Reja: 1 Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarini mohiyati va ahamiyati


Download 1.36 Mb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi1.36 Mb.
#1060243
  1   2
Bog'liq
tavsifnoma


Mavzu: Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarini tahlil qilish
Reja:
1 Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarini mohiyati va ahamiyati.
2 Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida maqollar
3 Xulosa
4 Foydalanilgan adabiyotlar

O’z davri voqeligini badiiy ifoda etgan tanqidiy-hajviy yo’nalishdagi «Zarbulmasal» asari Gulxaniyga katta shuhrat keltirdi. Unda hayotning dolzarb muammolari, turli odamlar o’rtasidagi munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so’z yuritiladi. Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko’chirib tasvirlangan asarlar majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit, qabilida qushlar misolida o’z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toj-u taxt talashlari, urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo’lgan. O’sha davrda Buxoro va Qo’qon xonliklari o’zaro urushib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go’yoki vayronalarga boy muzofot sifatida tasvirlanadi. Qo’qon ham undan obod emas edi. Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo’g’li, Yapaloqqush, Ko’rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon amaldorlar o’rab olgan. «Holo, bu turg’onlaring navola[1]do’stlari, piyola hariflari[2], taom yemakka hozir, maslahatga aqli qosir[3]». Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi Boyo’g’liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning yirtqich va aksar tunda ov qiladigan qushlarni o’z asariga qahramon qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko’rqush tilidan quyidagicha nasihat qilinadi: «Ulug’ni borgohinda[4]xiradmandi[5] donish[6] va aqli xiradi bohush[7] har qancha ko’b bo’lsa ham, oz bo’lur. Xususan, podshohi odilg’a uch toifadin guzir[8]yo’qdur: avval, olimi boamalki[9], podshohning oxiratlik asbobini[10]taraddudida bo’lsa. Ikkinchi vaziri sohibi ra’yki[11], podshohning dunyolik yarog’ini taraddudida bo’lsa. Uchunchi, munshiyirostnavis, qalamzan-unigohdor-ushamshirzanbo’lsa».


«Zarbulmasal» arabcha zarb va masal so’zlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan bo’lib, «masallar yig’indisi» ma’nosini beradi. Masal so’zi o’tmishda biz hozir qo’llaydigan maqol ma’nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so’zga maqol qo’shib gapirish, o’xshashi va dalilini keltirish ma’nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal bo’lish – el og’ziga tushish, afsona bo’lish, mashhur bo’lish ma’nolarida ham keladi. Bundan ma’lum bo’ladiki, Gulxaniy o’z davri va zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan.
Asar qahramonlari o’z nutqlarida vaziyatga mos ko’plab maqollarni keltiradilar, to’g’rirog’i, maqollar yordamida gapiradilar. Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masal va hikoyatlarni aytib beradilar.
«Zarbulmasal»da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush tarzi, an’ana va marosimlari, og’zaki va yozma adabiyotini chuqur bilganidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi «Kalila va Dimna», Abdurahmon Jomiyning «Silsilat uzzahab» asarlaridan xabardor bo’lgan. Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So’fi Olloyor kabi ulug’ so’z ustalari hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bularning barchasi asarning ta’sirchanligi va o’qishliligini oshirgan.
«Zarbulmasal» xalq orasida «Yapaloqqush hikoyasi» nomi bilan mashhur bo’lib, qissaxonlik kechalarida uni eshitgan shinavandalar asarning chuqur hayotiy mazmuniga qoyil qolishgan.
Aziz o’quvchilar! Sizning yoshingiz, bilim darajangiz, dunyoqarashingizni hisobga olib «Zarbulmasal»dan olingan bir necha ibratli masal va hikoyatlarni e’tiboringizga havola qildik. Voqealar ortidan quvmay ularning mazmuniga sinchiklab nazar soling, muallifning bu masal yoki hikoyat orqali nima demoqchi ekaniga diqqat qiling. Shu narsani yodda tutingki, shoir yoki yozuvchi biror voqea-hodisani shunchaki bayon qilib qo’ya qolmaydi. Voqea-hodisa – ijodkorlarga o’z badiiy maqsadini amalga oshirish uchun bir vosita, xolos. «Maymun va Najjor» masali orqali qo’lidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta, sharmanda bo’ladi degan fikr ilgari surilgan. «Toshbaqa va Chayon» masalida esa do’st tanlashda adashmaslik kerakligiga e’tibor qaratiladi. «Tuya bilan bo’taloq» masalida erki o’zida bo’lmagan kishining fojiasi ko’rsatiladi va hokazo.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling