Reja: Ahamoniylar davri siyosiy tarixi va boshqaruv shakli


Download 39.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi39.5 Kb.
#265916
Bog'liq
O'rta Osiyoning antik davri-WPS Office


O'rta Osiyoning antik davri tarixini o'rganishda moddiy manbalarning o'rni.

Reja:


1.Ahamoniylar davri siyosiy tarixi va boshqaruv shakli.

2.Makedoniyalik Aleksandr siyosiy tarixi.



3.Salavkiylar davlati.

Ahamoniylar – Ahamoniylar davlatini boshqargan qadimgi fors podshohlari sulolasi (miloddan avvalgi 558 – 330). Axomaniylar sulolasi qadimgi fors urugʻidan boshlanib, bu urugʻ asoschisi Ahamoniy (qadimgi forschada Xaxomanish) aftidan, miloddan avvalgi 7- asrda boshida Elam chegaralariga – Parsua (yunoncha Persida) deb nom olgan viloyatga koʻchib kelgan fors qabilalarining yoʻlboshchisi boʻlgan. Ahamon oʻgʻli Teisp (Chishpish) va uning bevosita avlodlari: Kir I, Kambis I, Kir II Anshan (Shim. Elamdagi viloyat) shohlari hisoblangan. Qadimgi Sharqning koʻpgina mamlakatlarini bosib olgan Kir II Ahamoniylar saltanatini barpo etgan. Ahamoniylar ning katta tarmogʻi Kambis II vafoti (522) bilan tugagan. Kichik tarmoqqa Doro I asos solgan. Ahamoniylar sulolasi: Kir II (550 – 530) (Fors va Anshanda 558 yildan hokimlik qilgan), Kambis II (530 – 522), Doro 1 (522 – 486), Kserks I (486 – 465), Artakserks I (465 – 424), Kserks II (424), Sugʻdiyon yoxud Sekudian (424 – 423), Doro II (423 – 404), Artakserks II (404 – 358), Artakserks III (358 – 338), Arses (338 – 336), Doro III (336 – 330).Axomaniylar davlati Doro I davrida shakllangan murakkab byurokratik tizim orqali boshqarilgan. Doroning ma’muriy-pul islohotlari bosib olingan mamlakatlar ustidan boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-ma’muriy satrapiya (okrug)larga bo‘linib, ularning tepasida maxsus amal-dorlar (satraplar) turgan. Ular fors podshosiga ulkan miqdorda soliqlar(pul va natura holda) to‘lashgan. Doro I davrida yagona tanga pul birligi – 8,4 g oltin og‘irligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) mayda ku-mush tanga vazifasini o‘tagan. Forslar ko‘pgina fi-nikiy va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim mamlakatlarda (mas, Kilikiya, Sug‘diyona va boshqalar) mahalliy shoxlar va hokimlar sulolasini saqlab qolganlar, ibodatxonalarni soliq va to‘lovlardan ozod etganlar. Fors shohlari, ularning qon-qarindoshlari, satraplar va amaldorlar Eron, Kichik Osiyo, Bobil, Misr va boshqa mamlakatlarda qullar mehnatiga asos-langan katta xo‘jaliklarga ega bo‘lishgan.Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga ega bo‘lmagani tufayli beqaror harbiy-ma’muriy birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami bilangina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib tu-rishga asoslangandi.Kir II Araks daryosidan o‘tib, To‘maris boshchiligidagi mas-sagetlar bilan urushgan deb yoziladi. Uchinchi bir manbalarda esa Kir derbiklar bilan va nihoyat, ayrimlarida dayolar bilan jang qilgan deyiladi. Bu yurish va uning natijalari hakidagi hikoyalar Gerodotda, Trog, Yustinda va boshka mualliflarda berilgan. Gerodotning xabar berishicha, Kichik Osiyoga Kirning o‘zi yurish qilmagan, balki uning ishonchli qo‘mondanlaridan biri Garpog yurish qilgan. Kirning o‘zi esa Osiyoning yuqori qismida joylashgan xalqlarni bo‘ysindirgan. Ahamoniylarning bu barcha davlatlarini bo‘ysindirishini olib qaraydigan bo‘lsak, ular bu davlatlarni juda chiroyli, oqilona va aniq o‘ylangan taktika orqali bosib olishgan dep yozgan Geradot. Gerodotning yozishicha, Kir II Midiyani bosib olgandan so‘ng, uning yo‘lida Vavilon, Baqtriyaga qarshi esa lashkarboshilaridan birini yuboradi. Shunga qaraganda, Kir II Markaziy Osiyo xalqlarining kuch-qudrati va harbiy tayyorgarligi to‘g‘ri-sidagi ma’lumotga ega bo‘lgan. Kir II ning Markaziy Osiyoga yurishi haqidagi ayrim ma’lumotlar grek tarixchisi Ktesiyda berilgan. Uning yozishicha, Kir «baqtriyaliklar bilan urushgan va urushda hech qanday tomon ustunlikka erishmagan». Faqatgina baqtriyaliklar Ahamoniylar davlatining ichki siyosiy ahvoli mustahkamlanganligini (Midiya hukmdori Astiagning Kir oldida taslim bo‘lishi) bilganlaridan so‘nggina, Kirga «ixtiyoriy» bo‘ysunganlar Doro I (er.av. 530-522 yy.) tomonidan o‘yib yozilgan «Bexustun» yozuvlari Ahamoniylar davri tarixini o‘rganishdagi muhim manba hisob-lanadi.

Aleksandr, Iskandar Maqduniy (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella – 323.13.6, Bobil) – ma-kedoniyalik sarkarda va davlat arbobi. Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning o‘g‘li. Aristo-teldan ta’lim olgan, harbiy ishni ot-asidan o‘rgangan. 336 yil Filipp II fitnachilar tomonidan o‘ldirilgach, Makedoniya taxtiga o‘tirgan. 334 yil Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan bo‘lib, uning o‘limi tufayli to‘xtab qolgandi. Aleksandr qo‘shinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kema bo‘lgan. Aleksandr Granik (334 yil), Iss (333 yil) va Gavgamela (331 yil) janglarida Doro III qo‘shinlarini yenggan. A. Eronning markaziy shaharlari – Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan. Aleksandr 329 yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng, A. Samarqand (Marokanda) ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning O‘rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi – Kiro-pol bo‘lib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. A. shahar atro-figa xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiro-pol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda A. boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. Aleksandr mahalliy xalqning ja-soratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchi-309lariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketma-gunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan (qarang Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329–328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328–327 yil boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang So‘g‘d qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). Mil. av. 327 yil yozida Aleksandr so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladida, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ustidan za-far qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi bo‘ladi. Biroq sa-far va kasallik azobidan holdan toygan qo‘shinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois A. Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmog‘i) bo‘yidan ortga qaytishga majbur bo‘ladi.A. o‘z davlatining poytaxti qilib Bobil shahrini tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik ko‘rish asnosida bezgak kasaliga yo‘liqib, vafot etgan.A. yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind da-ryosidan Dunayga qadar cho‘zilgan bo‘lib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Le-kin mustahkam ichki aloqalari bo‘lmagan bu saltanat A. vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan. Aleksandr harbiy san’at tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200 yil) Aleksandr haqida ko‘plab rivoyat, afsona, doston va minia-tyuralar yaratilgan. Ular o‘rta asr adabiyotiga ham kirib kelgan.

Salavkiylar davlati - Yaqin va Oʻrta Sharkdagi yirik davlat (mil. av. 312—64). Aleksandr tuzgan saltanat tanazzulga uchragach paydo boʻlgan. Asoschisi Salavk I. Poytaxtlari — Dajla daryosi boʻyidagi Salavkiya (300 yilgacha), 300 yildan — Oront daryosi boʻyidagi Antioxiya boʻlgan. Davlatning nomi hukmronlik qilgan sulola nomidan olingan. Baʼzan, asosiy hududining nomi bilan Suriya podsholigi deb ham yuritilgan. Salavk I Midiya, Suziana, Forsiya (Persida) keyinchalik Oʻrta Osiyoning jan. — Baktriyanp bosib olgan. Mil. av. 301 y. Mesopotamiya va Suriya, mil. av. 281 y. Kichik Osiyo ham Salavkiylar davlatiga qoʻshib olingan. Salavkiylar davlati hududidan oʻtgan savdo yoʻllari (Kichik Osiyo va Suriyani Arabiston, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta Osiyo, Hindiston va Xitoy bilan bogʻlagan) ichki va tranzit savdoning kuchayishi va hunarmandchilikning rivojlanishiga sabab boʻldi. Salavk I mil. av. 293 yilda oʻgʻli Antiox I ni Oʻrta Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi. Oʻrta Osiyoning bir qancha muhim siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy voqealari Salavk I, ayniqsa, Antiox I hukmronligi bilan bogʻliq. Bu davrda Baqtriya hayotida dastlabki tangalar — oltin, kumush, mis draxma va tetradraxmalar zarb qilina boshlanadi. Salavkiylar davriga oid tangalar Termiz, Taxti Sangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyobdan topilgan. Salavkiylar davlati markazidan chetda boʻlishiga qaramay, Oʻrta Osiyo ushbu davlatning eng muhim qismi boʻlib, harbiystrategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtgan savdo yoʻllari boʻyida shaharlar va qishloklar qurdirilgani bejiz emas. Maʼmuriy boshqaruv jihatdan davlat satrapiyalarga (manbalar 20—30 ta dan 72 tagacha satrapiya boʻlganligi haqida maʼlumot beradi) va nisbatan kichik hududiy birlashmalar — eparxiya, gipparxiya, tonarxiyalarga boʻlingan. Yunon hokimlari va ular atrofida toʻplangan yunon zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati, avvalo, Oʻrta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda joylashgan harbiy kuchlarga tayanar edi. Mil av. 3-asrning oʻrtalariga kelib Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun oʻzaro kurashlar avj olib ketadi. Bu esa Oʻrta Osiyoda Salavkiylar hokimiyatining barham topishiga olib keldi va mil. av. 250 yilda Salavkiylar davlatidan dastlab Parfiya keyin esa YunonBaqtriya podsholigi ajralib chiqdi. Butun davlat inqirozga yuz tutib mil. av. 64 y. faqat hozirgi Suriya hududidan iborat boʻlib qoldi va oʻsha yili Rim provinsiyasiga aylantirildi. Oʻrta Osiyoning S.d tarkibiga kirgan davri, yunonmakedon yurishlari paytida vayron boʻlgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tiklanishi hamda baqtriyaliklar, sugʻdiylar, parfiyaliklarning bosqinchilarga qarshi birlashuv davri boʻlib qoldi.[2]



Spitamenning oʻlimi va Iskandarning soʻgʻd-baqtriya hukmdorlari bilan tuzgan sulhi natijasida 327 yilda Oʻrta Osiyo Iskandar Zulqarnayn davlati tasarrufiga oʻtadi. Mahalliy elitalarning harbiy kontingenti Iskandar Zulqarnayn armiyasiga qoʻshiladi. 323 yilda Iskandar Zulqarnaynning oʻlimi haqdagi xabarni eshitgan Soʻgʻd va Baqtriyadagi grek kelgindilari 20 ming kishidan iborat piyoda askar va 3 ming nafar otliqni yigʻib oʻz vatanlariga qaytishga otlandi. Ammo ularni toʻxtatish uchun Iskandarning Safdoshi sarkarda Perdik yetib keladi va qochishga shaylangan askarlarni qurolsizlantirib, jazolaydi. Oʻz vatanlariga qaytishga shaylangan grek askarlariga xayrixohlik bildirgan Soʻgʻd hukmdori (strapi) oʻz lavozimidan ozod etildi. Uning oʻrniga makedoniyalik Filipp oʻtiradi. Maʼlum muddat u har ikki straplikni - Soʻgʻdiyona va Baqtriyani boshqarib turdi. 315 yildan keyin mahalliy xalq orasidan tayinlangan straplarning hammasi greklar va makedoniyaliklar bilan almashtirildi. Faqat Oksariat (Iskandarning qaynotasi) va Atropat (Perdikning qaynotasi) oʻz lavozimida qoldiriladi. 312 yilda Iskandar sarkardalaridan biri - Salavk Vaviloniyaga ega boʻldi. Tez orada u oʻz yerlarini Sirdaryo va Hind daryolari qadar kengaytirdi. Uning oʻgʻli Antiox I (Salavk bilan Spitamenning qizi Apama nikohidan tugʻilgan) esa Iskandarning Osiyodagi hududlarining katta qismiga egalik qilgan. Oʻrta Osiyo hududida ikkita straplik vujudga keldi. Unga Soʻgʻdiyona, Baqtriya va Margʻiyona kirdi. Xorazm salavkaylarga boʻysunmagan. Ahmoniylarning soʻnggi vakili va Iskandar davrida ham Xorazm oʻz mustaqilligiga ega boʻlgan. Salavk va Antiox Oʻrta Osiyoda oʻz pozisiyalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratgan. Koʻplab qalʼa va shaharlar barpo etilgan va ular asosan greklar bilan toʻla boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Salavk 75 ta shahar qurdirgan. Eng olis shaharlardan biri Yaksart ortida joylashgan Antioxiya shahri boʻlgan. Taxminlarga koʻra, mazkur shahar hozirgi Toshkent viloyati hududida yoki Fargʻona vodiysida joylashgan. Eramizdan avvalgi 3-asrning 60-yillariga qadar Baqtriyada salavkiylarning zarbxonasi saqlanib qolgan. Bu zarbxonada oltin va kumush tangalar zarb etilgan. Salavkiy hukmdorlaridan biri Antiox II ning davrida (earimizdan avvalgi 261-247 yillar) uning Baqtriyadagi strapi Diodot salavkiy tangalar asosida oʻz tangalarini zarb qilgan. Bu uning salavkiylar hukmronligida qandaydir muxtoriyatga ega boʻlganidan dalolatdir. Baqtriya, Soʻgʻdiyona va Oʻrta Osiyodagi boshqa viloyatlarning iqtisodiy hayoti Salavkiylar davlatining gʻarbiy viloyatlaridagidan ancha farq qilgan.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling