- Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum
- munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan ham bog‘liqdir. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi.
Davlat hamda korxona va tashkilotlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan davlat fondini tashkil qilish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir. Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qator baxsli holatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |