Reja: Abdurauf Fitratning hayoti Fitratning oila xuquqiy asoslari


Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari


Download 21.59 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi21.59 Kb.
#1372180
1   2
Bog'liq
A.firatning (15)

Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari.

Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy o‘zlikni anglash haqidagi g‘oyalari asosan o‘zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Ushbu asar 1914 yilda yozilgan. “Oila” asari o‘sha davr shiddatini o‘zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o‘zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. Sababi, o‘sha davr shiddati qaysidir ma'noda badiiy asarlarga ham ko‘chgandi. “Oila” asarida ham tanqidiy ruh, ham da'vat ruhi kuchli. Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, a'mol va erk o‘chog‘i bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda qurishga da'vat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: “Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor…”, — deydi alam bilan Fitrat.



Abdurauf Fitratning ta ’lim-tarbiya haqidagi qarashlari. 
Abdurauf Fitrat zullisonayn yozuvchi sifatida Alisher Navoiy an’analarini
davom ettirib, o‘zbek va fors-tojik tillarida mukammal asarlar yarata oldi. 
Fitratning «Rahbari najot» asari to'la ravishda ta’lim -tarbiya
masalalariga bag’ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola
tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga haqida bo’lib , bu masalalar
hozirgi davrda ham katta ahamiyatga egadir. 
Fitrat qarashlarida ota -onaning o‘z bolalarini yetuk kishilar qilib
tarbiyalashlari uchun: 1) jismoniy tarbiya- salomatlik; 2) aqliy tarbiya -
sog'lom fikrlilik; 3) axloqiy tarbiya axloqi sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor

11 
berish kerakligi ta’kidlanadi.Asarning «Bola tarbiyasi» masalalari bobida quyida


gilar ko'rsatib o'tiladi.«Oila vazifalaridan biri avlodni tarbiyalashdan iboratdir. 
Yosh avlodni tarbiyalash hayotiy vazifalardan hisoblanadi. Ma’lumki, dunyo
kurashning umumiy maydoniga o'xshaydi va bu maydonning pahlavon-
lari insonlardir. Har bir kishi barkamollik yoshiga yetgach, u o'z saodatini
ta'minlashi uchun shu maydonga kirmasdan iloji yo'qdir. Bu kurashda g'olib
chiqish uchun uch xil ov quroliga ega bo’lish kerak: 1 ) salomatlik;
2) 
soglom fikr (nuqsonsiz fikr, ya’ni yuqori iste’dod); 3) 
axloqi sano (oliy
darajali axloq. ya’ni axloqiy poklik). 
Fitrat «Har bir kishi shu uch quroldan 
birisiz maydonga kirsa, albatta.
mag’lub bo’lishi tabiiydir», deb aytib, bu bilan uch tarbiyani doimo
q o 's h i b olib borish kerakligini, agar bularning birontasi kam bo’lsa, yetuk kishi 
tarbiylab bo'lmasligini ko'rsatmoqchi bo'ladi.
Farzandingizni jismoniy, 
aqliy, ruhiy tomondan barkamollikka yetkazing va jamiyatning qobil a’zosiga
aylanishi uchun g‘amxo’rlik qiling», 
deydi. 
Bundan 
tashqari bola tarbiyasi faqat oiladagina olib borilmasdan, bu 
ish bilan keng jamoatchilik, davlat ham shug'ullanishi kerakligini, chunki
davlatning kelajagi mana shu voshlar qo‘lida bo‘lishini ta’kidlab o'tadi: «Bolalarni
barkamol 
qilib yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar
bo'lmasdan, butun qavm a’zolari javobgardirlar, chunki yoshlar
har 
tonionlama barkamol inson bo’lib tarbiyalansa, qavmning kelgusi
taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo'ladi»,-deb 
uqtiradi. 
Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat bo'lib
tarbiyalanishiga alohida e’tibor beradi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan
boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat
va quvvatga ega bo’lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning
tanasidagi a’zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo’lini tortib,
boshqalaming muhtojiga aylanadi. Bizning farzandlarimiz ilm olishlari
bilan birga, ularning 
badan 
tarbiyasiga ahamiyat berishimiz lozimdir». 
Fitrat bolalaming toza ozoda bo’lishlari, tabiat gozalliklaridan estetik
zavq ola olislilariga ahamiyat beradi va deydi: «Havo inson uchun ovqatdan
ham muhimdir. Besh-olti soat ovqatsiz turish mumkin, bir daqiqa havosiz
turish mumkin emas. Shuning uchun go'daklani hamma vaqt sof havoga,
bog'-chorbog’larga olib chiqish lozimdir. Farangdagi shaharlarning har
taraflarida bolalar uchun chorbog’lar, havo maydonchalari yaratilgan.
Bulardan tashqari, ularning maktablarida bolalar tanaffus vaqtlarida max-
sus maydonchalarda turh o'yinlar o'ynaydilar. 

12 
Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli harakatli o'yinlar katta


o‘rin tutishini ham aytib o‘tadi. 
Ota-onalariga o‘z 
bolalarining shunday 

o'yinlar bilan mashg'ul 


bo’lishlarini maslahat beradi:
harakat har bir kishi uchun, ayniqsa. 
bolalar uchun zarurdir; shuning
uchun bolalarni jismoniy chiniqtirishda ularni ayrim o'yinlar bilan
mashg'ul qilish foydalidir; bolalarni o'yindan man etishning foydasi
yoq’dir; ularning doimo bir joyda o'tirishlari, harakat qilmasliklari
ularning badanlari zaif bo'lishlariga olib keladi. Ota-onalar doim o'z
bolalarini oyinga tashviq va targ'ib qilishlari lozimdir. Ammo bolalarning
о yinlari 
odob va axloq doirasidan tashqari chiqmasligi kerak. Fitrat 
bu
harakatli o'yinlar bolaning aqli, 
farosati, ilmi rivojlanishiga va to'g'ri
axloqiy tarbiya topishiga yordam berishi kerak, deb hisoblaydi. U bu
o’yinlar orqali bolaga hayotni o’rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish
mumkin, asosiysi, bolani jismonan chiniqtiradi, deb biladi. 
Fitrat yana bolalarning sog’lom, jismonan yetuk bo’lishlari uchun
tozalikning 
ahamiyati juda kattaligini tushuntirib o‘tadi: «Nazofat (tozalik)
va pokizalik kattalar uchun qanchalik lozim bo’lsa, kichik bolalarga
ulardan ko'ra o‘n baravar zarurdir. Uning zarurligining ikki jihati bor
Avvalo, bolalar kattalarga nisbatan oldinroq xastalik qobiliyatiga ega.
Shuning uchun ifloslik har qanday bemorlikni keltirib chiqaradigan
manba bo'lib, ifloslik kattalarga nisbatan bolalarga o‘n barobar ziyon
yetkazadi. 
Ikkinchidan, ular yoshlikdan pokizalikka o‘rgatilsa, 
pokizalik bora- 

bora ularning odatiga aylanadi. Aksincha, yoshlikdan ifloslikka o‘rgatilsa


katta bo’lganda bam shunday odatga o'rganadilarki, bu kishilarning
nafratiga sazovor bo’ladi». 
Murabbiy bolalarga shaxsiy gigiena qoidalarini o'rgatishni alohida
ta’kidlab o’tadi: «Ota-onalar va muallimlar bolalarni har kuni yuzlarini
sovunlab yuvdirsinlar, og‘iz va tishlarini tozalab yuvdirsinlar, doimo
liboslarini nazorat qilsinlar, mumkin qadar bolalarni chivin va pashshalar
bo’lmagan joylarga o’tkazsinlar, chunki bu hasharotlar turli kasalliklarni
tarqatuvchidirlar». 
Kevinroq Fitrat fikr - aql tarbiyasi to'g'risida, ya’ni aql rivojlanishida
muhokamaning o'rni 
haqida mulohaza yuritadi. 
Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va o‘qish, o‘rganish qobiliyati uni
saodatmand qiladi. Insonning komil 
aqli yaxshilik muhokamasi-
dir. Muhokama nima? Muhokama 
ikki qismga bo’linadi: birinchisi ma’lum
bo'lgan hukm, voqea va hodisalar; ikkinchisi, noma’lum voqea va
13 
hodisalardan xulosa chiqarilishidir. 
Download 21.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling