Reja: Algoritm tushunchasi


Download 27.59 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi27.59 Kb.
#1001592
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Algoritm


Mavzu: Algoritm tushunchasi
Reja:

  1. Algoritm tushunchasi

  2. Algoritm xususiyatlari

  3. Algoritm turlari

Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. Oʻrta asrlarda sanoqning oʻnli tizimi boʻyicha toʻrt arifmetik amal bajariladigan qoidani A. deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga IX asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevropada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida „algorizm“ deyilgan), keyinchalik „algoritm“ga aylangan". Fanda „Yevklid algoritmi“, „Gʻiyosiddin Koshiy algoritmi“, „Laure algoritmi“, „Markov algoritmi“ deb ataluvchi algoritmlar maʼlum. Algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo boʻldi. Oʻzbekistonda bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash markazlarida algoritmdan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Masalan, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi „Kibernetika“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, Oʻzbekistondagi barcha universitetlarda, Toshkent davlat texnika universitetida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol boʻla oladi[
Yuqoridagi misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi, boshqacha aytganda, ko’rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko’zlangan maqsadga erishiladi. Hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga erishishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm so’zi bilan ifodalanadi.
Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783 - 850) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozma nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola lotin tilida “Dixit Algorithmi”, ya’ni “Dediki Alxorazmiy” iborasi bilan boshlanadi.
Algoritmdagi har bir ko’rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishni ko’zda tutadi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi tushunchasi bilan bog’laymiz. Har qanday algoritm – bu amallarni belgilovchi qoida bo’lib, ularning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangan natijaga kelinadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, har bir amal algoritmning qadami deb ataladi.

Download 27.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling