart, bir necha teshik teshilsa ularning o‘qlararomasofasi + 0,05 aniqlikda ushlab turiladi.Zarur harakatlar kinematik guruhlar tomonidan bajariladi.Kinematik guruh deganda mos ishchi harakatni tasavvur qilish kerak.Kinematik guruhlarda ikki turli: ichki va bitta kinematik juft,oddiy guruh, bir necha juft va kinematik zanjir murakkab guruhdaniborat bo‘ladi (5-rasm).Parmalash stanoklarida murakkab kinematik guruhlar qo‘l-laniladi. Ichki kinematik bog‘lanishni tashkil qilish uchun undagikinematik zanjirlarning soni elementar harakatlar sonidan birgakam bo‘ladi.Stanokning tashqi kinematik bog‘lanishini bajaruvchi (ijro etuvchi)organi harakat olish manbayi (masalan, elektrodvigatelga) bilan ulanadiva harakat tezligining yo‘nalishlari va boshlang‘ich nuqtalari sonita’minlanadi. Òashqi kinematik bog‘lanish energiyani harakatmanbayidan guruhning ichki kinematik bog‘lanishiga uzatish uchunxizmat qiladi. Hozirgi RDB stanoklarida kinematik bog‘lanishlarelektr, elektron, gidravlik, kinematik (mexanotron) va hokazo vositalaryordamida amalga oshiriladi.Parmalash stanogi asosidagi texnologik tizimda asosiy vayordamchi harakatlar yig‘indisidan mexanik ishlov berish uchun muhityaratiladi. Asosiy kinematik bog‘langan harakatlardan tashqari, boshqayordamchi harakatlar ham mavjud. Ularga zagotovkalarni mosla-malarga o‘rnatish, mahkamlash, bo‘shatish, tayyor detalnimoslamalardan olish kabilar kiradi. Instrumentlarni almashtirish,tayyorlash va keskichni o‘rnatish va bo‘shatib olish, o‘lchamlarninazorat qilish va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan yordamchi ishlarham bajariladi.Bundan tashqari, boshqariladigan harakatlar majmuyi ham mav-jud. Sozlash jarayonida va parmalangandan so‘ng bu harakatlar sodirbo‘ladi. Bularga shpindelning salt yurishi, parma uchini zagotovkagakeltirish, parmalangandan so‘ng shpindelni dastlabki holatiga qaytarishharakatlari kiradi. Universal Frezalash stanogi konsolli, shpindelining oʻqi gorizontal joylashgan boʻlib, unda freza opravkasini tutib turadigan osma boʻladi. Turli xil frezalar b-n ishlaydi. Stanokdagi buriladigan stol boʻylama, koʻndalang va vertikal yoʻnalishdasiljiydi. Gorizontal Frezalash stanogi universal Frezalash stanogiga oʻxshaydi, ammo uning stoli burilmaydi. Vertikal Frezalash stanogi shpindeli oʻqining vertikal joylashishi bilan gorizontal va universal Frezalash stanogi lardan farq qiladi. Boʻylama Frezalash stanogi yirik gabaritli zagotovkalarga ishlov berishga moʻljallangan. Andaza bilan ishlaydigan Frezalash stanogi turli tekis profillar (shablonlar, kulachoklar va b.)ga yoki andaza (model) boʻyicha fazoviymurakkab yuzalarga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Rezba Frezalash stanogi taroqsimon, diskli, chervyakli, barmoqli frezalar yoki maxsus rezba kallaklari yordamida tashqi va ichki rezbalar chiqarish uchun moʻljallangan. Shponka F. s. dan shponka arikchalari ochishda foydalaniladi. Bunda aylanuvchi freza ilgarilamaqaytma harakat qiladi; bir va koʻpshpindelliboʻladi. Karusel Frezalash stanogi quyma, bolgʻalangan va shtamplangan zagotovkalarga tores frezalari b-n ishlov berish uchun xizmat kiladi. B a rabanli Frezalash stanogi ayni paytda zagotovkaning ikki tores yuzasini frezalash, ariqchalar ochish uchun moʻljallangan. Sanoatda dastur bilan boshqariluvchi turli Frezalash stanogi lari qoʻllaniladi.

Murakkab profilli detallarga ishlov berishni avtomatlashtirish maqsadida ishlab chiqarishda ko'p operatsiyali (ko'p asbobli, keng maqsadli) RDBB stanoklar qo'llaniladi. Bu stanoklarda detaining bir o'rnatilishida avtomatik siklda ko'p operatsiyalarni bajarish mumkin: frezalash, parmalash, teshik kengaytirish, rezba ochish, razvyortkalash va h.k. Bu stanoklarda universal stanoklarning turli ishlarni bajara olish xususiyati bilan agregat stanoklarning katta ish unumdorligi birlash-gandek bo'ladi. Boshqa stanoklarga xos bo'lgan detallarni qayta-qayta o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan xatolarga yo'l qo'yish bu stanoklarda o'rinsiz bo'lib, endi detalga bir o'rnatishda har tomondan istalgan burchak ostida ishlov beriladi.


Ko'p operatsiyali stanoklarning o'ziga xos alomatlaridan biri— kesuvchi asboblarni avtomatik ravishda almashtiruvchi qurilmaning mavjudligidir. Hozirgi paytda bunday qurilmalar sifatida asosan avto-operatorlarga ega bo'lgan asboblar magazinlari qo'llanmoqda. Bunday magazinlar uch turli bo'ladi: barabanli, diskli va zanjirli. Ular stanokdan alohida turuvchi uzel ko'rinishida yoki kolonnagajoylash-gan, yoki shpindel kallagiga o'rnatilgan bo'ladi.
Ko'p operatsiyali stanoklarda zagotovkalarni avtomatik almashtiruvchi qurilmalar (ZAA) ham qo'llaniladi. Ko'pincha zagotovkalar yo'ldosh-stollarga o'rnatilib, ZAA qurilmasi boshqarish dasturiga binoan tayyor bo'lgan detalni ish stolidan bo'shatib oladi va yangi zagotovkani o'rnatadi.
Ko'p operatsiyali stanoklarda ishlanayotgan detalIarning o'lcham-larini nazorat qiluvchi maxsus o'lchov qurilmalari bo'ladi.
Misol tariqasida 2254ВМ1Ф4 modelli vertikal va 2204ВМ1Ф4 modelli gorizontal ko'p operatsiyali parmalash-frezalash-teshik ken-gaytirish, 2Е450АМФ4 modelli ko'p maqsadli koordinat-teshik ken-gaytirish, 2623ПМФ-4 modelli ko'p operatsiyali stanoklarini ko'rsatish mumkin.

Adabiyotlar


1 Islomk Karimov. O’zbekiston XXl bo’sag’asidagi. Toshkent o’zbekiston 19972.B.E Mahmudov metralo’giya Texnalo’gik ko’rsatgichlarni o’lchash usullari va asboblar Toshkent O’qituvchi 19912юShoynuso’v SH.SH isiqlik texnika o’lchovlari fanidan maruza matinlari tosh 20003SHoynuso’v SH.SH Raximdjono’v R.T issiqlik texnika fanidantajriba ishlash uchun uslubiy qo’lanmam ToshDTU 19994 Raximjono’v R.T. SHOYNUSO’PO’V SH.SH Alimo’v X.A tosh gtu 2002JT. В. Перегудов, A X- Хошимов вабошк,. Автоматлаштирилган корхона станоклари.—Т.: Узбекистон, 1999.Грановский Г.И. и др. Резание металлов: Учебник для машиностр. и приборостр. спец. вузов.-М.:Высш. шк., 1985.Технология обработки конструкционных материалов: Учебникдля машиностр. спец. вузов. Под ред. П.Г. Петрухи.—М.: Высш. шк., 1991.Бобров В.Ф. Основы теории резания, Машиностроение, 1975.Армарего И. Дж. Обработка металлов резанием. Перевод с англ. —М.,1977.Зорев. H. H. Вопросы механики процессарезания металлов. —M, Машгиз,1956.Резников A.H. Теплофизика процессов механической обработки материалов.—М,.1981Справочник технолога-машиностроителя, т.т.1 и 2.-M., Машиностроение,1972 .Справочник металлиста в пяти томах.—М., Машгиз, 1959.Долматовский Г.А. Справочник технолога. — М., Машиностроение, 1962.
Download 25.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling