Reja: Adobe Flash dasturiga kirish. Taxrirlash oynasi. Xujjatlar oynasi. Kalit so’zlar
Download 494.54 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-ma\'ruza
1-Ma’ruza. Adobe Flash dasturiga kirish. Taxrirlash oynasi. Xujjatlar oynasi. asboblar oynasi. Suzuvchi panellar. Taxrirlash oynasini tashqi ko’rinishi. Grafik formatlar. Vektor va vektorli grafikalar. Obyektlar va konturlar. Xujjat oynasining bosqichlari. Reja: 1. Adobe Flash dasturiga kirish. 2. Taxrirlash oynasi. 3. Xujjatlar oynasi. Kalit so’zlar: Adobe Flash, tahrirlash, asboblar, panel, oyna, format, vektor. Flash-texnologiyasi quyidagilardan tashkil topgan: vektorli grafika; animatsiyalarning bir qancha ko'rinishini qo'llanishi; interaktiv elementlar interfeysini yaratish imkoni; sinxron ovozlarni yozishni o'z ichiga olish imkoni; Flash filmlarni, shuningdek, Internetdagi istalgan grafik formatlarni HTML formatiga o'tkazishni taminlaydi; Adobe Flash dasturi yordamida ham animatsiya va takdimot fayllarni yaratishimiz mumkin. Ammo, Power Point ga qaraganda Adobe Flash dasturida yaratilgan animatsiya fayllari to'liq siz tomoningizdan yaratiladi. Shu bilan birgalikda bu dasturda aktiv elementlar bilan ishlash va dasturlash imkoniyatlari mavjud. Asosan, Adobe Flash dasturida kichik animatsiya fayllari (kliplar), Internet sahifalar, elektron qo'llanmalar va boshqa Flash dasturida yaratilgan fayllar o'zining originalligi, ishlash soddaligi, yaratilish murakkabligi, tezkorligi, multimediya bilan jihozlanganligi va hajm bo'yicha kichikligi bilan ko'zga tashlanadi. 1. Kompyuterda tasvirlar ikki xil usulda tayyorlanadi va saqlanadi: vektor va rastrli formatlarda. a) Vektor tasvirlar (inglizcha vector image; ruscha - vektornie izobrajeniya) - bunday usulda tasvir vektorning tekislikdagi formulalari orqali hosil qilinadi. Bu turdagi fayllarda shu vektorlar formulalari va ularning xususiatlari (rang, uzunlik va h.k.) saqlanadi. Bunday fayllar: wmf (windows metafile); emf (enhanced metafile); cdr (Corel Draw standart fayllari); ai (Adobe Illustrator standart fayllari) va h.k. b) Rastr tasvirlar (bitmap images; rastrovie izobrajeniya) - bunday usulda tasvir ushbu tasvirni hosil qiluvchi har bir nuqtaning xususiyatlari (rangi, koordinatasi va h.k) orqali hosil qilinadi. Bunday fayllar: . bmp (bitmap); .pcx (paintbrush image); tiff (tagged image file format); jpeg (joint photographic experts group - compresslangan /siqilgan, hajman qisqartirilgan / rastr tasvirlar) va h.k. Vektor usuldagi tasvirlar hajman ancha kichik bo'ladi. Chunki unda faqat vektorlar formulalari joylashtirilgan. Biroq shu bilan birga, vektor rasmlar ko'pincha sodda, primitiv (qo'lda chizilgan qahramonlar, ob'ektlar, multiklar va h.k) ko'rinishda bo'ladi. Rastr tasvirlar esa birmuncha hayotiy (fotografiyalar) ko'rinishda bo'ladi. Biroq ular hajman vektor tasvir fayllariga qaraganda ancha yirik bo'ladi. Chunki ularda tasvirni tashkil qiluvchi har bir nuqta (dot) haqida ma'lumot bo'ladi. Demakki, tasvir qancha ko'p nuqtaga ega bo'lsa, fayl hajmi shunchalik ortadi. Rasmda nuqtalar soni qancha ko'p bo'lsa u shunchalik aniq, detallashtirilgan bo'ladi. Nuqtalar soni odatda dpi (Dot per Inch - bir dyumga to'g'ri keladigan nuqtalar soni) atamasi bilan beriladi. Masalan, standart monitoringiz ko'rsatishi mumkin bo'lgan nuqtalar soni 96 dpi. Shuningdek 100x100, 640x480 va h.k. ko'rinishida ham berilishi mumkin. Bunda 1-son gorizontal chiziq bo'ylab joylashgan nuqtalar soni, ikkinchisi esa vertikal chiziq bo'ylab joylashgan nuqtalar sonini bildiradi. Rus tilida tasvirning grafik ko'rsatish imkoniyati razreshenie (inglizcha resolution) deb yuritiladi. Download 494.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling