Reja: 1 ishlab chiqarish texnalogiyalari


Download 23.13 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi23.13 Kb.
#1379164
  1   2
Bog'liq
sava


Ishlab chiqarish nazariyasi va uning modellari
Reja:
1 ishlab chiqarish texnalogiyalari
2ishlab chiqarish modellari
3ishlab chiqarishni yanada takomillashtrish
So’nggi uch mavzuda biz e’tiborimizni bozor talabi — iste’molchilarning afzal 
ko’rishlari va xatti-harakatiga qaratdik.
Endi taklifga murojaat qilamiz va ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatini 
ko’rib chiqamiz
1
. Biz firmalar qanday qilib ishlab chiqarishni samarali tashkil qila 
olishlarini va ishlab chiqarish omillarining hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
qiymati o’zgarishi bilan ishlab chiqarish sarflarining o’zgarishini ko’ramiz. Shuningdek, 
firmalar va iste’molchilar qo’llayotgan optimal echimlar o’rtasida o’xshashlik borligini 
ko’ramiz, iste’molchi xatti-harakatini o’rganish bizga ishlab chiqaruvchi xatti-harakatini 
tushunishda yordam beradi.
Firmani iqtisodiy boshqarishda ishlab chiqarish va sarflar nazariyasi markaziy 
o’rin egallaydi. Ayrim muammolar, masalan, «General motors» kompaniyasi muntazam 
duch keladigan muammolar bilan tanishib chiqamiz. Yig’uv liniyalarining texnikaviy 
ta’minlanganlik darajasi qanday bo’lishi va uning yangi avtomobil zavodlariga qancha 
miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak? Agar kompaniya ishlab chiqarishni 
ko’paytirmoqchi bo’lsa, ishchilarni ko’proq yollashi lozimmi yoki yangi zavodlar 
qurish ham zarurmi? Nima maqsadga muvofiq: bitga avtomobil zavodi turli modellar 
ishlab chiqarganimi yoki har bir model alohida zavodda ishlab chiqarilganimi? 
«General motors» o’zining ishlab chiqarish sarflarini kelgusi yilda qanday 
rejalashtirmoqda va vaqti kelganda bu ishlab chiqarish sarflari qanday tarzda o’zgaradi, 
ularga ishlab chiqarish hajmi qanday ta’sir ko’rsatadi? Bu savollar faqat sanoat 
firmalariga qo’llanib qolmasdan, balki tovarlar ishlab chiqaruvchi, xizmatlar 
ko’rsatuvchi, hukumatga qarashli va notijorat muassasalarga ham tegishlidir.
Ushbu mavzuda biz firmada ishlab chiqarish texnologiyasini o’rganib chiqamiz
bu jarayonda ishlab chiqarish omillari (mehnat va kapital kabilar) ning birgalikda amal 
qilishi tayyor mahsulot (avtomobillar va televizorlar) ishlab chiqarish bilan 
yakunlanadi. Biz buni bir nechta bosqichda amalga oshiramiz. Birinchidan, ishlab 
chiqarish texnologiyasini ishlab chiqarish funktsiyasi shaklida tasavvur etamiz. Keyin, 
ishlab chiqarish funktsiyasidan foydalanib firmada ishlab chiqarish omillari 
o’zgarganda mahsulot ishlab chiqarish qanday o’zgarayotganligini ko’rsatamiz.
Firma faoliyatining miqyosiga alohida e’tibor qaratamiz.
Firma ishlab chiqarish hajmini uning ko’lami oshgan sari ko’paytiruvchi texnologik 
afzalliklar mavjudmi?
1
Pindayk R.,Rabinfeld D., Microeconomics. P.139-167 bet

Shuningdek, biz ko’p tarmoqli firmalardagi ishlab chiqarishni ham o’rganamiz. 
Masalan, ikki xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firma rahbari xar ikkala mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini (maksimumlashtirish) uchun taqchil ishlab chiqarish omillarini 
qanday joylashtirishini ko’rishimiz mumkin.
Nihoyat, biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni to’g’risidagi empirik axborotni
jumladan, ishlab chiqarish miqyosining o’sishi natijasida mahsulot tannarxining 
pasayishi to’g’risidagi axborotni qanday olinishi va undan qanday foydalanilishini 
ko’ramiz.
Ishlab chiqarish firma faoliyatining asosiy sohasidir. Firmalar ishlab chiqarish 
omillarini qo’llaydilar, bular, shuningdek, jalb etiladigan (kiritiladigan) ishlab chiqarish 
omillari deb ataladi. Masalan, non pishiruvchi korxona egasi kiritiladigan ishlab 
chiqarish omillari bo’lmish — ishchilar mehnati, un va shakardan iborat xomashyo, 
shuningdek, pech, xamirqorgich va boshqa asbob-uskunalarga qo’yilgan kapitaldan non, 
gumma va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanadi.
Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallar va kapitalga 
ajratishimiz mumkin, bularning har biri kichikroq guruhlarni o’z ichiga oladi. Masalan, 
mehnat ishlab chiqarish omili sifatida meqnat sig’imi ko’rsatkichi orqali ham malakali 
(duradgorlar, muhandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xo’jaligi ishchilari)ni, 
shuningdek firma rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi.
Po’lat, plastik ashyolar, elektr quvvati, suv va boshqa turli ashyolar borki, ular 
firma sotib olib tayyor mahsulotlarga aylantiradigan materiallar hisoblanadi. 
Binolar, uskunalar va tovar-moddiy buyumlar kapitalga taalluqlidir. Kiritiladigan 
omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish o’rtasidagi o’zaro 
munosabat ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ifodalanadi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi firma ishlab chiqarish omillarining har biri alohqda 
nisbatda qo’llanganda Q mahsulotni maksimal ishlab chiqarishini ko’rsatadi.
Soddalashtirish uchun ikkita kiritiluvchan omil — mehnat L va kapital K mavjud deb 
faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funktsiyasini
Q = F(L,K) (8.1) 
tarzida yozishimiz mumkin.
Tenglamadan ko’rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki ishlab chiqarish 
omilining miqdoriga bog’liq. Masalan, ishlab chiqarish funktsiyasi bir yilda kattaligi 
ma’lum bir zavodning mavjud texnologiya va yig’uv konveyerida band bo’lgan 
muayyan miqdordagi mehnat resurslari yordamida ishlab chiqariladigan shaxsiy 
kompyuterlar maksimal sonini aniqchash imko- nini beradi. Fermer u yoki bu ob-havo 
sharoitida, mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ishda band ish kuchi 
bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab chiqarish funktsiyasi yordamida 
aniqpash mumkin. Demak, ishlab chiqarish funktsiyasi muayyan hajmda mahsulot 
ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni 
ifodalaydi.
Masalan, vinoni ko’p mehnat talab qiluvchi qo’lda tayyorlash usulida yoki 
uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib ko’p kapital sarflash usuli 
bilan tayyorlash mumkin. Ta’kidlash zarurki, tenglamani (8.1) ma’lum texnologiyaga 
(ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini o’zaro 
bog’lanishning turli usullari to’g’risidagi muayyan bilimga ega bulgan holat uchun) 

qo’llash mumkin. Chunki, texnologiya borgan sari takomillashib bormoqda, firma 


mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish omillarini qatiy belgilangan tarkibda 
ko’paytirishi mumkin.
Ishlab chiqarish funktsiyasi nuqgai nazaridan «mahsulotni maksimal ishlab 
chiqarish» iborasi juda muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish funktsiyalari serchiqimlik 
yoki samarasiz ishlab chiqarish jarayonlariga yo’l qo’ymaydi — ular firmalarning 
iqtisodiy samaradorligini e’tiborda tutadi, ya’ni, firmalar ishlab chiqarish omillarining 
har qanday o’zaro bog’lanishidan maksimal darajada samarali foydalanadilar. Ishlab 
chiqarish funkdiyalari ishlab chiqarish omillarining o’zaro ma’lum nisbatda bo’lishi 
mahsulotni maksimal ishlab chiqarilishiga erishish bilan bog’liq bo’lgani uchun, hech 
qachon mahsulot ishlab chiqarishni pasaytiruvchi kombinatsiyalar qo’llanilmaydi.
Ishlab chiqarish har doim ham iqgisodiy samarali deb o’ylash hamma vaqt ham 
haqiqatga to’g’ri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda olish 
uchun intilgan firmalar hech qachon resurslarni behuda sarflamaydi.
Ko’pgina savollarni ko’rib chiqishda biz firmalar bitga aniq mahsulot turini ishlab 
chiqaradi, degan farazga amal qilamiz. 
Download 23.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling