Reja: 1: Kreativ ta’limning mazmun va mohiyati


Download 15.9 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi15.9 Kb.
#1540162
Bog'liq
Jovliyeva Laylo


Ma’ruza qismi
Kreativ ta’lim muhiti,mohiyati va xususiyatlari.
Reja:
1:Kreativ ta’limning mazmun va mohiyati.
2:Kreativ ta’lim muhitini shakllantirishning pedagogik shartlari.
3:Rivojlanish muhitining tuzilishi.
Kreativlik (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini zehni o’tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo’lishlari ularda o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, bo’lajak pedagoglarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadiRivojlanayotgan muhit tushunchasi va mohiyati.Mahalliy pedagogika va psixologiyada “atrof-muhit” atamasi 20-yillarda “atrof-muhit pedagogikasi” (S. T. Shatskiy), “bolaning ijtimoiy muhiti” (P. P. Blonskiy), “atrof-muhit” tushunchalari ancha tez-tez qoʻllanilganda boʻldi.(A.S.Makarenko).
Keng ma'noda rivojlanayotgan ta’lim muhiti- bu shaxsiyatni rivojlantirish jarayoni o'z-o'zidan yoki turli darajadagi tashkiliylik bilan amalga oshiriladigan har qanday ijtimoiy-madaniy makondir. Psixologik kontekst nuqtai nazaridan, L. S. Vygotskiy, P. Ya. Galperin, V. V. Davydov, L. V. Zankov, A. N. Leontiev D. B. Elkonin va boshqalarning fikriga ko'ra, rivojlantiruvchi ta'lim amalga oshiriladigan ma'lum bir tarzda tartibga solingan ta'lim maydonidir. - moslashuvchanlik, ya'ni ta'lim tuzilmalarining shaxs, atrof-muhit va jamiyatning o'zgaruvchan ehtiyojlariga muvofiq tezda qayta qurish qobiliyati;
-uning tarkibiy elementlari faoliyatida o'zaro ta'sir va uzluksizlik orqali ifodalangan uzchillik;
-aholining ta'lim xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlariga muvofiq rivojlanayotgan muhitning o'zgarishini nazarda tutadigan o'zgaruvchanlik;
-uning tarkibiy tuzilmalarining o'zaro hamkorligini kuchaytirish orqali ta'lim muammolarini hal qilishni ta'minlaydigan integratsiya;
-barcha ta’lim sub’ektlarining boshqaruvda keng ishtirok etishini, ta’lim, tarbiya va o‘zaro hamkorlik shakllarini demokratlashtirishni ta’minlovchi ochiqlik;
-o'quvchilarning ko'zidan yashiringan o'qituvchining alohida pozitsiyasi sifatida pedagogik yordam asosida amalga oshiriladigan o'quv jarayonining barcha sub'ektlarining birgalikdagi faol muloqotiga o'rnatish.
Amaliy qism
Men bugungi darsimda “Bumerang”metodidan foydalandim.
Bu texnologiya oʻquvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, oʻrganilgan materialni yodida saqlab qolish, soʻzlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida koʻp ma’lumotga ega boʻlish hamda dars mobaynida oʻqituvchi tomonidan barcha oʻquvchilarni baholay olishga qaratilgan..
Bumerangning asosiy maqsadi-oʻquv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni oʻquvchilar tomonidan yakka va guruh holatida oʻzlashtirib olishlari hamda suhbat - munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini nazorat qilish va baholash hamda oʻquv jarayoni mobaynida har bir oʻquvchi tomonidan oʻz baho (ball) larini egallashga imkoniyat yaratishdan iboratdir.
“Bumerang”texnologiyasining qo’llanishi-amaliy mashgʻulotlar, seminar yoki laboratoriya mashgʻulotlarida kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi.
1)O’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
2)O’quvchilar dars (mashgʻulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
3)O’quvchilarga mustaqil oʻrganish uchun mavzu boʻyicha matnlar tarqatiladi;
4)Berilgan matnlar oʻquvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil oʻrganiladi;
5)Har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
6)Yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil oʻrgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga
soʻzlab beradilar, matnni oʻzlashtirib olishlarishga erishadilar;
7)Berilgan ma’lumotlarni oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat oʻtkaziladi, ya’ni guruh a’zolari tanlanadi.
8)Yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
9)Darsning qolgan jarayonida oʻquvchilar bilimlarini baholash yoki toʻplagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;
10)Oʻquvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini aniqlash maqsadida o’qituvchi o’quvchilarga savollar bilan murojaot etiladilar og’zaki so’rov shaklida bitta savol tuziladi.
11)Har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog’lagan ballar hisoblab boriladi.
12)Guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi (“guruh hisobchilari” berilgan javoblar boʻyicha sniqlanadi.
Download 15.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling