Reja: Abu Nasr Forobiy hayoti va ijodi
Download 23.98 Kb.
|
Al-Forobiy va Ibn Sino
Mavzu: Abu Nasr Forobiy va Abu Ali Ibn Sino ta’lim-tarbiya to’g’risida Reja: 1. Abu Nasr Forobiy hayoti va ijodi. 2. Forobiy ta’lim-tarbiya to’g’risida. 3. Abu Ali Ibn Sino hayoti va ijodi. 4. Ibn Sino ta’lim-tarbiya to’g’risida. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) — Oʻrta Osiyoning ulug Turkiy mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng , oʻqishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻl-yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Mas, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. Olim 941-yildan Damashqda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim Forobiyni oʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. Forobiy 949-950-yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi "Bob assagʻir" qabristoniga dafn etilgan. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Forobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi. Forobiyning asosiy asarlari: "Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi", "Taliqot" (sharhlar), "Inson aʼzolari haqida risola", "Boʻshliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi", "Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ihso alulum", "Hikmat maʼnolari", "Aql toʻgʻrisida", "Ilmlar va sanʼatlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida soʻz", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida soʻz", "Musiqa haqida soʻz", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqa F. asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada "Falsafiy risolalar", "Mantiqiy risolalar", "Matematik risolalar", "Ijtimoiyaxloqiy risolalar", "Tadqiqotlar va tarjimalar" nomlari ostida rus tilida nashr etilgan. Olim ta’lim faqat o’z va o’rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba ilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga o’rganishdan iborat deb hisoblaydi. Demak, Forobiy ta’lim va tarbiya berishni bir-biridan farq qiladi. Ta’lim so’z bilan bir narsani uqtirish, o’rganish bilan amalga oshiriladi, yoshlar nazariy bilimlarni shu ta’lim yordamida egallaydilar. Tarbiya esa amaliy faoliyatda namoyon bo’ladi, yoshlarga u ma’lum ish-harakat, kasb-hunar, odob orqali singdiriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy ilim bilan amaliy harakat-odat, malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi. Forobiy ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi shaxsga yakka holda yondashuvni, uning tabiiy, ruhiy va jismoniy hislatlarini nazarga olish zarurligini ta’kidlaydi. U bu haqida shunday yozadi: “u barcha tabiiy hislatlarni, ularni oliy kamolotga yetkazish shu yoki kamolotga yaqin bo’lgan darajaga ko’tarishga xizmat qiluvchi vosita yordamida tarbiyalashga muhtojdir. Insonlar turli ilm, hunar faoliyatga moyilligi va qobiliyatligi bilan tabiatan farq qiladilar. Teng tabiiy hislatlarga ega bo’lgan odamlar esa o’z tarbiyasi (malakalari) bilan tafovut qiladi. Tarbiyasi jihatdan teng bo’lganlar esa, bu tarbiya natijalarining turlichaligi bilan bir-birlaridan farqiladilar”. Tarbiya jarayoni Forobiyning fikricha tajribali pedagog o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo’naltirilishi lozim, chunki har bir odam baxtni va narsa-hodisalarni o’zicha bila olmaydi. Unga uning uchun o’qituvchi lozim. Forobiy insonga xos bo’lgan va uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi. Forobiy insonni dunyo taraqqiyotining eng mukammal va yetuk yakuni deb biladi. Shunga ko’ra, u o’z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad asosiy o’rinda bo’lishini aytadi. Forobiy ta’lim-tarbiyada tabiat hodisalaridan foydalanish va bu yo’lda boshqa kishilarbilan to’g’ri munosabatda bo’lib, jamiyatning ichki tartib-qoidalarini to’g’ri o’rganib, uning talablariga javob bera oladigan insonni yetishtirish zarurligini ta’kidlaydi. Forobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-ongiga va axloqiga e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha, insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham yetuk mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog’i lozim. Demak, ta’lim-tarbiyaning birdan-bir vazifasi jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. “Ideal shahar aholi ilmining fikrlari” hamda “Baxt-saodatga erishuv haqida” nomli risolalarida olimning bu fikrlari aniq ifodalangan. Forobiy ta’lim-tarbiya ishiga kirishish, uni boshlashdan avval odamlarning shaxsiy hislatlarini bilish lozimligini aytadi. Uning fikricha insonning xohish, itiyor, ifoda, yaxshilik va yomonlik kabi hislatlarini, nimaga qobiliyati borligini aniqlamay turib ishga kirishish kutilgan. Olimning uqtirishicha, kimki eng go’zal va foydali kashf etish fazilatiga ega bo’lsa va kashf etgan narsasini chindan ham o’zining va boshqalarning istagiga muvofiq bo’lsa, u xayrli va foydalidir. Forobiy ta’lim-tarbiya ishiga kirishish, uni oshlashdan avval odamlarning shaxsiy hislatlarini bilish lozimligini aytadi. Uning fikricha insonning xohish, ixtiyor, ifoda, yaxshilik va yomonlik kabi hislatlarini, nimaga qobiliyati borligini aniqlamay turib ishga kirishish kutilgan. Olimning uqtirishicha, kimki eng go’zal va foydali kashf etish fazilatiga ega bo’lsa va kashf etgan narsasi chindan ham o’zining va boshqalarning istagiga muvofiq bo’lsa, u xayrli va foydali bo’ladi. Forobiy ta’lim-tarbiya usullari haqida shunday yozadi: “Amaliy fazilatlar va amaliy san’atlar kasb-hunar va ularni bajarishga odatlantirish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi: birinchi yo’l -- qanoabaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasb-intilish, harakatga aylantiriladi; ikkinchi yo’l (yoki usul) -- majbur etish yulidir. Bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroi xalqlarga nisbatan ishlatilardi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emasdir. Ammo ulardan qaysi biriki, nazariy bilimlarni o’rganishga astoydil kirishsa hamda fazilati yaxshi bo’lib, kasb-hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilishi bo’lsa, bunday odamlarni majbur etmaslik, maqsad ularni fazilat egasi qilish va kasb-hunarga aylantirishdir”. Tarbiya berish usuli, Forobiyning fikricha ikki turli bo’ladi. “Avvalgi usul -- sana’tni o’z rag’batlari bilan o’rganuvchilarga intilish usuli. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa, muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi”. Abu Ali ibn Sino Oʻrta Osiyolik olim va faylasuf. U 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur. Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn, kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. Ibn Sinoning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻilga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi. Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sinoga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina Ibn Sino metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, u zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abu Husayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan "Al-Hikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr Albarqiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga ko’ra, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi. Ibn Sino yaxshilikka olib boruvchi axloq qoidalarni egallash, insonning axloqiy munosabatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar orqali ta’lim-tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini alohida qayd qiladi. Ibn Sino yosh bolalarni tug’ilgandan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Bola tug’ilgandan boshlab oyoqda turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. U tartib o’z vaqtidda ovqatlantirish, cho’miltirish, uxlatish, yo’rgaklash kabi tartiblardan iborat. Bularni ham qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo’lib, ular tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga, musiqa uning ruhiyatiga orom baxsh etadi. Ibn Sino yosh bola tarbiyasini turli xil sharoitda ma’lum izchillik va tartib bilan olib borish haqida onalarga juda yaxshi maslahatlar beradi. Bolalarning o’spirinlika o’tish davri tarbiyasi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, u davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulq-atvorining bir xil muvozanatda bo’lishi uchun uni keskin g’azablanishdan, qattiiq qo’rquvdan va uyqusizlikdan saqlash zarur. Bu tadbir uni yoqimli xulq- atvorli qilib tarbiyalash imkonini beradi. Bolalar tariyasi-bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir. Bola balog’atga etguncha, ota o’z vazifasini bajarib borishi lozim. Avvalambor otaning majburiy vazifalaridan biri o’z farzandiga yaxshi nom berishidir. Bolani emizish davri tugab, mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga kirishuvi zarur. Maqsadga erishish uchun tarbiyada ba’zan maqtash, ba’zan jazolash ham kerak. Bola baquvvat bulib, so’zlashuv nutqini yaxshi tushuna boshlagan so’ng, u savod o’rganishga qobil bo’ladi, shundan so’ng savodga urgata borish mumkin. Avvalombor axloqiy va aqliy tarbiya ularni yaxshi egallagan, irodali, dono, va dinga ishongan o’qituvchi va tarbiyachi tanlash kerak bo’ladi. U sog’lom, tozalikni sevuvchi, sofdil va odamlarga yaxshi munosabatda bo’la oladigan bo’lishi kerak. Ibn Sino bolalarni bitta-bitta, alohida o’qitishdan ko’ra, jamoa tartibda o’qitishni afzal deb biladi va uning ustunligi haqida gapirib shunday yozadi: “O’quvchilar o’qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar. O’z bilimlari bilan g’ururlanadilar, bir-birlarining bilimlariga havas qiladilar. G’urur va o’ziga etibor tarbiyalanuvchilarning bir-birlaridan orqada qolmaslikka undaydi, o’quvchilar birga bo’lganda, doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o’z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar”. Ibn Sino bolalarga Qur’onni va grammatik qoidalarni o’rgatib, dinning maqsadlarini tushuntirib bo’lgandan so’ng, ularni ma’lum hunarga jalb etishni, hunar asoslarini egallashlariga etibor berishni, ular hunarni egallab, o’z hayotlarini ta’minlay olishlariga e’tibor berishni tavsiya etadi. O’qituvchi bolani hunarga o’rgatishda uning qobiliyati, iste’dodi, imkoniyatlarini e’tiborga olishi kerak, barchani birdaniga bir hunarga o’rgatib bo’lmaydi. Ayrim bola tilni o’rganadi. Ayrimlari shoir bo’lib etishadi yoki notiqlik san’atini egallaydi. Ilmlarning turli sohalaridan kimdir tilni o’rganish, kimdir boshqa ilmni o’rganishga kirishganidan so’ng, ba’zilarining tibbiy fanni, ba’zilarining geometriya ilmini tanlagani ma’lum buladi. Demak o’qituvchi bolalarga ta’lim berishga kirishishdan avval o’quvchiining xulq-atvorini o’rganishi va bilimlarini tekshirib ko’rishi kerak buladi. Avvalo u o’quvchining nimaga e’tibor berishini tekshirib ko’rishi, so’ngra unga hunar yoki ilm turini tavsiya etishi kerak. Ibn Sino “Tib ilmlari qonuni” asarida bola katta bo’lib, etilgan chog’ida jismoniy tarbiiyaga ahamiyat berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishiicha, odamning yigitlik, yetuklik yoshida hamda ulg’aygan yoshida sog’lik-salomatligini saqlash uchun zarur bo’lgan jismoniy mashg’ulot bilan shug’ullanishi kerak. Ulug’ mutaffakkir jismoniy tarbiya deb inson salomatligi uchun zarur bulgan badanni turli xil mashg’ulot harakatlarga o’rgatishni nazarda tutadi. Uning fikricha jismoniy mashg’ulotlar bilan o’z vaqtida va mustahkam shug’ullanib boruvchi odam hech qanday davolanishga muhtoj bo’lmaydi. Jismoniy mashg’ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo jismoniy mashg’ulotlar ortiqcha bo’lmasliigi kerak aks holda badanning tezda charchab qolishiga olib keladi. Jismoniy mashg’ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa, badanning qarib tezda ishdan chiishiga sabab buladi. Har bir inson o’zining xulq-atvori, imkoniyatlari, qobiliyati, xohishiga qarab jismoniy mashg’ulot turini belgilab olishi kerak. Download 23.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling