Reja: 1 xavfli ishlab chiqarish obyeklari


Download 41.28 Kb.
bet3/4
Sana07.05.2023
Hajmi41.28 Kb.
#1440338
1   2   3   4
Bog'liq
27-mavzu

Oldingi tahrirga qarang.
a) deklaratsiyalanayotgan obyektdagi sanoat xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ texnik hujjatlar ro‘yxati.
(2.8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
b) hisob-kitob-tushuntirish xatini ishlab chiqishda foydalaniladigan tashkilot hujjatlari ro‘yxati;
v) adabiyotlar manbalari ro‘yxati.
2.9. “Axborot varag‘i” nomli ilova fuqarolar va jamoat tashkilotlari so‘rovlari bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyekti to‘g‘risidagi axborotlarni belgilangan tartibda berish uchun xizmat qiladi.
“Axborot varag‘i”da quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) tarkibiga deklaratsiyalanadigan obyekt kiradigan tashkilotning nomi;
b) xabardor qilish va jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi, telefoni;
v) deklaratsiyalanayotgan obyektdan foydalanish bilan bog‘liq ishlab chiqarish faoliyatining qisqacha tavsifi;
g) deklaratsiyalanayotgan obyektda aylanadigan xavfli moddalarning ro‘yxati va asosiy tavsiflari;
d) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar ko‘lamlari va oqibatlari hamda xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar;
e) avariyalar sodir bo‘lgan taqdirda aholini xabardor qilish usullari va ularning zarur harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Xulosa
xodimlar va yaqin atrofda yashaydigan aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (deklaratsiyalanayotgan obyektning uning ma’muriy birliklari va tarkiblari bo‘yicha xodimlarning joylashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda xodimlarning o‘rtacha soni va eng ko‘p ishlaydigan smenalar soni ko‘rsatiladi; eng yuqori darajadagi gipotetik avariyaning shikastlovchi omillari ta’siridagi zonalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yaqin atrofdagi tashkilotlarning joylashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda deklaratsiyalanayotgan obyektdan uzoqdalik va xodimlarning soni ko‘rsatiladi; eng yuqori darajadagi gipotetik avariyaning shikastlovchi omillari ta’siridagi zonalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan aholi punktlarining joylashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda deklaratsiyalanayotgan obyektdan uzoqdalik va xodimlarning soni ko‘rsatiladi. Deklaratsiyalanayotgan obyektning tarkibiy ro‘yxati xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish sohasida amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak).




Download 41.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling