Reja; 1 Rezavor mevalar 2


Download 87.43 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi87.43 Kb.
#1356517
Bog'liq
rezavor meva mustaqil ish 222


Mavzu:Rezavor-meva o’simliklarining yer ostki qismlari-ildiz tizimi tuzilishi
Reja;

1 Rezavor mevalar
2 Rezavor mevalar tuzilishi
3 Rezavor meva ildizlari

Smorodina yoki qoraqat (Ribes) qoraqatdoshlar oilasiga mansub butasimon koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, rezavor mevadir. Vatani — Yevropa. Sning Yevrosiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikaning sovuq va moʻʼtadil, Afrikaning muʼtadil mintaqalarida oʻsadigan 150 yovvoyi turi bor. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada ekiladi. Oʻzbekistonda R. janczewskii A. Pojar (Yanchevskiy Si), R. meyeri Maxim (Meyer Si), togʻli hududlarda butazorlar orasida; soylarda, tog yon bagʻirlarida yovvoyi holda oʻsadi. Sning kora (R. nigrum L), qizil S. (R. rubrum), tillarang S. (R. aureum) va boshqa turlari ekiladi. Novdalari silliq, baʼzan, tikanli, bargi bandli, gullari mayda, yangi oʻsib chiqqan novda koʻltigʻida paydo boʻlgan gulining rangi oq, toʻpguli shingil. Mevasi mayda, yumaloq, shingilli, baʼzan donadona, bandidan oson uziladi. Taʼmi shirin, nordon. Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi, undan murabbo, jem, sharbat, vino va boshqa tayyorlanadi.

Koʻproq qora S. ekiladi. Mevasi avgust— sentabrda birinketin pishadi. Tarkibida 4,5—12,8% kand, 2—4,5% limon va olma kislotalar, 80–100 mg% xushboʻy moddalar, kalsiy, fosfor va V, vitaminlari, pektin moddalari mavjud. S. koʻk qalamchalaridan va parhish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati oʻtqazilgach, 2-yili hosilga kiradi. Oʻzbekistonda simbagʻazlarga koʻtarib oʻstiriladi. Hosil shoxlari 1—3 yil yashaydi. 6—7 yillik shoxlari kesib tashlanadi. 18—20° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Qattiq sovuqlarga chidamli. Namsevar, tuproq unumdorligiga talabchan. S. oziq moddalarga boy, sernam, suvni yaxshi oʻtkazadigan, yer osti suvlari kamida 1,5 chuqurlikda boʻlgan yerlarda yaxshi oʻsadi. S. koʻchatlari erta bahorda yoki kuzda kagor oraligi 2,5 m, tup oralari 1 — 1,5 m sxemada ekiladi. Yoz davomida qator oralari yumshatiladi, 6—12 marta sugʻoriladi. Har tupidan 6–8 kg dan hosil olinadi.
Oʻzbekistonda Bogʻdorchilik, uzumchilik, vinochilik ilmiy tadqiqot institutida qattiqetli, Oʻzbekiston navlari chiqarilgan Kasalliklari : antraknoz, zang; zararkunandalari: barg, novda, gʻuncha gallitsalari, smorodina kurtak kanasi, bitlar, qalqondorlar.
Rezavor mevalar tuzilishiga kura uch guruxga buli­nadi oddiy, murakkab va soxta rezavor mevalar.
Oddiy rezavor mevalar donalardan iborat bulib, sersuv etli, mevasi ichida urugi buladi (uzum, smoro­dina, krijovnik, klyukva va boshkalar).
Murakkab rezavor mevalarning mayda-mayda mevachalari bitta gulkosada tuplangan buladi (malina, eje­vika).
O’zbekistonda qulupnay, malina (buldurg’un), qora smorodina (qoraqat) va krijovnik ekiladi. Bular orasida asosan: qulupnay ko’proq tarqalgan, malina va qora smorodina kamroq, krijoRezavor-meva o’simliklari meva daraxtlardan keskin farq qiladi.Ular ekilgandan keyin barvaqt, 2-3 yili hosilga kiradi va ekish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni tezda qoplaydi. Rezavor-mevalarda salkashlik bo’lmaydi, ular yuqori agrotexnika asosida parvarish qilinsa har yili mo’l va sifatli hosil olish mumkin.vnik esa ayniqsa kam ekiladi. Rezavor-meva o’simliklari meva daraxtlariga nisbatan oson va qulay - vegetativ yo’l bilan (payvand qilmasdan) ko’paytirilad
Qulupnay - ko’p yillik o’tsimon o’simlik, sug’oriladigan yerlarda 2-4 yil davomida yaxshi hosil beradi. U aholini erta bahorda vitaminlarga boy meva bilan ta’minlashda, shuningdek konserva hamda konditer sanoati uchun qimmatbaxo xom ashyo sifatida katta ahamiyatga ega. Uning mevasi qand, organik kislotalar, tuz, temir, fosfor, kalsiy, A, V,S vitaminlarga, barglari esa askorbin kislotaga boy. Qulupnay mevalari shifobaxsh xususiyatlarga ega.

Qulupnay, yertut — raʼnoguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; rezavor ekin. Yevrosiyo va Amerikada 50 turi maʼlum. Asosan bogʻ Q., turi, shuningdek: oʻrmon Q.i, muskat taʼmli q., virginiya Q.i va chili Qulupnay — Q.ning birinchi navlari 18-asr da Niderlandiyada paydo boʻlgan. 2 ame-rika turi — virginiya va chili Q.i Yevropaga olib kelingan. Q. Yer sharining turli iqlimli mintaqalarida — Qutb doirasidan to subtropiklargacha oʻstiriladi. Oʻzbekistonda koʻproq bogʻ Q.i turi ekiladi. Ildizi popuk ildiz. Tupi oʻrtacha shoxlangan, boʻyi 10 sm gacha. Barglari yuraksimon, gullari qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan. 2 jinsli oq yoki oqish-sariq, oʻzidan changlanadi. May-iyunda pishadi. Mevasi toʻq qizil, baʼzan naviga qarab oq (oqpar), 3—5 g dan 20—40 g gacha. Tarkibida 80—90% suv, 7-11% qand, 0,8—1,6% kislota, 1 — 1,7% pek-tin, 0,9—1,2% azotli moddalar, shuningdek, kletchatka, kul, A, V, S vitaminlari va boshqa bor. Yangiligida yeyiladi, kompot, murabbo qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Q. namtalab, yorugʻsevar (soya joyda hosil bermaydi), sovuqqa chidamsiz oʻsimlik. Bir yerda 4— 5 yil oʻstiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 80—100 s/ga. Asosan, iyul—avg.da ildiz otib, barg yozgan gajaklari qator orasi 80 sm, tup orasi 25 sm yoki 70x70 sm sxe-mada koʻchat qilib ekiladi (kuzda va bahorda ham ekish mumkin, bunda kechroq hosilga kiradi). Yaxshi koʻchat ikki yillik qulupnayzordan olinadi. qulupnayzor bahorda, oʻsuv davrida mahalliy va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi, qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi.

Oʻzbekistonda Q.ning Zenga-Zengana, Kulver, Dilbar, Muto, Toshkent, Shreder xotirasi, Oʻzbekiston navlari ekiladi.

Asosiy zararkunandalari: qulupnay kanasi, malina va qulup-nay uzunburuni.



Kasalliklari: qulupnay nema-todasi, kulrang chirish, oq-qoʻngʻir dogʻlanish.

Download 87.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling