Reja: Adabiyot-so’z san’ati


Download 0.82 Mb.
bet45/55
Sana08.12.2021
Hajmi0.82 Mb.
#179205
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
Reja Adabiyot-so’z san’ati

Savol va topshiriqlar:

1. Sayfi Saroyi qachon va qayerda tug'ilgan?

2. Uning qanday asarlari bor?

3. Adibni «lirik shoir» deyishga qanday asoslar bor?

4. «Suhayl va Guldursun» dostoni sujeti va kompozitsiya- sidagi o'ziga xoslik nimadan iborat?

5. Asarda hayot haqiqati bilan afsonaviylikning mutano- sibligini qanday izohlaysiz?

6. Doston qahramonlaridagi qaysi fazilatlar alohida tasvir etilgan?

7. Unda urushga munosabat qanday aks etgan?

8. Sayfi Saroyining tarjimonlik faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

9. «Emas afsona, chin ushbu bitilmish, Bu chin afsonatek ishqda yetilmish», deb yozadi adib. Uni qanday izohlash mumkin?

10. Doston qismlarining o'zaro bogianishiga e'tibor bering. Bogiovchi vositalar sifatida nimalarni ko'rsatish mumkin?

11. Dostonda tush epizodi bor. U asar tuzilishida qanday vazifani ado etmoqda?

12. Tush epizodi yana siz o'qigan qaysi asarlarda mavjud? Bu asarlarning hammasida ham tush bir xil vazifani bajaradimi?

13. «Gunash dunyo yuzindin chohga botdi» misrasining o'z va ko'chma ma'nolarini izohlang.

14. Guldursunning tavsifi uchun shoir qanday ifodalardan foydalanadi? Ularni daftaringizga ko'chirib oling.

15. Guldursun bilan Suhaylning chohda ko'rishgan payt- laridagi ruhiy holatlari qanday tasvirlangan?

16. Asarda Guldursun faol, harakatchan, tashabbuskor qiyofada, Suhayl esa aksincha ko'rinadi. Bu Suhayl obrazini xiralashtiradimi, yo'qmi? Izohlab bering.

17. Ularning chohdan qochib chiqishlari qaysi paytga to'g'ri keladi? Ana shu payt qaysi ifoda orqali ko'rsatilgan?


-122-
18. Sahrodagi noqulay sharoit qaysi misralarda ko'rsatil¬gan? Unda ko'proq nimalarga e'tibor berilgan?

19. Bu voqealarga adibning munosabati qay yo'sinda izhor etilmoqda? O'sha misralarni daftaringizga ko'chirib oling.

20. «Suhayl va Guldursun» dostonida sevgi va sadoqat tarannumi» mavzusidagi insho uchun kengaytirilgan reja tuzing. Reja tuzishda doston misralaridan foydalanishga harakat qiling.

-123-


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling