Reja: 1Sportcha yurish texnikasiga o’rgatishni asosiy vosita va uslublari Sportcha yuruvchilarning maxsus mashqlari
Download 98.81 Kb.
|
Mavzu:Sportcha yurish va uning turlariReja:1Sportcha yurish texnikasiga o’rgatishni asosiy vosita va uslublari2.Sportcha yuruvchilarning maxsus mashqlari3.Har xil tezlikda sportcha yurish.Insonning joydan-joyga ko’chishi oddiy usul bo’lib, turli yoshdagi kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi. Uzoq va bir tekis yurganda a’zoyi-badandagi qariyb barcha mushaklar ishlaydi, organizmdagi yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi. Natijada modda almashinishi ortadi. Jismoniy mashq sifatida odatdagi yurishning avvalo sog’lomlashtirish uchun ahamiyati kattadir. Oddiy yurishdan tashqari yurishning boshqa xillari ham bor: poxodda yurish, safda yurish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishning texnik jihatdan eng qiyin, lekin eng foydali xili – sportcha yurish hisoblanadi. Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq. Ammo bunday yuqori tezlikka erishish uchun sportcha yurish texnika asoslarini o’rganib olishning o’zigina kifoya qilib qolmay, balki oddiy yurishga qaraganda anchagina intensiv ish bajarish talab qilinadi, ya’ni energiya sarflash ortadi. Shu sababdan sportcha yurish, sportchi organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yurish musobaqasida qatnashuvchilar qoidada belgilangan yurish texnikasi xususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi – bir lahza bo’lsa ham ikkala oyoq bir vaqtda yerdan uzilib qolishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Oyoqlardan birontasi yerga tegmay turgan fursat sodir bo’lgudek bo’lsa, sportchi yurishdan yugurishga o’tgan bo’ladi. Bu qoidani buzgan sportchi maxsus hakamlar tomonidan musobaqadan chetlashtiriladilar. Sportcha yurishda klassik turlari, ya’ni Olimpiada o’yinlari dasturidan o’rin olgani erkaklarda 20, 50 km masofaga, ayollarda 20 km masofada sportcha yurish musobaqalari o’tkaziladi. Download 98.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling