Reja: 1 Shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari


Ochiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish


Download 12.56 Kb.
bet3/3
Sana11.02.2023
Hajmi12.56 Kb.
#1189373
1   2   3
Bog'liq
shikastlanish 41m

Ochiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish.

Teri va shilliq pardaning mexanik ta'sir natijasida butunligi buzilishiga


ochiq shikastlanishlar yoki jarohatlar deyiladi.
Bunday buzilish natijasida ancha chuqur to'qimalar hatto ichki organlar ham zararlanishi mumkin.
Jarohatlar kelib chiqishi, xususiyatlariga va to'qimalarning zararlanish xarakteriga qarab quyidagicha farqlanadi:

1. o'q tekkan jarohatlar.

2. sanchilgan jarohatlar.

3. kesilgan jarohatlar.

4. chopilgan jarohatlar.

5. urib olingan jarohatlar.

6. ezilgan jarohatlar.

7. yirtilgan jarohaflar.

8. lat yegan jarohatlar

9. tirnalgan jarohatlar.

10. tishlangan jarohatlar.

11. zaharlangan jarohatlar.

12. aralash jarohatlar.
Yuza va chuqur jarohatlar farq qilinadi. Yuza jarohatlar teri va shilliq pardalarning
shikastlanishi bilan xarakterlanadi. Chuqur jarohatlar tomirlar, nervlar, suyaklar, paylar, ichki organlarni shikastlanish bilan o'tadi.
Jarohatlar yana o'z navbatida bo’shliqqa kiradigan va bo’shliqqa kirmaydigan jarohatlarga bo'linadi.
Mikrob tushishiga qarab jarohatlar: infeksiya tushgan va infeksiya tushmagan
jarohatlarga bo'linadi.
Teri va teri osti to'qimalari shikastlansa oddiy jarohatlar deyiladi. Jarohatlar yangi va kechikkan jarohatlarga bo’linadi. Yangi jarohat deb, shikastlanish ro'y bergandan keyin 24 soat ichida bemorga yordam ko'rsatilishiga aytiladi. Agar bemor 24 soatdan keyin murojaat qilgan bo'lsa, u jarohat kechikkan jarohat deyiladi.

Jarahatlarning klinikasi va asoratlari.


Har qanday jarohat og'riq, terining ochilib qolishi va qon oqishi bilan o’tadi
Og’riq jarohat yuzaga chiqqan zahoti kuchli bo'ladi. Og'riqning keskin kuchayishi xarakterining o’zgarishi jarohatlarda asoratlar yiringlanish, anaerob infeksiya avj olayotgankanligidan dalolat beradi.
Yara chetlarining ochilishi-yumshoq to'qimalarning qayishqoqligiga va qisqarish xususiyatlariga bog’liq. Jarohat qancha katta va chuqur bo'lsa, chetlari shuncha ko’p ochilib qoladi. Jarohatdan qon oqishi shikastlangan tomirlarning turiga (arteriya, vena, kapillyar) arterial bosim darajasiga va jarohatning xarakteriga bog’liq.

Asotatlari: Qon oqishi, jarohatlangan organlar funksiyasi buzilishi, peritonit, pnevmotoraks, shok, hushdan ketish va terminal holatlarga bog’liq bo’ladi. Jarohatlanishda qon oqishi va jarohatga infeksiya tushishi katta xavf tug'diradi. Chuqur jarohatlar ko'p qon oqishi bilan kechib, kamqonlikka sabab bo'ladi.


Suyaklar chiqishi sabablariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) tug'ma suyaklar chiqishi: 2) travmatik suyaklar chiqishi; 3) patologik suyaklar chiqishi: 4) odat bo'lib qolgan suyaklar chiqishi farqlanadi.
Klinik belgilari. Bemor kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila olmayotganidan shikoyat qiladi, harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'imdagi og'riq kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o’zgaradi.
Qo'1-oyoq chiqqan bo'gimda kuchli og’riq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksasiya simptomi deyiladi.
Ba'zan zararlangan qo'l yok oyoq karaxt bo'lib qolishi ro’y beradi, bu holat nerv tolasi qisilishidan va chiqqan suyak bo’lagini spastik ravishda qisqargan mushaklar qimirlatmay qo’yishi natijasida kelib chiqadi.
Ko'zdan kechirish paytida qo'l-oyoqning noto'gri holati va bo’g'im sohasining shakli buziladi.
Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan: yelka suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini ushlab aniqlash mumkin. Bemor odatda, tirsagini bukkan holda gavdasidan uzoqroq qilib turadi. Nerv qisilib qolgan bo’lsa, bemor oyoq-qo'li holsizlanganligidan shikoyat qiladi. Suyaklar chiqishini tashxisi rentgenografiya yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib ko’riladi.
Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Suyagi chiqqan ya'ni shikastlangan oyoq yoki qo’lning bo'gim sohasiga sovuq kompress qo’yish kerak. qimirlamaydigan qilib immobilizasiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxta, reykalar bilan immobilizasiya qilish kerak.
Qo’l suyaklari chiqqanda kosinka yordamida bo'yinga osib qo'yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach yoki qo'shimcha vositalar bilan mahkamlash kerak. Og'riq kuchli bo’lganda, og’riq qoldiradigan dorilar (analgin, baralgin) ishlatish kerak. Bemor tezda davolash muassasasiga olib boriladi.
Chiqqan suyak o'z o'rniga solinadi.Jarohatning butun yuzasiga katta doka (toza adyol, sochiq) yopish va yarani bint bilan yaxshilab bog`lab qo`yish kerak. Jarohatlanganga suv berish va yarani suv bilan yuvish yaramaydi. Ko`krak qafasi ichida o`pka, yurak hayot uchun xavfli darajada jarohatlangan bo`lishi mumkin. Teri atrofidagi jarohatga yod eritmasi surtilgandan keyin uning ichiga havo kirmasligi uchun zich yopishib turadigan bog`lam qo`yiladi.
Download 12.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling