Reja 1-Katta adron kollayderi va uning ishlash pirinspi


berganini tasdiqladi. Shundan so‘ng, 90-yillarning oxirida olimlar Brukxeven (AQSH)dagi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1482189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
fizikattt4

berganini tasdiqladi. Shundan so‘ng, 90-yillarning oxirida olimlar Brukxeven (AQSH)dagi 
elementar zarrachalar tezlatgichida elektronlardan ozod qilingan oltin atomini yorug‘lik 
tezligining 99,9 qismiga qadar o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishda tezlatib, to‘qnashtirish 
orqali sun’iy «katta portlash»ni vujudga keltirmoqchi bo‘lishdi. Bunda “katta 
portlash”dan keyingi jarayonning dastlabki daqiqalaridagi holatini kuzatish maqsad 
qilingan edi. Bu ikki bosqichda — “Feniks” deb ataluvchi birinchi loyiha Kolumbiya 
universitetining professori Nagamiya rahbarligidagi 355 mutaxassisdan iborat jamoa 
tomonidan, “Star” nomli ikkinchi loyiha esa Berkli Lourens laboratoriyasidan Jon Xarris 
boshchiligidagi 350 nafar fizik tomonidan olib borilishi ko‘zlangandi. Biroq ko‘pchilik 
mutaxassislar bunday sinov jiddiy xavf ostida amalga oshirilishini e’tirof etishdi. Shunga 
qaramay, olimlar qayta o‘tkazilgan hisob-kitoblar natijasida reaktsiya jarayonida jiddiy 
xavf kutilmasligini ta’kidlab, sinovni o‘tkazishga qaror qildilar. Biroq o‘shanda kollayder 
quvvatining pastligi tufayli kutilgan natijani olishning imkoni bo‘lmadi. Bizning asrimizda 
ayni shu masalani hal qilish uchun 2002 yilning 11 avgust kuni Shveysariya va Fransiya 
chegarasida qurilgan dunyodagi elementar zarrachalarning eng yirik tezlatgichi — katta 
adron kollayderi (KAK) ishga tushirildi. Salkam 10 milliard dollarga tushgan va juda 
katta quvvatga ega bo‘lgan bu kollayder dunyoda eng yirik yadro fizikasi laboratoriyasi — 
CERN (Consell Europeen pour la Recherche Nucleare)da qurildi. U o‘rtacha 100 metr 
chuqurlikda, uzunligi 27 kilometr bo‘lgan xalqa ko‘rinishidagi tezlatgich bo‘lib, unda 
qarama-qarshi yo‘nalishda 7 tev (terra elektron volt, ya’ni trillion elektron volt) 
energiyagacha tezlatilgan proton dastalari to‘qnashtiriladi. Ana shunday to‘qnashish 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling